Andijon davlat pedagogika instituti


Pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə26/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Pedagogning umumiy va kasbiy madaniyati
Pedagoglik faoliyati jamiyatdagi funksiyalari buyicha va kasbiy sifat xususiyatlariga qarab hamda psixologik tomonlar buyicha yozuvchi, artist va olimlarga tomoniga yakin. Pedagog mexnatining xususiyatlari tabiatning eng buyuk in’omi bo’lgan insonni o‘qitish va tarbiyalash uchun muljallangan:
1. Pedagogning mexnat faoliyati usib kelayotgan yoshlarning insoniy xususiyatlarini shakllantirishdan iborat.
2. Pedagog faoliyatidagi mexnatning uziga xos xususiyati shundan iboratki, unda mexnat predmeti bo‘lib xazrati inson xisoblanadi.
3. Pedagogik mexnat unga har tomonlama ta’sir etuvchi omillarni boshqaruvchi shaxsga bo’lgan ta’siridan iborat.
Pedagogning faoliyati har doim yukori baholangan. Kadimiy grek filosofi Aflotun agar kosib yomon usta bo‘lsa, bundan davlat juda katta narsa yukotmaydi- fakat xalk yomonrok kiyinadi, holos, ammo agar yoshlar tarbiyachisi uz vazifalarini yomon bajarsa, u holda mamlakatda nodon, joxil, bilimsiz va ahmoklar toifasi vujudga keladi.
17 asrda yashagan ilmiy pedagogikaning asoschilaridan biri- YAn Amos Komenskiy «o‘qituvchilarga kuyosh ostidagi eng yukori vazifa yuklatilgan», degan edi.
O`qituvchi (pedagog, muallim, ustoz, master)–maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan va pedagogik faoliyat bilan yukori bilimdonlikda (professional) shugullanuvchi inson. Ukituvchilik stoliga utirgan inson hamma narsani biladi va hamma narsaga javobgar. Ukituvchilik vazifasi uning har bir talaba, usib kelayotgan avlod, jamiyat, davlat takdiri uchun javobgarligi bilan xarakterlanadi.
Pedagogik funksiya-pedagokka kasbiy bilimlar va bilimdonlikdan foydalanishga ruhsat berilgan yo’nalish. Albatta, pedagogik harakatlar yo’naltiriladigan yo’nalishlar bu o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash va o’quvchilarning kunikmalarini tashkil qilish va rivojlantirishdan iborat. Umuman olganda, o‘qituvchining asosiy funksiyasi-o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish va rivojlantirish jarayonini boshqarishdan iborat. Ukituvchi urgatuvchi emas, bilimni egallashga urgatuvchi, tarbiyalovchi emas-tarbiya jarayonini boshqarishga yo’naltiruvchidir.
O`qituvchining boshqarish funksiyasini aniqlashtirish maqsadida «Pedagogik loyiha» deb ataluvchi tushunchadan foydalanib, u orkali har kanday muljallangan ish va uni oxiriga etgazish tushuniladi: dars, dars soati, mavzuni yoki uning bulimini urganish, olimpiada yoki maktab bayrami va boshqalar. Mazkur ishlarni pedagog boshqarishi zarur, agar u kancha noziklik, o‘ylab va aql bilan boshqarilsa, natijada shuncha kam vaqt sarflanadi va shuncha ko‘p samaradorlikka erishiladi.
Pedagogning birinchi funksiyasi proekt-loyihalashning boshlanish bosqichida paydo bo‘luvchi-maqsadni tahminlashdan iborat. Ma’lumki, maqsad pedagogik faoliyatning tayanch omilidan iborat va u ideal holatda o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilarning harakatini umumiy natijaga yo‘naltiradi; boshqaruv jarayonining moxiyati ham shundan iboratki, unda barchaning maqsadlari birlashuvga yo’naltirilgan. O‘rgatish jarayonini boshqarish, avvalo, tarbiyalanuvchilarning bilimiga, ularning tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlari, tarbiyalanganligi, rivojlanganligiga asoslanadi. Bunga diagnostikalash (grekcha diagnosis-bilib olish) deb ataladi.
Auditoriyadagilarning jismoniy va psixologik rivojlanganligi, aqliy va ruhiy tarbiyalanganligi maktab va oiladagi tarbiyalanganlik darajasini bilmasdan turib, tugri maqsad kuyish va unga erishish vositalarini amalga oshirish mumkin emas. U esa pedagogik holatni pedagog tomonidan oldindan yaxshi tahlil qilishni bilishi zarurligini ko‘rsatadi.



Tayyorlanish

B
O
S
K
A
R
I
S

Maqsad

Tashxis

Oldindan
Aytish

Loyiha

Reja

Axborot

Tashkil
etish

Baholash

Nazorat

Tug‘rilash

Natija




B
O
S
K
A
R
I


Maqsadlash
Loyihalash
Rejalash
Axborotlash
Tashkillash
Baholash
Nazoratlovchi
Tug‘rilovchi
Tahminlash

Amalga oshirish

Yakunlovchi




Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə