Urg`u deyiladi: Urg’u so’zni gap tarkibida boshqa so’zdan ajratish


Familyalardagi -ov, -yev, -ova, -yeva



Yüklə 62,33 Kb.
səhifə4/7
tarix12.12.2023
ölçüsü62,33 Kb.
#148614
1   2   3   4   5   6   7
3-dars. Urg\'u

13. Familyalardagi -ov, -yev, -ova, -yeva kabi qo’shimchalar urg’u olmaydi: Mirziyoyev, Polvonov
14. -la fe’l yasovchi qo’shimcha hech qachon urg’u olmaydi: ishla, taraqla, dodla
BA’ZI SO’ZLARDA URG’UNING QO’LLANILISHI:
1. Tarkibida nim, och, jiqqa, lang, to’q, g’irt kabi sifat darajasini ko’rsatuvchi birliklarda urg’u birinchi bo’g’inga tushadi: nimpushti, tim qora, lang ochiq.
2. Oppoq, yam-yashil, qop-qora kabi so’zlarda ham urg’u birinchi bo’g’inga tushadi.
3. Takror so`zlarda urg`uning o`rni.
Takror so`zlarga bir so`z deb qaraladi va bunday so`zlarga bitta urg`u qo`yiladi. Urg`u takror so`zlarda birinchi so`zning birinchi bo`g`iniga qo`yiladi.
Masalan; katta-katta, tez-tez, xona-xona.
4. Sifatning orttirma daraja shakllari ba`zi hollarda belgi bildiruvchi so`zlarning birinchi bo`g`ini oldidan -p, -m, -s, -ppa birliklarini orttirish yordamida hosil qilinadi. Tilshunoslikda bu holat ham takror so`zlarning hosil qilinishi deb qabul qilingan. Bunday so`zlarda ham urg`u birinchi so`zga qo`yiladi.
Masalan; bus-butun, yam-yashil, qip-qizil, soppa-sog`.
5. Juft so`zlarda urg`u.
Juft so`zlar ham takror so`zlar kabi bir so`z sanaladi. Juft so`zlarda urg`u ikkinchi so`zning oxirgi bo`g`iniga qo`yiladi.
Masalan; ota-ona, do`st-dushman.
6. Qo`shma so`zlarda urg`u:
Qo`shma so`zlarda ham urg`u bitta qo`yiladi.
Masalan; boychechak, xontaxta, Gulchehra.
7. Qo`shma fe`llar va ko`makchi fe`lli so`z qo`shilmalari ajratib yoziladi. Lekin bunday holatda ham urg`u bitta qismga qo`yiladi. Ya`ni fe`lning birinchi qismiga.
Masalan; sotib oldi, borib keldi, tashlab yubordi, aytib qo`ydi.

Yüklə 62,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə