Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari. Reja


Intellekt koeffitsenti haqida umumiy ma`lumot



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#140353
1   2   3   4
Iqtidorlikni diagnostika qilish metodlari.

Intellekt koeffitsenti haqida umumiy ma`lumot.
Intellekt (lat.intellectus – tushunish, bilish)- keng ma`noda insonning barcha bilish funktsiyalarining majmuasi, tor ma`noda tafakkuri. Intellekt inson tomonidan borliqni bilishning asosiy shaklidir. Intellekt koeffitsenti sinaluvchining aql yoshini xronologik yoshga nisbatining foizda ifodalanganiga teng.
Aql yoshi x 100
IQ =---------------------------
Pasport yoshi
Aql yoshi insonning test topshiriqlarini bajarishi natijalarini matematik qayta ishlashda paydo bo’ladigan son bo’lib, bu natijalar aqliy taraqiqiyotning qaysi o’rta statistik yosh darajasida ekanligini ko’rsatadi. Aql yoshi xronologik darajaga mos bo’lganda shaxsning intellekti yoshiga mos bo’ladi. Aql yoshi xronologik darajaga mos bo’lmaganda quyi yoki Yuqori bo’lishi mumkin. Aql yoshi tushunchasi fanga 1908 yilda A.Bine va T.Simon tomonidan kiritilgan.1912 yilda V.Shtern tomonidan intellekt koeffitsenti tushunchasi kiritilgan.
R.Amtxauer intellekt strukturalari testi.
Test 1953 yilda R.Amtxauer tomonidan taklif etilgan bo’lib, 13 yoshdan 61 yoshgacha shaxslarning intellektual rivojlanish darajasini aniqlashga mo’ljallangan. Amtxauer intellekt strukturalari testi 9 ta subtestdan iborat bo’lib, ularning har biri intellektning turli funktsiyalarini o’lchashga qaratilgan.
1.Mantiqiy tanlash(LS) - induktiv tafakkur, til boyligini aniqlaydi. Sinaluvchi – keltirilgan so’zlarning biri bilan gaplarni tugatishi zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 6 minut.
2.Umumiy hususiyatlarni aniqlash(GE) - mavhumlashtirish, verbal tushunchalarga tayanish qobiliyatini tekshiradi. Har bir topshiriqda sinaluvchiga beshta so’z beriladi, ulardan to’rttasi mazmunan bog’langan, bittasi ortiqcha. Bu so’zni topish va belgilash zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 6 minut.
3.Analogiya(AN) - kombinator qobiliyatlar taxlili. Har bir topshiriqda sinaluvchiga uchta so’z taklif etiladi, birirnchi va ikkinchi so’z orasida ma’lum bir bog’lanish bor. Uchinchi so’zdan keyin chiziqcha qo’zyilgan. Beshta javob varianti orasidan birirnchi va ikkinchi so’z orasida qanday bog’lanish bo’lsa, uchinchi so’z bilan bog’langan so’zni topish zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 7 minut.
4. Klassifikatsiya(KL) - fikrlash qobiliyatini baholash. Sinaluvchilar ikki so’zni umumiy tushuncha bilan nomlashi zarur. 16 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 8 minut. Javoblar umumlashtirish darajasiga ko’ra 0 dan 2 ballgacha baholanadi.
5. Hisoblash (RA) - amaliy matematik tafakkur rivojlanganlik darajasini baholaydi.Subtest 20 ta arifmetik topshiriqdan iborat. Echish vaqti 10 minut.
6. Sonlar qatori (ZR) – induktiv tafakkurni tahlil qilish. 20 ta topshiriqda sonlar qatoridagi qonyniyatni aniqlash va ularni davom ettirish zarur. Bajarish vaqti - 10 minut.
7. Figuralarni tanlash (FS) - fazoviy hayolni, kombinator qobiliyatlarni tekshirish.
Sinaluvchiga qismlarga bo’lingan geometrik figuralar tasvirlangan kartochkalar ko’rsatiladi. Javobni tanlashda qismlarga bo’lingan figuraga mos kartochkani topish zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 7 minut.
8.Kubiklar bilan topshiriq (WU) - 7 subtestga yaqin ko’rsatkichlar tekshiriladi.20 ta topshiriqning har birida kub ma’lum kublar to’plamiga nisbatan o’zgartirilgan holatda joylashtiriladi. Kubni harflar bilan belgilangan kublardan biriga o’xshatib belgilash zarur. Bajarish vaqti - 9 minut.
9. Diqqatni to’plash va o’zlashtirilganni xotirada saqlash qobiliyatiga topshiriq(ME). Sinaluvchi so’zlar qatorini yodlashi va ularni topshiriqda berilgan so’zlar ichidan topishi lozim.YOdlash uchun berilgan so’zlar jadvalda ma’lum kategoriyalarga birlashtirilgan, masalan: gullar: lola, jasmin, rayxon.25ta so’zlar yodlash uchun beriladi. Jadvalni yodlash vaqti 3 minut.20 ta topshiriqni bajarishga 6 minut beriladi.
Amtxauer testida sinaluvchiga jami 176 ta topshiriq beriladi. Bajarish vaqti - 90 minut.”Xomaki” ballarni hisoblashda (4 subtestdan tashqari) har bir to’g’ri javob 1 ball bilan baholanadi. Har bir subtest bo’yicha dastlabki baholar shkala baholariga aylantiriladi.

Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə