Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə131/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ishchanlik o‘yinlari – turli vaziyatlarda o‘yin va noto‘g‘ri qilingan reglament qoidalari asosida o‘quv topshiriqlarini imitatsiya qilish orqali bajarish.
Unda guruhlarda, yakka, juft bo‘lib ishlar tashkil etilishi mumkin.
Kafolat – shaxslarga yuklatilgan vazifalarni yaratilgan vositalar, yo‘llar, shart-sharoitlar asosida davlat talablariga (standartlari) mos bajarilishini to‘la ta’minlash.
Keys texnologiyasi – tarbiyalanuvchilarning mustaqil qarorlar qabul qilishlari, muammoli savollarga to‘g‘ri va haqqoniy javoblar topishlariga qaratilgan, o‘qituvchi kuzatuvchi (eshituvchi) vazifasini bajaradigan ta’lim texnologiyasi.
Komil inson – ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan, bilimli, ma’rifatli, jismonan etuk shaxs.
Koordinator – loyihalar, dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik qiluvchi, ularni amalga oshirishni rejalashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etuvchi shaxs.
Kommunikatsiya – subyektlar orasidagi axborot almashinuvini amalga oshiradigan jarayon.
Kommunikator – o‘zaro muloqotlarning sifati va samaradorligini oshiruvchi, takomillashtiruvchi shaxs.
Kouch – ta’lim oluvchilarning to‘liq o‘zlashtirishlari uchun yordam ko‘rsatuvchi repititor, instruktor trener.
Kreativ – tarbiyalanuvchining tadqiqotga moyillik, ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi ta’lim, tarbiyalanuvchida ijodiy tafakkurni jadal ravishda rivojlantirish orqali uning yaratuvchilik qobiliyatini o‘stirish. U natijada ijodkor, yaratuvchi, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib shakllanadi.
Ko‘nikma – ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to‘g‘ri, kam jismoniy va asabiy ko‘ch sarflagan holda bajarish.
Ko‘nikma – o‘zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarda, tayyorlikda ifodalangan ongli faoliyat.
Ko‘nikma – insonning ilgari tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Ko‘nikmaning fiziologik asosi bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida hosil bo‘ladigan murakkab refleks. Ko‘nikma malaka bilan uzviy bog‘liq.
Ko‘nikma – ongli faoliyat (harakat)ni tez, tejamli, to‘g‘ri hamda jismoniy va aqliy ko‘ch sarflagan holda bajarish. Shaxsning bilimlari asosida tarkib topadi. Dastlab shakllanish bosqichlarida bunday harakatlar jiddiy va diqqat bilan bajariladi. Keyingi bosqichlarda diqqat bilan nazorat qilish kamayib boradi va natijada avtomatlashgan harakatga aylanadi.
Harakat turlari bo‘yicha 3 turga bo‘linadi: harakat, sensor, aqliy ko‘nikmalarga.
Ko‘nikmalar muntazam mashq qilish takrorlash orqali zarur darajada saqlanadi. Ma’lum vaqt takrorlamaslik ko‘nikma qayta mashqlar bajarish, malaka oshirish orqali tiklangan.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə