Andijon davlat pedagogika instituti


-Topshiriq. Mavzu mazmunidan kelib chiqib “Ikki qismli kundalik” metodini tadbiq qiling



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə101/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

3-Topshiriq. Mavzu mazmunidan kelib chiqib “Ikki qismli kundalik” metodini tadbiq qiling.

Ikki qismli kundalik” texnologiyasi- bu pedagogik texnologiya bo‘lib, yozma nutqni rivojlantiradi. Bu uslub o‘qib chiqilgan mavzu bo‘yicha tushunchalarni shaxsiy tajriba bilan bog‘lashga imkon beradi.


Maqsad: o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otish, yozma nutqni rivojlantirish.
O‘tkazish bosqichlari:
1-bosqich. Tarbiyalanuvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan matn o‘qish uchun taqlif etiladi.
2-bosqich. Hamma matn bilan tanishganiga ishonch xosil qilib, daftarni vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lish so‘raladi.
3-bosqich. Tarbiyalanuvchilarga, daftarni chap tomoniga muallif sitatalar (g‘oyalari, fikrlari)ni yoqqanlarini (yoki yoqmaganlarini) yozishlari aytiladi.
4-bosqich. O‘ng tomonga tarbiyalanuvchi mazkur sitataga berilgan o‘zini izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan matn haqidagi tushunchasini umumlashtirib beradi.
5-bosqich. Topshiriqni shu qismi tugagandan keyin tarbiyalanuvchilarga (o‘z xohishiga ko‘ra) bittadan sitatalarni va ularga yozilgan izohni o‘qish taqlif etiladi. Sitata va ularning izohi o‘qilayotganda savol berish yoki mazkur sitataga o‘z izohini berishga ruhsat etiladi.
6-bosqich. Tarbiyalanuvchilar sherik (uchliklar yoki kichik guruhlar) bo‘lib ham ishlashlari mumkin.
Namuna:
Adabiyot darsi 5-sinf o‘quv dasturida berilgan Oybekning «O‘zbekiston» she’rini o‘tishda “Ikki qismli kundalik” texnologiyasi asosida she’rning mohiyatini oddiy yo‘llar bilan tarbiyalanuvchiga etkazishi mumkin.
Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi,
Bir o‘lkaki, qishlarida shivillar bahor
Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa, quyosh sog‘inar…
Bir o‘lkaki, g‘ayratidan asabi chaqnar.

YUqorida keltirilgan bosqichlar asosida ish yuritiladi, tarbiyalanuvchilar 2 bosqichga ko‘ra, daftarlarini vertikal chiziq bilan ikkiga bo‘lib, 3 bosqichga ko‘ra chap tomoniga muallif g‘oyalari-tuprog‘ida oltin gullaydi, qishlarda shivirlar bahor kabi so‘zlarni yozishlari aytiladi.4-bosqichga ko‘ra, o‘ng tomonga tarbiyalanuvchi mazkur so‘zlar izohini yozadi, ya’ni o‘qilgan she’r haqidagi fikrlarini umumlashtirib aytadi. Bunda tarbiyalanuvchilar guruh bo‘lib ishlashlari ham mumkin.


Tarbiyalanuvchilarning faoliyati o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi kerak. CHunki tarbiyalanuvchining fikrlash olami va vatanini bilish, o‘zligini kashf etish borasida o‘zlaricha fikr yuritadilar, tahlil qiladilar, munosabat bildiradilar. Bu jarayonda tarbiyalanuvchining ish quroli darslik sanaladi. She’r mazmunini yaxshi tushungan tarbiyalanuvchilar she’rni oson yodlashga erishadi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə