Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə129/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Davlat ta’lim standarti – o‘qiyotgan va bitiruvchilarni tayyorlashning mazmun-mohiyati, ko‘lami va darajasiga nisbatan davlat tomonidan qo‘yiladigan talablarning majburiy darajasi, shuningdek o‘quv yuklamalarining zaruriy hajmi.
Dars – aniq maqsadni ko‘zlab, berilgan vaqtda bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchi-yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulot.
Dars – o‘qitishning vazifalari, mazmuni, nizom va metodlarini o‘zida mujassamlovchi o‘quv jarayonining asosiy shakli.
Dars – o‘quv dasturida belgilangan mavzuning o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqtda tarbiyalanuvchiga etkazish, uning o‘zlashtirilishini ta’minlash uchun qabul qilingan mashg‘ulot turi.
Dars – hozirgi zamon o‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy shakli.
Dars – o‘quv jarayonini shunday etapi, zvenosi, elementi, ma’no jihatdan tugallangan, tashkiliy jihatdan, vaqt jihatdan cheklangan davri.
Diagnostika – ma’lum ilmiy asoslangan metodlar asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligi, pedagogik xodimlarning kasbiy tayyorgarliklari, bilim, ko‘nikma, malaka va mahoratlari, tarbiyalanuvchilarning olgan bilimlarini o‘zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajalarini atroflicha o‘rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiya berish bilan shug‘ullanadi.
Didaktika – pedagogikaning tarmog‘i, ta’lim-tarbiya maqsadlari, metodologiyasi, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini o‘rganish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ijodkorlik – insonning ongli, ma’lum maqsadga yo‘nalgan, harakatchan insoniy faoliyati. Shu yo‘nalishli faoliyati bilan u yaratuvchanlikka, ijodkorlikka moyil bo‘ladi. O‘ziga xos ilgari mavjud bo‘lmagan narsa, predmetlarning yaratuvchisi hisoblanadi.
Izlanuvchi – biror obyekt tahlili bilan shug‘ullanuvchi shaxs, biror jarayonni kuzatish orqali unga xalaqit beruvchi, faktorni aniqlovchi, uning sababini bilib, chora ko‘ruvchi, yangi tavsiyalarni ishlab chiqadi. Sohani rivojlantirishiga hissa qo‘shadi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə