Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari. Reja



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#140353
  1   2   3   4
Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari.


Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari.


Reja:
1 Bolalar tafakkurini diagnostika qilish metodlari
2.Intellekt koeffitsenti haqida umumiy ma`lumot.
3.R.Amtxauer intellekt strukturalari testi haqida.
4. D.Vekslerni intellekt shkalalari haqida.
5. J.Raven progressiv matritsalari testi.
6. Maktab aqliy taraqqiyoti testi

Bolalar tafakkurini diagnostika qilish metodlari
Tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo‘lib, u dastavval keng predmetli faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Keyinchalik u «aqliy» xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi. Tafakkur inson bilish faoliyatining oliy shakli sifatida atrof olamni umumlashtirgan holda vositali aks ettirish imkonini beradi, predmetlar bilan hodisalar o‘rtasida aloqa va munosabatlarni tashkil qiladi.
Tafakkur — yangilikni qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Bu yangilik sub'ektiv bo‘lishi, ya'ni uni kimlardir qachonlardir topgan bo‘lishi mumkin, lekin sub'ekt tafakkur jarayoni yordamida o‘zi uchun uni yangidan kashf etadi, aks holda biz ko‘proq xotira, o‘tgan tajribalarimizni qayta tiklagan bo‘lamiz. Bolalarni o‘qitishda tafakkurning shu muhim xususiyatini asos qilib olish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi — psixik rivojlanishning intensiv bosqichi hisoblanadi. Aynan mana shu yoshdan bolada juda katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya'ni psixofiziologik funktsiyalarning takomillashuvidan boshlab, to murakkab yangi shaxsiy obrazlarning paydo bo‘lishigacha bo‘lib o‘tadigan jarayonlar sodir bo‘ladi. Yangi obrazlarni, xayoliy hodisalarni analiz qilish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga xosdir, ammo natijalar hamisha ijobiy bo‘lmasa ham, bolalar faoliyatini tahlil qilganimizda, biz shu narsaga amin bo‘ldikki, bolalar predmetlarni tasavvur qilibgina qolmay, ularning o‘zaro bog‘liqligini ham xayolan tasavvur qilar ekan. Tasavvurning rivojlanishi, tafakkurning shakllanayotgan jarayoni bilan tavsiflanadi, bu shakllanish bolaning xayoliy tasavvurlarining ixtiyoriy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Bunday imkoniyat 5-6 yoshli bolalarda yanada Yuqoriroq bo‘ladi, chunki bola yangi aqliy harakat usullarini juda tez o‘zlashtirib oladi. Aqliy faoliyatda yangi usullarning shakllanib borishi, tashqi predmetlarning harakatini o‘zlashtirib olishdagi bola xatti-harakati, ta'lim va tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu, o‘z navbatida, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning obrazli tafakkuri rivojlanishi uchun eng maqbul imkoniyat davridir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda asosan obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turi rivojlangan bo‘ladi. So‘z-mantiqli tafakkur turi esa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda endi rivojlanish davrida bo‘ladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning intellektini diagnostika qilish uchun, birinchi navbatda obrazli, so‘z-mantiqli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur turlariga e'tibor qaratish kerak.
Biz bayon qilayotgan psixodiagnostik metodikalar tafakkurning aynan mana shu ikki turiga taalluqlidir.
Obrazli – so‘z-mantiqli tafakkur ham, ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ham o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar har xil topshiriqlar echimini izlash bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Mana shu bog‘lanishlar va munosabatlar tufayli bolalardagi obrazli–so‘zmantiqliva ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni diagnostikalash uchun, biz har ikkala tafakkur turining muhim jihatlarini inobatga olgan holda, ushbu tafakkur turlariga beshtadan metodika bor.

Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə