Andijon davlat pedagogika instituti


An’anaviy ta’lim mazmuni, ijobiy va salbiy xususiyatlari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə9/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

2. An’anaviy ta’lim mazmuni, ijobiy va salbiy xususiyatlari. An’anaviy dars- muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. An’anaviy yondashuvning asosiy xususiyati – o‘qituvchi ma’lum axborotni gapirib, tushuntirib beradi, tarbiyalanuvchi (talaba) esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. Bunda «bilim» tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Tarbiyalanuvchining bilim darajasi imtihonda shu axborotga doir savolga bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bu bilim yuzaki bo‘lishi ham mumkin va u xotirada uzoq saqlanmaydi. Tarbiyalanuvchining o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida aniq tasavvur hosil qilish qiyin. An’anaviy o‘qitish shakllari. O‘nlab yillar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars o‘tish ta’limning samarali modellaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars - ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir metodi bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi. Markazda tarbiyalanuvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:

  • tarbiyalanuvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish;

  • ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish;

  • o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;

  • tarbiyalanuvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash;

  • amaliyot orqali o‘rganish;

  • ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlash;

  • o‘qish jarayonini tugri yo‘lga qo‘yish;

  • o‘qituvchi- tarbiyalanuvchilar uchun o‘quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs;

  • o‘quv jarayonini baholash.

An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sababli, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha pats bo‘lib, tarbiyalanuvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman tarbiyalanuvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib keladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan tarbiyalanuvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laqlarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, tarbiyalanuvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi.
Ta’limga an’anaviy yondashuv turi ta’lim tizimida katta xizmat ko‘rsatdi. Uni takomillashuvini davom ettirayapti, biroq mazkur takomillashtirishning imkoniyatlari bu yondashuvni o‘ziga qo‘yilgan prinsiplar bilan chegaralanganligidir.Tez rivojlanib boruvchi fan va texnikaning talablari ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim mazmuni bilan jamiyatning raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo‘lgan talabi, shaxsni rivojlantirish va uni bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish o‘rtasida ziddiyatga olib kelmokda.
Shunday qilib, an’anaviy yondashuv yoxud izohli - ko‘rsatmali dars- muayyan, jadval bilan belgilangan vaqtga mo‘ljallangan, o‘qituvchi salohiyatiga qaratilgan, mavzu mazmuniga kirish, uni yoritish, mustahkamlash va jarayonlaridan iborat bo‘lgan ta’limning bir ko‘rinishidir. Bunday ta’limning markazida albatta o‘qituvchi turadi va u quyidagi maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi;

  • talabaning o‘qishga bo‘lgan havasini oshirish;

  • reproduktiv ma’nodagi ma’lumotga tayanish;

  • tarbiyalanuvchi - talabaning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash;

  • ma’lumotlarni uzoq xotirada saqlanishi ta’minlash;

  • ma’lumotlarni uzatish uchun o‘qishni aniq rejalashtirish;

  • nazariy ma’lumotlarni amaliyotga qo‘llashni yo‘lga qo‘yish;

  • faollikni rag‘batlantirish.

An’anaviy o‘qitishni asosan ma’ruza, suhbat, tushuntirish, amaliy ishlar kabi metodlardan foydalanganligi sababi tarbiyalanuvchi talabaning ijodkorligi, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi chegaralanadi. Shu sabab tarbiyalanuvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoldilar. Shunga ko‘ra ilg‘or o‘qituvchilar an’anaviy dars mashg‘ulotlarida talaba-yoshlarni faollashtiruvchi metodlardan foydalanib tarbiyalanuvchilarning o‘qish-bilish faoliyatlarini aktivlashtirish va shu asosda ular o‘zlashtirish darajasini yuksaltirishga harakat qiladilar.
An’anaviy ta’lim samaradorligini oshirish uchun didakt olimlarimizning ta’kidlashlaricha mashg‘ulotlar puxta, maqsadli, tarbiyalanuvchilarni qiziqtiruvchi, ularning tashabbuskorligini orttiruvchi, rag‘batlantiruvchi tarzda tashkil qilinib, o‘quv axborotlarni tanqidiy fikrlash, aqliy hujum, baxs-munozara, ijodiy-tadqiqiy rolli o‘yinlar kabi metodlar yordamida bayon qilinsa, rang-barang tarbiyalovchi, qiziqtiruvchi vaziyatlar yaratilib, ta’limning eng maqbul vositalaridan foydalanilsa u davr talabalariga javob beruvchi ta’lim turi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə