Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə128/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Assistent – mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo‘llashga tayyorlovchi, mashg‘ulot ishtirokchilariga yordam ko‘rsatib turuvchi shaxsi.
An’anaviy ta’lim – XVII asrda YA.P.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanayotgan sinf-dars tizimidan iborat.
Aql – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqelikka bo‘lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
Bilim – borliqning, bilish jarayonining amalda tasdiqlangan natijasi.
Obyektiv reallikning inson ongida adekvat (o‘xshashlik) aks etishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). Kundalik bilim, sog‘lom fikr va amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi.
Insonning jamiyat, atrof-muhitga moslashuvi, uning holati harakatlari va oldindan ko‘ra olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bilish – obyektiv borliqni ongda aks ettirishning oliy darajasidagi shakli, haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni.
Bilish ikki daraja bo‘ladi.
Hissiy bilish – sezgilar, idrok, tasavvur orqali.
Ratsional bilishtushunchalar, idrok, aqliy xulosalardan o‘tib nazariyalarda o‘rin oladi. Shu bilan birga bilish – kundalik oddiy, ilmiy bo‘ladi. Ilmiy bilish tabiat va jamiyatni bilishga ajraladi.
Bilish jarayoniqabul etish, eshitish, tushunish, anglash, umumlashtirish, mustahkamlash, qo‘llash.
Binar dars – ta’lim oluvchilar bilimdonligini tarkib toptirish imkonini beradigan muassasalashgan dars.
Blum taksonomiyasi – (taksonomiya – borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi).
U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratadi: bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash.
Bit – dars tarkibida suhbat, o‘yin va ijodiy mashqlarni qamrab oluvchi musobaqa harakatlaridagi qiziqarli dars.
Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladigan pedagogik faoliyat.
Vosita – o‘quv jarayonini olib borishda yordam beruvchi, bunga o‘qituvchi ovozi, uni mahorati, darsliklar, qo‘llanmalar, didaktik tarqatma materiallar, sinf jihozi, AKT va boshqalar kiradi.
Guruhli ta’lim – bir o‘qituvchi bir necha tarbiyalanuvchini o‘qitadigan ta’lim. Guruhlar tarbiyalanuvchilar soniga qarab kichik (3-6 tarbiyalanuvchi) o‘rta (7-15 tarbiyalanuvchi) katta (15 dan ortiq tarbiyalanuvchi) guruhlarga bo‘linadi. Shuningdek, har bir guruhdagi ta’lim oluvchilarning yoshiga, ta’lim yo‘nalishiga, ta’lim topshiriqlari va shu kabilarga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Bu shaklni qo‘llash jarayonida yakka va juft bo‘lib ishlash shakllari ham amalga oshiriladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə