Urg`u deyiladi: Urg’u so’zni gap tarkibida boshqa so’zdan ajratish



Yüklə 62,33 Kb.
səhifə1/7
tarix12.12.2023
ölçüsü62,33 Kb.
#148614
  1   2   3   4   5   6   7
3-dars. Urg\'u





URG`U

  • So`z tarkibidagi biror bo`g`inning yoki gapdagi so`zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq, cho`ziqroq aytilishiga urg`u deyiladi: Urg’u so’zni gap tarkibida boshqa so’zdan ajratish hamda so’zning fonetik tarkibini uyushtirish vazifasini bajaradi.

  • Urg`u ikki xil bo`ladi: so`z urg`usi va gap urg`usi.

  • So`z urg`usi – so`z tarkibidagi bir bo`g`inning boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan talaffuz qilinishidir.

  • So`z urg`usi doimo unli tovushlarga tushadi.

  • So`z urg`usi o`z qatlam va o`zlashma qatlam so`zlarida turlicha o`ringa egadir.

  • O`z qatlam so`zlarida urg`uning qo`llanilishi. O`zbekcha so`zlarda urg`u, asosan, oxirgi bo`g`inga tushadi.

Masalan, kitob, bola, paxta.
O`zbekcha so`zlarda urg`uning o`rni erkindir, ya`ni bunday so`zlarga qo`shimchalar qo`shilgach urg`u qo`shimchaga ko`chadi.
Masalan; kitoblar, bolajon, paxtakor.
So`zlarga nechta qo`shimcha qo`shilsa, urg`u ham shunga qarab siljib boraveradi. Masalan; paxta, paxtakor, paxtakorlar, paxtakorlarimiz, paxtakorlarimizga.
Lekin bu holat har doim ham kuzatilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o`zbek tilida urg`u olmaydigan grammatik shakllar ham mavjud ekan.
URG’U OLMAYDIGAN SHAKLLAR:
1. Bir bo’g’inli so’zlar urg’u olmaydi.
2. Fe`lning bo`lishsiz shakllari urg`u olmaydi.
a) -ma bo`lishsizlik shakli: Masalan; kelma, borma, aytma, o`tirma. Bu so`zlarda -ma fe`lning inkor, bo`lishsiz shaklini hosil qilmoqda, shuning uchun urg`u olmaydi va urg`u -ma dan oldingi bo`g`inga tushadi. Lekin -ma so`z yasovchi qo`shimchasi urg`u oladi: tortma (fe’l), tortma (ot): terma (fe’l), terma (sifat).

Yüklə 62,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə