Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə57/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Qisman ijodiy metod murakkab muammoni bo‘laqlarga ajratib, uning qulay masalalarini bosqichma-bosqich aniqlab olishda qo‘llanadi va unda hal \ qilingan har bir bosqich (qadam) masalaning keyingi bosqichini yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda talabalar o‘quv mummosining qo‘yilishida, gipotezani tahmin qilish va isbotlashda faol qatnashdilar.Ularning faoliyati reproduktiv va ijodiy unsurlarni o‘zida qamrab oladi. Bunda o‘qitishning qidiruv (izlanish) suhbati, talabalarning javoblari va to‘ldirishlariga qo‘shimcha qilgan holda o‘qituvchining bayoni, faktlarni kuzatish va umumlashtirish usullari qo‘llanadi. Bu hollarda talabalarning reproduktiv va qidiruv (izlanish) faoliyatining muvofiqligi muhim ahamiyat kasb yetadi. Ular biror bosqichdagi o‘quv muammosining mustaqil hal qilinishidan to ulardan aksariyati yechilgunga qadar ko‘chli o‘zgarib turishi mumkin.
Mashg‘ulotlarda ijodiy suhbatni qo‘llash maqsadga muvofiq topiladi. Talabalar bunday suhbat jarayonida o‘zlarida avvaldan mavjud bo‘lgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan muammoni izlaydi va mustaqil ravishda uning yechimini topadi. Talabalar o‘z tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki o‘z chiqishlarida turli mulohazalarni bildiradilar, muammoning yechilishidagi o‘z variantlarini ilgari suradilar, hodisalar o‘rtasidagi rang-barang aloqalarni qayd qiladilar, bahslashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o‘qituvchining talabalarga yordam berish darajasi, ularning mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ijodiy suhbatga tayyorlashda o‘qituvchining unga o‘ta masuliyat bilan yondoshishi talab qilinadi. O‘qituvchi bunday suhbatga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi lozim: avvaldan shunday savollar o‘ylab topishi kerakki, ular talabaning u yoki bu hodisaning mohiyatini o‘ylashga majbur hamdasuhbat yo‘nalishi va gipotezaning ehtimol ko‘rilgan variantlari va uning yechilish yo‘llarini bashorat qila olsin. O‘qituvchi talabalarning umuman muammoni yechish uchun yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rib kelmasligini ham ko‘zda to‘tishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi qo‘shimcha savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim. Bunday savollar orqali talabalar ijodiy hal qilishi shart bo‘lgan vazifalarni qismlarga ajratish ham zarur bo‘ladi, ya’ni muammo kichik muammolarga bo‘linadi va muammoli vazifa yechiladi. O‘qituvchi bunday vaziyatda vazxninligini saqlashi, talabalarga tezroq yordam berish, kamchiligini tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbeh berishga shoshilmasligi, balki qo‘shimcha savollar bilan o‘zlarining xatosini anglashga va to‘g‘ri qaror qabul qilishga yerishishi maqsadga muvofiqdir.
Ijodiy suhbat davomida kamroq tayyorgarlik ko‘rgan, jonli fikr olishuvlarda, shuningdek, indamaslikni xush ko‘radigan talabalarga alohida ahamiyat berish lozim. Bunday talabalarning hulqlarini ko‘zda tutgan holda ulardan ham «sado chiqishi»ga yerishish maqsadida ular uchun ham awaldan savollar tayyorlab qo‘yish ma’ qul bo‘ladi.
Ijodiy xarakterdagi suhbat o‘quv-tadqiqot ishlarining zaruriy bosqichi hisoblanadi. Unda talabalaming o‘zida tadqiqot ishlari unsurlari mavjud bo‘lgan qisman-ijodiy faoliyatning bajarilishini talab qiladigan muammoli xarakterdagi mantiqiy masalalar diqqatni jalb qiladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə