Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari. Reja



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#140353
1   2   3   4
Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari.

D.Vekslerni intellekt shkalalari.
Psixometrikaga asoslangan testlar qo‘llaniladigan aniq metodikalardan farq qiladi. Bu testlarni ishlab chiqishda asosan bolaning psixik taraqqiyoti darajasini aks ettiruvchi, o‘rnatilgan me’yordan chetga chiqishlar, tengdoshlar guruhini taqqoslovchi miqdoriy ko‘rsatkichlarga e’tibor beriladi. (V.M.Bleyxer, L.F.Burlachuk, 1978). Ularning murakkabligi bir xil yoshdagi sinaluvchilarning katta guruhlarida amalga oshiriladi (V.V.Stolin, A.G.Shmelev, 1984).
Bolalarni tekshirishga mo‘ljallangan xorijiy testlar asosan Bine-Simon Stenford-Binening aqliy taraqqiyot shkalalari tipi bo‘yicha tuzilgan. Intellektni tekshirishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri amerikalik psixolog va psixiatr D.Wechsler /1949/ tomonidan ishlab chiqilgan bolalar intellektini o‘lchash shkalasidir /Wechsler Intelligence Scale for children WISC/. Bu metodikaga 1974 yilda so‘nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirish uchun o‘zgartirishlar kiritildi. /WPPSI/
Rossiyada birinchi bo‘lib Veksler shkalasi V.M.Bexterev nomli Leningrad psixonevrologik ilmiy tadqiqot institutida moslashtirilgan. Metodika B.G.Anan’ev (1969) maktabi psixologlari tomonidan intellekt taraqqiyotini uzoq yillar o‘rganishda, jumladan bolalarda psixik taraqqiyotdan chetga chiqishlar va orqada qolishlarni differentsial-diagnostika qilishda keng qo‘llanilgan. WISC moslashtirilgan variantining subtestlarini keltiramiz. (A.YU.PanasYuk, 1973). Tadqiqot o‘tkazishda maxsus qarordan foydalanish zarur.
D.Veksler metodi bo‘yicha tadqiqot qarori (bolalar varianti)
Familiyasi, ismi ____________________________
Tug‘ilgan yili _______ tug‘ilish tartibi ___________
Jinsi _______ Onasi_______ ma’lumoti ________
Yoshi ______________ oy_____________________
Tadqiqot o‘tkazilgan kun _______________________
Raven matritsasi.
Ushbu metodika kichik maktab yoshidagi bolalarning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy vazifalari mashhur Raven testidan olingan. U 10 ta asta-sekin murakkablashib boruvchi Raven matritsalaridan iborat. Bolaga asta-sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa beriladi. Masalan: Matritsada bo‘laklarning joylashishidagi qonuniyatni topish va quyida berilgan 8 ta rasm ichidan shu matritsaga mos keluvchi qismlarni topish kerak. (Matritsaning shu qismi ichida har xil rasmlari bor bayroqchalar sifatida berilgan). Katta matritsa tuzilishini o‘rganib, bayroqchalar ichidan bola katta matritsaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlashi kerak.
Bolaning 10 ta topshiriqni bajarishi uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Vaqt tugagach, tadqiqotchi tajribani to‘xtatadi va to‘g‘ri aniqlangan matritsalar soni hamda vazifani bajarishda to‘plangan umumiy ball hisoblanadi, har bir to‘g‘ri bajarilgan matritsa uchun 1 baldan baholanadi.



Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə