Andijon davlat pedagogika instituti


Rivojlantiruvchi ta'limning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə38/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Rivojlantiruvchi ta'limning asosiy yo’nalishlari:

  1. Muammoli ta'lim.

  2. Evristik ta'lim.

  3. Tadqiqotchilik ta'lim.

  4. IMEN (TRIZ) (ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi) .

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining etakchi tamoyillari:

  • Inkorporatsiya (tizimli faoliyat ko‘rsatish)-turli fanlarga oid bilimlarni umumlashtirish;

  • moslanuvchanlik-ta’lim shakli, usuli va usullarining turli ta’lim muassasalarida qo‘llanuvchanligi;

  • uyg‘unlik-muayan o‘quv predmetiga oid o‘quv materiali mazmunining shaxsini rivojlantirish shakl, usuli vausullar bilan uyg‘unligi;

  • yaratuvchanlik-turli ta’lim muassasalari pedagoglarining pedagogik texnologiyalarini yaratish imkoniyatlari;

  • tabiiylikka asoslanish- genetik va ijtimoiy jihatlarga muvofiq tarbiyalanuvchilarning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishdan iboratdir.

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari o‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va pedagog bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materialini o‘zlashtirishga sharoit yaratadi. Faqat bu texnologiya turini tanlash dars va mashg‘ulotda qaysi darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazarda tutilganiga bog‘liqdir.
Bunda motiv (istak, mayl, qiziqish), motivatsiya – (sezish, aks etish, istak, xohish hosil qilish, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni ifodalaydi) ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagog innovatsion texnologiyadan foydalanishda – pedagog kasbiy mahoratini ta’minlashning vositasi sifatida quyidagicha yondoshmog‘i lozim:
- pedagog davlat ta’lim standartiga mos keladigan ta’lim – tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma’lum vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan ijobiy natija to‘g‘risida xulosa qilsin;
- pedagog pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan o‘quv – tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy – texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda ish yuritsin;
- pedagog pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish talablari bilan tanish bo‘lsin;
- pedagog didaktik jarayonni amalga oshirishda o‘qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O‘qitishning tashkiliy shakllari to‘g‘ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat asosida bir – birlari bilan bog‘liq holda ta’minlasin;
-shuningdek, pedagog pedagogik tizimning ishtirokchisi bo‘lgan tarbiyalanuvchining ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borish kabi ishlarni olib boradi.

Rivojlantiruvchi ta’limning ayrim texnologiya va usullari:





Texnologiyalar

Usullar



“Bumerang”

“Aqliy hujum”

“FSMU”

“Guruhlarda ishlash”

“Venn” diagrammasi

“Rolli o‘yin”

“Baliq skleti”

“Ishbilarmonlik o‘yini”

“Elpig‘ich”

“Refleksiya”

“Zanjir”

“Taqdimot”

“Zinama-zina”

“Galereya”

“6x6x6”

“T jadval”

“Didaktik o‘yin”



“SWOT” tahlil

“Ikki yoqlama kundalik”

“Rezyume”

“KBI”

“Mini leksiya”

FSMU” TEXNOLOGIYASI- munozarali masalalarni hal etishda, baxs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (tarbiyalanuvchilarning o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tarbiyalanuvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda tarbiyalanuvchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishda, qay darajada egallaganliklari baholash va bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.


Maqsad- Ushbu texnologiya tarbiyalanuvchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etishga yordam beradi.
O‘tkazish texnologiyasi:
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi.
1-bosqich
-trener tarbiyalanuvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi;
-trener o‘quv mashg‘ulotida avval har bir tarbiyalanuvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida tarbiyalanuvchilarga ma’lumot beradi;
-mashg‘ulot davomida har bir tarbiyalanuvchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi.
2- bosqich
Har bir tarbiyalanuvchiga FSMU texnologiyasining 4-bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatilgan:
F- fikringizni bayon eting.
S- fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating.
M- ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U- fikringizni umumlashtiring.
Tarqatma materialning tahminiy nusxasi.
Har bir tarbiyalanuvchi yakka tartibda qog‘ozdagi FSMU-ning 4-bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi.
3- bosqich
Har bir tarbiyalanuvchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi;
trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining
4-bosqich yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;
trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda
4-bosqich bo‘yicha yozishlarini taqlif etadi.
4- bosqich
-kichik guruhlarda avval har bir tarbiyalanuvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- guruh a’zolari FSMU ning 4-bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar;
- Fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tarbiyalanuvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlanishi mumkin.
5- bosqich
- kichik guruhlar umumlashtirilgan fiklarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhlarning aynan nima uchun, shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin.
6- bosqich
- trener mashg‘ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi;
-quyidagi savollar bilan tarbiyalanuvchilarga murojat qiladi:
-ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz?
-ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanilishi qanday samara berdi?
Namuna:
Ona tili fanining o‘quv dasturida “Tasviriy ifoda” mavzusi berilgan bu mavzuni o‘tishda «Tasviriy ifoda» lar ham o‘zbek tili ifoda vositalarining bir ko‘rinishi ekanligi, og‘zaki va yozma nutqda tutgan o‘rni haqida qisqa izoh beradi. Tasviriy ifodani tarbiyalanuvchilarning o‘zlari topishga jalb qiladi. Misol uchun, she’r o‘qib beradi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə