Andijon davlat pedagogika instituti


Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyatlari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə20/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyatlari:

  1. Konseptuallik- ta’lim texnologiyasi falsafiy, psixologik, didaktik va ta’limiy maqsadning ijtimoiy-pedagogik asoslangan aniq ilmiy g‘oyalariga asoslanadi.

  2. Tizimlilik-ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilariga ega, ya’ni: yaxlitlik, tuzilmaviylik, barcha tashkil etuvchilarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning bir-biriga bo‘ysunishi, tizim va muhitning o‘zaro bog‘liqligi.

  3. Boshqaruvchanlik- TT mohiyati- ishlarni aniq bajarilishida, ya’ni: butun tugallangan ta’lim jarayonini aniq pedagogik g‘oya ostida dastlabki bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishida ko‘rish mumkin. (2) Ta’lim berish jarayoni aniq tuzilmaga keltirilgan: pedagogik va o‘quv harakatlari, boshqaruvchilik, axborotli va muloqotli ishlar ifodalangan ketma-ketlik– bosqichma-bosqich, maqsadli yo‘l bilan, ya’ni ta’limiy maqsadlar alohida shaklda ifodalangan: pedagogik vazifalar va aniq belgilangan kutilayotgan natijalar bilan muvofiqlikda tuziladi. (3) Texnologik jarayon tabaqalashtirilgan va individuallashtirish, ikki kishilik va ko‘pchilikli suhbat(dialog, polilog) tamoyillari hisobga olingan shartnoma asosidagi, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyatini nazarda tutadi. (4) Qaytar aloqani tizimli tezkor ravishda ishlatilishi ta’lim jarayonining joriy natijalarini uzluksiz kuzatishni, tashhislashni va tezkor baholashni, tahlil va maqbul boshqaruv xulosasini qabul qilishni ta’minlaydi. (5) Tashhisiy ishlar faoliyat natijalarini aniq bir ma’nodagi mezon va ko‘rsatkichlarini, shuningdek uni o‘lchash vositalarini o‘z ichiga oladi. (6) O‘zgartirish jarayoni ta’lim oluvchini xatoliklariga emas, balki ta’lim jarayonini shu ta’lim oluvchiga nisbatan unga belgilangan maqsadga erishishni ta’minlash bilan tashkillashtirish yo‘lini o‘zgartirishga qaratilgan.

  4. Samaradorlik - Ta’limiy texnologiya samarali natija va ta’lim maqsadlariga erishish kafolatini ta’minlaydi

  5. Maqbullik - Texnologiyaviylikning hammabop tizimli belgisidir. TT ta’lim maqsadlariga erishishda, kuch va vaqt sarf qilishda inson imkoniyatlari va texnik zahiralaridan foydalanish bo‘yicha maqbul yo‘l va vositalarni ta’minlaydi.


  6. Yüklə 2,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə