Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə27/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Beruniy ta’lim-tarbiya sohasida usha zamonlarda, hatto hozirgi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan fikrlarni ilgari suradi. U ta’lim berish jarayonida ta’lim oluvchini zeriktirmaslik, bilim berishda bir xil narsa yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik, uzviylik, izchillik, mavzularni kizikarli asoslab, kurgazmali bayon etish va shunga uxshash narsalarga e’tibor berish lozimligini uktirgan.
Ulugbek darsliklar qanchalik mazmunli bolmasin, ta’limda oqituvchi asosiy urinda turishini, u oz pedagogik mahorati va yaxshi fazilatlari bilan tarbiyalanuvchilarga namuna bulishi, yaxshi tarbiya kurgan, chuqur bilimli va ma’rifatparvar inson bo‘lishi keraqligini ta’kidlaydi. Ulugbekning ozi Samarkand madrasalarida ana shunday fazilatli ustoz sifatida faoliyat korsatdi.
O‘qituvchilar mexnati va bilimini tashkil qilish uchun quyidagilar zarur:
1. Bo‘lajak pedagogning birgina axborot texnologiyalari muhitida ishlashga tayyorgarligini tashkil etish. Bu muammoni axborot texnologiyalarini bilish va ulardan o’quv jarayonida foydalanish ma’nosida qarash mumkin.
2. Pedagogning fikrini jamlash, vaqtini tejash hamda o‘qitish metodikasini tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yakinlashtirish.
3. Axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’lim berishga tayyorlanish va o‘tish. Bunday o‘tish o’quv kurslarini axborotli-kompyuterli holga utkazishni ko‘zda tutadi.
4. Birlashgan axborot hajmidagi o’quv jarayonining dasturiy-metodik ta’minlanishini tayyorlash. o‘
Texnologiya, deganda, subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifato‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo’naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.
Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi buyicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa buladi.
M.V Klarin fikricha, PT-o‘quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda oldindan belgilab olingan maqsad korsatkichlaridan kelib chiqib o’quv jarayonini loyihalashdir.
V.P.Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan Nurali Saidahmedov va Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, PT-bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat maxsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O‘zbekistonlik pedagog olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: PT ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bogliq ijtimoiy hodisadir.
Bu ta’riflarni uzoq xorijda berilgan ta’riflar bilan solishtirib kurish uchun yapon pedagog olimi T.Sakomoto bergan ta’rifni keltiramiz. «PT,-deydi Sakomoto, - bu tizimli-majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha kilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir».
Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan YUNESKO ning ta’rifi buyicha, «PT-bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini uzaro uzviy boglik holda ko‘rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qullashda tizimli yondashuv usulidan foydalanishdir».
PT-bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini tizim sifatida ko‘rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo’lgan o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.
Pedagogik texnologiyani yaratish tamoyillarining birinchisi–muayyan dars, mavzu, qism, o’quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish; ikkinchisi–umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o’quv predmetini mavzularga ajratib, har bir mavzudan kutilgan maqsadni va mavzular ichida xal kilinishi lozim bo’lgan masalalar tizimini aniqlab olish; uchinchisi-mavzu ichida yechiladigan masalalarning har biri buyicha test savollarini tuzib chiqish; turtinchisi –maqsadlar aniq bo‘lib, test savollari tuzilgandan keyin, maqsadlarga etish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə