Urg`u deyiladi: Urg’u so’zni gap tarkibida boshqa so’zdan ajratish


b) Sof fe`lning bo`lishsiz shakli -ma qo`shimchasining o`rniga yo`q, emas



Yüklə 62,33 Kb.
səhifə2/7
tarix12.12.2023
ölçüsü62,33 Kb.
#148614
1   2   3   4   5   6   7
3-dars. Urg\'u

b) Sof fe`lning bo`lishsiz shakli -ma qo`shimchasining o`rniga yo`q, emas kabi so`zlarni keltirish bilan ham hosil qilinadi. Bunday hollarda ham yo`q, emas shakllari urg`u olmaydi. Urg`u ushbu shakllar bilan birikib kelayotgan shakllarning oxirgi qismiga tushadi. Agarda oxirgi qism shaxs-son shakli bo`lsa, bunday shakllar ham urg`u olmaydi. Urg`u undan oldingi qo`shimchaga ko`chadi.
Masalan; borganim yo`q birikmasida yo`q inkor shakl bo`lgani uchun urg`u olmaydi, borganim so`zi tarkibidagi -im qo`shimchasiga urg`uni ko`chirdik, lekin bu shakl ham urg`u olmaydi. Sababi -im fe`lning shaxs-son shakli sanaladi va urg`u olmaydi. Demak, urg`u borganim so`zining ikkinchi bo`g`iniga, ya`ni -gan shakliga tushadi.
c) Fe`l vazifa shakllarining bo`lishsiz shakllari urg`u olmaydi.
Masalan; -sh, -ish harakat nomining bo`lishsiz shakli -maslik bo`lib, u urg`u olmaydi. Kelish – kelmaslik, borish – bormaslik.
-b, -ib ravishdoshining bo`lishsiz shakllari esa -may, -masdan bo`lib, bular ham urg`u olmaydi. Kelib – kelmay, kelib – kelmasdan.
-r, -ar sifatdoshining bo`lishsizlik shakli -mas ham urg`u olmaydi. Kelar –kelmas.
3. Fe`l zamonlari urg`u olmaydi.
a) Hozirgi zamon shakllari: -yap, -yapti, -yotir, -moqda, -(a)yotib, -(a)yotir. Masalan; kelayotir, kelmoqda, kelyapti.
b) O`tgan zamon shakllari: -di, -gan, -b, -ib. Masalan; keldi, kelgan, kelib.
c) Kelasi zamon shakllari: -a, -adi, -moqchi, -jak, -ajak, -gay, -gusi, -ur, -ar. Masalan; keladi, kelmoqchi, kelajak, kelgusi, kelar, kelur.
4. Bog`lamalar urg`u olmaydi. Bog`lamalar ismlar (ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdosh, taqlid so`z) turkumigagina qo`shilib kelib ularni kesim vazifasiga xoslovchi shakllardir. Bunday paytda bog`lamalar bo`lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so`zlari bilan bemalol almashinib kela oladi. Bog`lamalarga quyidagilar kiradi: -man, -san, -miz, -siz, -dir. Masalan: Men talabaman. Ushbu gapning kesimi talabaman so`zi bo`lib, u hisoblanmoq so`zi bilan bemalol almasha oladi. Shuning uchun bu so`z tarkibidagi -man qo`shimchasi urg`u olmaydi. Urg`u talaba so`zining oxirgi bo`giniga qo`yiladi. Sen talabasan. U talabadir. Biz talabamiz. Siz talabasiz.
5. Shaxs-son qo`shimchalari urg`u olmaydi. Shaxs-son qo`shimchalari faqat fe`llarga qo`shilib kelib, uni kesim vazifasiga xoslaydi. Shaxs-son shakllari quyidagilar: -man, -san, -miz, -siz. Masalan; Men kelganman. Ushbu gapning kesimi kelganman so`zi bo`lib, -man qo`shimchasi urg`u olmaydi. Urg`u kel so`zining o`ziga qo`yiladi. Chunki kesim tarkibidagi -gan zamon qo`shimchasi sanaladi. Zamon shakllarining urg`u olmasligini yuqorida ko`rib o`tdik. Sen kelgansan. U kelgandir. Biz kelganmiz. Siz kelgansiz. Lekin -siz so`z yasovchi qo`shimchasi urg`u oladi (asosdan anglashilgan narsaga ega bo`lmaganlik ma’nosida): mevasiz, odobsiz, gulsiz
6. Fe’lning mayl qo’shimchalari ham urg’u olmaydi. -(a)y, -(a)yin, -gin (-kin, -qin), -(i)ng, -(a)ylik, -(i)nglar, -sa fe’lning mayl yasovchi qo’simchlari. Masalan: borsin, chiqsin, turgin, kelsa, qilsa.
7. Har, hech, bir, alla- birliklari bilan hosil qilingan so`z shakllarida urg`u aynan shu birliklarning o`ziga tushadi. har kim, hech nima, bir kishi, allanima.

Yüklə 62,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə