Andijon davlat pedagogika instituti


Munozara ishtirokchisi uchun eslatma



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə53/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Munozara ishtirokchisi uchun eslatma:
• Munozara munosabatlarni aniqlash emas, muammoning echish usuli bo‘ladi.
• Boshqalarga ham gapirish imkonini berish uchun juda uzoq gapirmang.
• Sening aqlli fikrlaring maqsadga erishish uchun, so‘zlarni o‘lchab ko‘r, larni
o‘ylab gapir, his-hayajonlarni nazorat qil.
• E’tirozchi yo‘lini tushunishga harakat qil, unga hurmat bilan yondash.
• Faqat munozara bo‘yicha gapir, o‘zingni o‘qimishliliging va umumiy bilimidonliging bilan g‘ururlanma.
• E’tirozchi aytgan fikrlarni buzmasdan va ajablanmasdan rad et.

  • Kimningdir ko‘nglini olish yoki o‘zining chiqishi bilan o‘tkazib qo‘ymoq

vasvasasi bilan kurash.
Seminar- munozaraning vazifali vositasi
Olib boruvchi- ta’lim beruvchining barcha majburiyatlarini oladi, muhokama borishiga rahbarlik qiladi, isbotlarni sharhlashi yoki tushuncha va atamlarni aniq ishlatishni, muomalani to‘g‘rilashni qaytaradi.
E’tirozchi/ Taqrizchi tadqiqotchilar muhitida qabul qilingan olqishlash muolajasini keltirib chiqaradi.
Mantiqchi - ma’ruzachi yoki e’tirozchi fikrlashidagi qarama-qarshilik va mantiqiy xatolarni ajratadi, tushunchalardagi ma’nolarni aniqlaydi, isbot yoki qaytarish yo‘lini, farazni harakatlanish ravonligini tahlil qiladi.
Ruhshunos - natijaviy muomalani tashkillashtirishga va o‘zaro harakatga javob beradi, hamkorlikdagi harakatlarning kelishganligiga harakat qiladi, munozarani ziddiyatlarga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ekspert- barcha munozaraning natijaviyligini, ilgari surgan faraz va taqliflarning to‘g‘riligini, qilingan xulosalarni baholaydi, munozaraga hissa qo‘shgan aniq ishtirokchilar to‘g‘risida fikrlarni gapiradi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim yo‘nalishi sanaladi.
Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g‘oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Mahmutov, V.Okon, I.Y.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo‘yilishi.
3. Muammoning echimini topish.
Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u tarbiyalanuvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va tarbiyalanuvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi.
Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo tarbiyalanuvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar Muammoli o‘qitish jarayonida tarbiyalanuvchilarga
tadqiqiy,
evristik,
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda:
• nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir obyekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda echimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash, echim modelini aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan echim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va echim modeli o‘rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni echimini topish, yangi echim modelini yaratishdan iboratdir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə