Andijon davlat pedagogika instituti


RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM YO‘NALISHIDA O‘QITUVCHIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə45/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

RIVOJLANTIRUVCHI TA’LIM YO‘NALISHIDA O‘QITUVCHIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari o‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materialini o‘zlashtirishga sharoit yaratadi. Faqat bu texnologiya turini tanlash dars va mashg‘ulotda qaysi darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazarda tutilganiga bog‘liqdir.


Bunda motiv (istak, mayl, qiziqish), motivatsiya – (sezish, aks etish, istak, xohish hosil qilish, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni ifodalaydi) ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining faol subyektlari o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilar bo‘lib, butun mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini ko‘zda tutadi, o‘quv omillarini yaratishga asoslangan innovatsion texnologiya tarbiyalanuvchilarni o‘zlashtirish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. O‘qituvchi va tarbiyalanuvchi orasidagi munosabat insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, erishilgan yutuqlardan zavqlanish, o‘quv faoliyatiga mas’uliyatli yondashish hamda o‘zaro hamkorlikda ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga undashi kerak.
Bunda o‘qituvchi darsni to‘g‘ri tashkil etib, ta’limning xilma-xil usullarini qo‘llash, o‘quv ishlarida tarbiyalanuvchilarning faolligini oshirish, ularda ezgu fazilatlarni tarkib toptirishga erishiladi. YA’ni, tarbiyalanuvchini bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu harakatlarini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish maqsadida, tashabbuskorlik, qat’iylik, har qanday qiyinchiliklarni enga bilish, ijodiy fazilatlarni shakllantirish, sog‘lom fikrlash, o‘z e’tiqodi, g‘ururi, burchini anglash, mushohada qilishga o‘rgatish, unga shu kabi xarakterga xos ijobiy xislatlarni tarkib toptirish asosida tarbiyalaydi. Zero, tizimdagi yutuqlarning asosi–maktablarda tashkil etiladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. O‘quv soatlarida tarbiyalanuvchilarga etarli bilim berish, hayotiy ko‘nikmalarni oshirish va malakalarni shakllantirish, ijodiy va do‘stona muhitni yarata olish o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq.
O‘qituvchi innovatsion texnologiyadan foydalanishda –o‘qituvchi kasbiy mahoratini ta’minlashning vositasi sifatida quyidagicha yondoshmog‘i lozim:
-o‘qituvchi davlat ta’lim standartiga mos keladigan ta’lim – tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan ijobiy natija to‘g‘risida xulosa qilsin;
-o‘qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan o‘quv – tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy – texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda ish yuritsin;
-o‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish talablari bilan tanish bo‘lsin;
-o‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o‘qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O‘qitishning tashkiliy shakllari to‘g‘ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat asosida bir – birlari bilan bog‘liq holda ta’minlasin;
-shuningdek, o‘qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo‘lgan tarbiyalanuvchining ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borish kabi ishlarni olib boradi.
Bu to‘g‘rida ma’lumotga ega o‘qituvchilar- ta’lim tizimini maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi.
O‘qituvchi texnologiyalarni shunday qo‘llay olishi kerakki, tarbiyalanuvchilar ma’lumotlarni qayta tahlil qila olsin. Tarbiyalanuvchi o‘zlashtirgan bilimini axborot sifatida to‘plasa, axborotlarni tanlasa va qayta ishlasa, hayoti davomida axborotlarni qo‘llasa, bilishning uchta bosqichiga rioya qilsagina bilim ko‘nikma va malakaga aylanadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi:
-oddiy tarbiyalanuvchini “mutoala” qiladigan;
-mutoala qiladigan tarbiyalanuvchini “tushunadigan”;
-tushunadigan tarbiyalanuvchini “tahlil qiladigan”;
-tahlil qiladigan tarbiyalanuvchini “xulosa chiqaradigan” tarbiyalanuvchiga - aylantirishi kerak;
Ta’lim jarayonining samaradorligi o‘qituvchining uzatgan bilimlari ko‘lami bilan emas, tarbiyalanuvchilarning qabul qilgan, o‘zlashtirgan bilim, malaka va ko‘nikmalarining ko‘lami bilan o‘lchanadi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə