|
Andijon davlat pedagogika institutiTopshiriq. Mavzu mazmunining asosiy tushunchalari bo’yicha «Tushunchalar tahlili» metodini qo’llang
|
səhifə | 120/182 | tarix | 12.12.2023 | ölçüsü | 2,7 Mb. | | #148923 |
| Loyihalashtirish. majmua3.Topshiriq. Mavzu mazmunining asosiy tushunchalari bo’yicha «Tushunchalar tahlili» metodini qo’llang:
«Tushunchalar tahlili» metodi. Ushbu metod o‘tilgan (chorak, semestr, yoki o‘quv yili tugagach) o‘quv predmeti yoki bo‘limning barcha mavzularini talabalar tomonidan yodga olish, biror mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izoh berishga, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha tarbiyalanuvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan. Metodning maqsadi -talabalarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo‘yicha tayanch ushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarining bilim darajalarini baholash, yakka va guruhda ishlash, guruhdoshlari fikrini hurmat qilishga va o‘z bilimlarini tizimga solishga o‘rgatadi.
Qo‘llanilishi. O‘quv o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun, tarbiyalanuvchilarni joriy va oraliq, yakuniy baholash uchun ishlatiladi. Yangi mavzuni mashg‘ulotlarining barcha turlarida, darsning boshlanishida, dars oxirida, bir bo‘lim tugaganda o‘tilgan mavzuni boshlashdan oldin tarbiyalanuvchilarning mavjud bilimlarini tekshirib olishga mo‘ljallangan. Ushbu uslubni mashg’ulotning ayrim bosqichlarida yakka, kichik guruhda yoki jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Shuningdek uyga vazifa sifatida ham foydalanish mumkin.
4.Topshiriq. Fanning asosiy tushunchalariga oid rebus tuzing.
Namuna :
Nazorat savollari
Ta’lim vositalari deganda nimani tushunasiz?
Sizningcha dars jarayonida o‘quv vositalarini tanlash qanday omillarga bog‘liq?
Stend nima?
Doska-bloknot nima?
Grafoproektor nima?
Ta’lim vositalarining yordamchi shakllariga nimalar kiradi?
Dostları ilə paylaş: |
|
|