Urg`u deyiladi: Urg’u so’zni gap tarkibida boshqa so’zdan ajratish



Yüklə 62,33 Kb.
səhifə3/7
tarix12.12.2023
ölçüsü62,33 Kb.
#148614
1   2   3   4   5   6   7
3-dars. Urg\'u

8. -cha, -lab, -larcha, -an, -chasiga, -day, -dek, -larcha, -ona ravish yasovchi qo`shimchalar urg`u olmaydi: ruscha, qishloqcha,
Lekin -cha otlarda kichraytirish, erkalatish qo`shimchasi urg`u oladi: qishloqcha (ot), qishloqcha (ravish); yigitcha (ot), yigitcha (ravish).
9. Qo`shimcha-yuklamalar urg`u olmaydi: bugunoq, senmi, sen-chi. Jumladan, -ku, -da, -gina, -oq, -yoq, -mi, -chi yuklamalari urg`u olmaydi.
Lekin -gina otlardagi erkalatish qo`shimchasi urg`u oladi: qizgina (yuklama), qizginam (otning lug’aviy qo’shimchasi).
-da o’rin-payt kelishiga ham urg’u oladi: maktabda,
- oq va -chi ham so’z yasovchi qo’shimcha bo’lganda urg’u oladi: o’roq, qo’rqoq, ishchi, gulchi
10. Sonlardagi ma’no turlarini yasovchi qo`shimchalar urg`u olmaydi: -ov, -ala, -ovlon, -nchi, -inchi, -ta, - tacha, -tadan, -talab, -lab, -larcha. Bu qo`shimchalar faqatgina son turkumidagi so`zlargagina qo`shiladi.
Masalan; beshta, ikkov, ikkovlon, o’ninchi, beshtacha, to’rttadan, oltita.
11. Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Bunda urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’giniga tushadi: Sof ko`makchilar quyidagilar: uchun, bilan, sari, sayin, qadar, kabi, haqida, uzra, to`g`risida, tufayli, singari, yanglig`.
Masalan; osmon uzra, kitob haqida.
Ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, oldin, avval, keyin, so‘ng, tomon, qosh, bo‘yi, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab vazifadosh ko‘makchilari mustaqil so‘z vazifasida kelmaganda, ya’ni ular atash ma’nosini yo‘qotganda urg‘u olmaydi, shuning uchun ham urg‘u sof yoki vazifadosh ko‘makchidan oldin kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: yil bo‘yi, gap ustida, maktab qoshida va h.k.
12. -dir gumon olmosh yasovchi qo’shimcha urg’u olmaydi: kimdir, nimadir.

Yüklə 62,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə