Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə130/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Inversion – (almashtirish) axborotlarni turli tomondan o‘rganish, o‘rnini almashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Inklyuziv – (tenglik) o‘qituvchi bilan tarbiyalanuvchining o‘zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarning sog‘lom tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda o‘qishini tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Inson toifalari – ma’lumotlarni qabul qilish, tushunish va xotirasida saqlab qolishi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linadilar:
1. Auodilist – barcha ma’lumotlarni faqat eshitish orqali qabul qiladigan shaxs. Bular liderlar hisoblanadi. Hamma narsani eshitib, eslab qoladi.
2. Vizualist – barcha ma’lumotlarni faqat ko‘rish orqali qabul qiladi.
3. Kinestik – amaliyoti serharakat va ko‘p savol beradi.
Innovatsiya – yangilanishni, o‘zgarishlarni joriy etish, kiritish jarayoni va faoliyati.
Innovator – yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayonida joriy qiluvchi shaxs.
Iste’dod – har tomonlama rivojlangan, nihoyatda ko‘chli va takrorlanmas qobiliyatga ega bo‘lgan shaxs.
Integrativ – (yaxlitlash) axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko‘p kichik qismlarning o‘zaro ajralmas bog‘liqligi, ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to‘g‘ri xulosani aniqlash.
Intellekt – insonning umuman bilish, tinimsiz izlanish faoliyati fikrlash qobiliyati, tushunish, mulohaza, tafakkuri, aqliy mushohadasi.
Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi va tarbiyalanuvchi o‘zaro faol ishtirok etadigan jarayon (o‘zaro faollikda, o‘zaro harakatda, hamkorlikda kechadi).
Interfaol metod – ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali tarbiyalanuvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Interfaol metodlarini qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy dars – munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminar soni ko‘pligi, tarbiyalanuvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlaridan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos yahamiyatga ega.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə