Andijon davlat pedagogika instituti


Takror ishlab chiqarishlik -



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə21/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Takror ishlab chiqarishlik - Takrorlash imkoniyati, xohlagan ta’lim beruvchi, shu texnologiviy ishlar tartibini, shundayligicha qo‘llasa, shunday natija olishi mumkin.



Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat- T.: TDPU, Nizomiy, 2003.


2. Avliyoqulov N. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari.-T., 2001. 3.Bershadskiy M.E. V kakix znacheniyax ispolzuetsya ponyatie “texnologiya” v pedagogicheskoy literature?//SHkolnыe texnologii.-2002.- №1.
3. Bespalko V.P. Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii. - M.: Pedagogika, 1989.
4. Bogolyubov V.I. Evolyusiya pedagogicheskix texnologiy//SHkolnыe texnologii- 2004. - №4.
6. Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi, 2000.
7. Selevko G.K. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii: Uchebnoe posobie. - M.: Narodnoe obrazovanie, 1998.
8. Saidahmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash namunalari. - T.: RTM, 2000.
9. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot. - T.: Fan, 2005.


4-mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonni loyihalashtirishning tuzilishi va funksiyalari.
Reja:

  1. Ta’lim jarayonida boshqaruvning o‘rni va mohiyati

  2. O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi bo‘yicha o‘qitish rejasining tuzilishi va mazmunining tarkibi

  3. Texnologik xaritaning tuzilishi va mazmunli ko‘rsatkichlari

  4. Ta’lim oluvchilarning mustaqil faoliyatlarini pedagogik boshqarishning mohiyati



Tayanch iboralar: boshqaruv, maqsadni belgilash, tashxislash, bashoratlash, loyihalash, rejalashtirish, tashkillashtirish, axborotli ta’minot, nazorat, baholash va o‘zgartirish, texnologiya xaritasi, pedagogik monitoring.


Ta’lim jarayonida boshqaruvning o‘rni va mohiyati
Boshqaruv- bu tartibga solish darajasini oshirish orqali ijtimoiy tizim faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning maxsus shakli.
Boshqaruvning yo‘l va vositalari:
• bashoratlash;
rejalashtirish;
• nazorat;
• baholash;
• axborotni yig‘ish, uning to‘planishi va tahlil;
• o‘zgaruvchanlik va yo‘nalishni aniqlash;
• boshqaruv xulosasini qabul qilish;
• o‘zgartirish kiritish.
Boshqaruv jarayonining mohiyati maqsad-natijani mos kelish yo‘nalishi bo‘yicha harakatni yo‘lga solishdan iborat bo‘ladi. O‘qitish rejasini tuzishning har bosqichida o‘qituvchining boshqaruv harakatlarini ko‘rib chiqamiz.
Maqsadni belgilash- didaktik vazifalarni aniqlash, o‘quv natijalarini shakllantirish. Bu pedagogik faoliyatni asosiy omili bo‘lib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati harakatini umumiy natijaga yo‘naltiradi.
Tashxis- ta’lim oluvchilar xususiyatlarini va mavjud moddiy-texnik imkoniyatlarni o‘rganish. Bu maqsadni to‘g‘rilash zarurligi va ularga erishish vositalarini tanlashga imkon beradi.
Bashorat qilish- o‘rnatilgan vaqt ichida mavjud sharoitlarda pedagogik va o‘quv faoliyati natijalarini oldindan ko‘rish.
Loyihalash- oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan vaqt mobaynida yo‘l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axboroti va qaytar aloqani yetkazish vositasi va yo‘llarini aniqlash.
Tashxis, bashorat qilish va loyihalash rejani ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Rejalashtirish- oldindagi o‘zaro bog‘liq pedagogik va o‘quv faoliyatining rejasini ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi. U texnologik xarita ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə