Andijon davlat pedagogika instituti


Namuna: A.Navoiyning «Farhod va Shirin» asari o‘tishda mashg‘ulotning borishi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə43/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Namuna:
A.Navoiyning «Farhod va Shirin» asari o‘tishda mashg‘ulotning borishi:
1-qadam: Tarbiyalanuvchilar 1-4 gacha bo‘lgan raqamlar asosida «Kichik guruhlar»ga bo‘linadilar (1-2-3-4)
2-qadam: Guruhlar mavzu doirasida o‘z guruhlariga nom tanlab, izoh beradilar.
3-qadam. Har bir guruhga savollar beriladi:
1-guruh uchun: A.Navoiy hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering.
2-guruh uchun: “Farhod va Shirin” dostonining mazmun-mohiyati haqida fikrlaringizni umumlashtiring.
3-guruh uchun: “Farhod va Shirin” dostonidagi qahramonlarga munosabat bildiring.
4-guruh uchun: “Farhod va Shirin” dostoni ning tarbiyaviy ahamiyati: Asar sizga qanday tassurot qoldirdi? Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4-qadam: O‘qituvchi tomonidan aniq
reglament, intizom, hamjihatlik, o‘zaro hurmat, qisqa va aniqlik bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.
5-qadam: Kichik guruhlar o‘z ishlarini «Taqdimot» qiladilar.
6-qadam: Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7-qadam: Kichik guruhlar ishi baholanadi.
Bu metod orqali o‘zlashtirish yaxshilanadi, barcha tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotga jalb etiladi, muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashiga olib keladi, vaqt tejaladi, o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

davra suhbati” usuli.

"Davra suhbati usuli - aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta’lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr- mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish usulidir. "Davra suhbati" usuli qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta’lim oluvchining bir-biri bilan "ko‘z aloqasi"ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi. Ta’lim oluvchilar esa o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan ta’lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi. Agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Belgilari:
1-ta’lim oluvchilar
2-aylana stol
YOzma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va "Javob varaqasi"ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini "Javoblar varaqasi"ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. YAkuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
Davra suhbati” usulining bosqichlari:
1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda nechta ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan "Javoblar varaqalari"ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va "Javoblar varaqalari"ga o‘z ismi-sharifini yozadi.
4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va "Javoblar varaqasi"ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.
5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga "Javoblar varaqalari"dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi, hamda yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi "Javoblar varaqalari"ni baholaydi.
8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.
Ushbu usul orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu usul orqali ta’lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni obyektiv baholashi mumkin.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə