Guliston Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti 106. 20-guruh 2-bosqich talabasi Mardiboyeva Sitoraning Umumiy pedagogika fanidan tayyorlagan slayti



Yüklə 2,6 Mb.
tarix29.09.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#124903
Mardiboyeva Sitora


MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………..……………………....................…...3
I.BOB. Bolalarda ko`rgazmali obrazli tafakkurni shakllantirishning xususiyatlari………………………………………….………………………....................…4
1.1Bolalarda tafakkur turlari va shakllarining o`ziga xosligi.........4
1.2.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ko`rgazmali obrazli
tafakkurning shakllanishi………………………………………………...............9
II.BOB Bolalarda tafakkur shakillanishining xususiyatlari...............10
2.1.Bolalar tafakkurining o‘ziga xosligi……………………………………..….16
2.2. Bolalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirilishda ko`rgazmali va
obrazli tafakkurning o`rni…………………………….................……......……...21
2.3. Mavzu yuzasidan tavfsiya qilinadigan metodlar…………...…..…24
III. XULOSA………………………………………………………..…..........................………29
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………..…..........……..30
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ushbu Kurs ishi "Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ko`rgazmali hamda obrazli tafakkurni rivojlanishidagi muammolar va ularning yechimi mavzusida amaliy mashg'ulotlar uchun tayyorlandi. Ota-onalarga tavsiyanoma "Yuqori maktabgacha yoshdagi bolalarda grafika ko'nikmalarini rivojlantirish" O'qishning boshlanishi juda ko'p muhim moment bolaning hayotida. Treningning samaradorligi u qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishiga bog'liq.Bola tug`ilishdanoq tafakkur qilish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Hozirgi kunda barcha jabhalarga texnik vositalarning kirib kelishi,odamlardan barcha psixik jarayonlarning ,birinchi navbatda,tafakkurning rivojlangan bo`lishini talab qiladi.Bu esa mavzuning dolzarbligini ko`rsatib turadi.
Sifat turkumi oʻziga xos soʻz yasalishi va morfologik tizimiga ega. Oʻzbek tilida yasama sifatlar, asosan, sifat yasovchi suffikslar yordamida xosil qilinadi:
aqlli (akl+li), hosildor (hosil+dor), serqirra
(ser-qirra) va shunga kõra sifatning morfologik belgisi — daraja kategoriyasiga egaligidir.
Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past).
Sifat bildiradigan belgi daraja nuqtai nazaridan 3 xil boʻlishi mumkin: meʼyoriy, meʼyordan ortiq (yuqori) va meʼyordan oz (kuchsiz, past). Shunga koʻra, sifatning 3 xil daraja kategoriyasi farqlanadi: oddiy daraja —maxsus koʻrsatkichi yoʻq va u belgining meʼyoriy (ortiq — kamlik, kuchli — kuchsiz va sh.k.ga befarq) holatini bildiradi: yaxshi, katta, shirin, xunuk kabi;
orttirma daraja — bu darajaning ham maxsus morfologik koʻrsatkichi yoʻq. Belgining ortikligi maʼnosi oʻzbek tilida bir necha usul bilan ifodalanadi. Masalan, fonetik usul: sapsariq, koʻmkoʻk, baland (unlini choʻziq talaffuz etish); leksik usul (maxsus soʻzlar yordamida): juda kuchli, nihoyatda goʻzal kabi;analitik usul: shirindan shirin, qoʻpoldan qoʻpol kabi; ozaytirma daraja shakli roq affiksi yordamida yasaladi: yaxshiroq, balandroq, shoʻrroq kabi.
Sifatlar otlashuvi mumkin (qarang Otlashuv): Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar. Qozonga yaqin yursang , qorasi yuqar; yomonga yaqin yursang , balosi yuqadi.Sifatlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:
xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, sho‘x, ziqna, sodda, yo‘rg‘a, mehribon;
2) holat bildiruvchi sifatlar: keksa, iliq, tinch, salqin, ochiq, xursand;
3) shakl- ko‘rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, qiyshiq, yassi;
4) rang - tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti;
5) hajm – o‘lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, yaqin, katta, og‘ir;
6) maza - ta’m bildiruvchi sifatlar: nordon, achchiq, bemaza, shirin;
7) hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo‘y, badbo‘y;
8) o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar: kechki, tonggi, kuzgi, bahorgi.
Asliy va nisbiy sifatlar
Asliy sifatlar – belgining to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalash imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar.
Misol: go’zal, chiroyli, shirin
Nisbiy sifatlar – belgining to’g’ridan-to’g’ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlangan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar.
Misol: devoriy, oilaviy, kuzgi
Sifat darajalari
Oddiy darajadagi sifatlar belgining me’yordagicha ekanligini ko’rsatadi vamaxsus ko’rsatkichga ega emas: yaxshi odam, katta ko’cha.
Orttirma daraja. Belgining meyyordan ortiq ekanligini bildiruvchi sifatlardir:
1. g’oyat, nihoyatda, bag’oyat
2. qip – qizil, sap – sariq
Qiyosiy darajadagi sifatlar belgining me’yordan sal kam ekanligini qiyoslab, solishtirib ifodalaydi va oddiy darajadagi sifatga –roq qo’shimchasini qo’shish bilan yasaladi: uzunroq, kuchliroq
Ozaytirma darajadagi sifatlar belgining me’yordan kamligini ifodalaydi. Bu daraja quyidagicha ifodalanadi:
1. oddiy darajadagi sifatlardan oldin: biroz, nim, hiyla, aytarli
2. oddiy darajadagi sifatga -(i)mtir, -(i)sh, -gina qo’shimchilarni qo’shish orqali: qoramtir, sarg’ish
Sifatlarning yasalishi
Sifatlar yasalishiga ko’ra uch turga bo’linadi:
1. Morfologik usul: suvli, ishchan, keskir
2. Sintaktik usul:
1. qo’shma sifatlar: ishbilarmon, olachipor
2. juft sifatlar: qing’ir-qiyshiq, yakka-yu yagona
3. Takroriy sifatlar: katta-katta, lo’ppi-lo’ppi
Sifatlarning otlashuvi
1.Ot oladigan so’roqlarga javob bo’ladi. Misol: yaxshi topib gapirar
2.Otga xos qo’shimchalarni oladi. Misol: yaxshining so’zi qaymoq
3.Otga xos sintaktik vazifani bajaradi. Misol: yaxshi bilan yursang yetarsan murodga.
Sifatlarning tuzilish jihatdan turlari
Sodda sifatlar bir asosdan iborat bo’ladi va ikki xildir:
a) sodda tub sifatlar - tarkibida so’z yasovchi qo’shimchalar bo’lmagan sifat: yashil, qizil
b) sodda yasama sifat – so’z yasovchi qo’shimchalar
mavjud sifatlar: aqlli, bugungi
Qo’shma sifatlar kamida ikkita asosdan iborat bo’lib va
so’zlar ma’no jihatidan o’z mustaqilligini yo’qotib, ular
o’rtasidagi munosabatlar sezilmaydi: rahmdil, ertapishar
3. Juft sifatlar: och-nochor, ola – bula
4. Takroriy sifatlar: katta – katta, qozon - qozon
Sifatlar gapda aniqlovchi, kеsim, hol bo‘lib kеladi: Uning moviy ko‘zlari onasi- Safurani eslatib turardi (F.Azimova). Non aziz, uning ushog‘i ham aziz (Maqol). Chaqmoq tеlpagini qiyshiq qo‘ndirib olgan (O‘.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko‘plik, egalik, kеlishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va otning so‘roqlariga javob bo‘ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan, ega: Egri ozadi, to‘g‘ri o‘zadi (Maqol); to‘ldiruvchi: Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q (Maqol); qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi-- qaymoq, yomonning so‘zi-- to‘qmoq (Maqol).
Sifatni o’rganish tizimi
materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib,
murakkablashib boradi. O’quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa?so’rog‘ini berishga
o'rganadilar;
III sinfda sifat so’z turkumi
sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik
materialga bog‘liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi
(atama aytilmaydi) sifatlarning
yozilishi o’rgatiladi.
Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi
yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi.Sifatnio’rganishmetodikasi
uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi.
Sifat predmetning belgisi (rangi,
hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi.
Sifatning leksik ma’nosi
uni ot bilan bog‘liq holda
o’rganishni talabqiladi.Sifatni
tushunish uchun I sinfdanoq o’
quvchilar e’tibori sifatning otga
bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi.
O’quvchilar predmetning belgisini
aytadilar, ularda so’roq yordamida
gapda so’zlarning bog‘lanishini
aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni
ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama
aytilmaydi).
Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda “Sifat”
mavzusi quyidagi izchillikda
o’rganiladi:
Keyingi sinflarda bu
bog‘liqlik aniqlashtiriladi.
1) sifat bilan dastlabki
tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida
tushuncha berish (III sinf); 3) shu
grammatik mavzu bilan bog‘liq holda
ayrim sifatlarning yozilishini o’
zlashtirish (IV sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki
tanishtirish (birinchi bosqich)
sifatning leksik ma’nosi va
so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan
boshlanadi.Predmetning belgilari
xilma-xil bo’lib, uni rangi,
mazasi,
shakli, xil-xususiyatlari tomonidan
tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun
uning ma’nolarini aniqlash talab
etiladi. O’qituvchi predmetni yoki
uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar
uning belgilarini aytadilar va
yozadilar.
Masalan, (qanday?)olma –
qizil, shirin, yumaloq olma;(qanday?) ip –uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat
asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima?so’rog‘iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloqkabi so’zlar qanday? so’rog‘iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni
bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi
atrofimizni o’rab olgan
predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi
(Qanday daraxt? –Katta,
chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt.
Qanaqa shkaf? –Oynali, baland
shkaf).Xulosa chiqariladi: qanday?,
qanaqa?so’roqlariga javob bo’lgan
so’zlar predmet belgisini bildiradi.
O’quvchilar belgi bildirgan
bunday so’zlarning nutqimizdagi
ahamiyatini anglashlari uchun sifat
ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval
sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra
sifatlari bilan o’qib beriladi va
mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi.
Predmetni aniq tasvirlash uchun
uning belgisini bildiradigan
so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi.
Bu darslarda ko’rgazma vositalar
(predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng
foydalaniladi.
O’quvchilar qanday?, qanaqa?
so’roqlariga javob bo’lgan (predmet
belgisini bildirgan) so’zlarni
o’zlashtirishlari uchun mashqning
quyidagi turlari samarali
hisoblanadi: 1) so’roq yordamida
predmetning belgisini bildirgan
so’zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish;
3) matndan kim?yoki nima?so’rog‘iga
javob bo’lgan so’zni va unga bog‘
langan qanday? va qanaqa?
so’rog‘iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z
birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap
yoki kichik hikoya tuzish.Ikkinchi bosqichda asosan ikki
vazifa: “sifat” tushunchasini
shakllantirish hamda
o’quvchilar
nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlar-dan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hal qilinadi.“Sifat” tushunchasini shakllan-tirish o’quvchilarning “
predmet belgisi” degan
umumlashtirilgan
kategoriyani
o’zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so’zlar guruhlanadi va shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi.
Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik
xususiyatlari ham qayd etiladi.
Sifatlarning xususiyatlarini
umumlashtirish asosida o’quvchilar
uning so’z turkumi sifatidagi o’
ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar:
a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday?yoki qanaqa? so’rog‘iga javob bo’ladi,
v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so’z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak
vazifasida keladi.
Bu sinfda og‘zaki va yozma
ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoyatuzish kabilar)ga katta o’rin beriladi.O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini
o’stirish uchun:
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli,
xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va yozish: Qanday
shaftoli? Shirin, suvli, tuksiz
shaftoli.Qandaykitob? Qalin, qizil
kitob;
2) berilgan belgilariga qarab
qaysi hayvon ekanini aniqlash:
Tikanli, kichkina, foydali...
(tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor,
yovvoyi... (tulki);
3) predmetlarning belgisiga qarab
topishmoqlarning javobini ayting kabi
mashqlardan foydalanish mumkin.
Quyidagi sozlarga so'roq bering va sifat soz turkumiga oid sozlarni daftaringizga husnixat qoidalari asosida yozing.
Ajratib ko'rsatilgan sozlarni qaysi soz turkumiga xosligini ayting.
Jadvalni toldiring.
Namunaga qarab daftaringizga husnixat qoidalari asosida davom eting.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
1.Ona tili va o'qish savodxonligi 3-sinf(1-qism)
2. Ona tili o'qish metodikasi majmua
2022- yil
3. Arxiv.uz
4.https://fayllar.org/?abuse=1
Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə