Andijon davlat pedagogika instituti


Foydalaniladigan adabiyotlar



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə35/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Axunova G.N., Golish L.V. Vvedenie v proektirovanie i planirovanie pedagogicheskix texnologiy v ekonomicheskom obrazovanii: Kratkiy konspekt leksiy. -T.: Iktisod-moliya, 2006
2. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs. Uchebnik.- M.: VLADOS, 1999.
3. Saidahmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash namunalari.-T.: RTM, 2000.
4. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.-T.: Fan, 2005.
5. Farberman B.L. Peredovыe pedagogicheskie texnologii. -T.: Fan, 2000.
7-mavzu. Pedagogik jarayonni loyihalashtirish


Reja:

  1. Pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo‘llari

  2. O‘quv mashg‘ulotida ta’lim texnologiyasi bo‘yicha o‘qitish rejasining tuzilishi va mazmunining tarkibi

  3. Ta’lim texnologiyasinngi konseptual asoslari.

  4. O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi.

  5. Ta’lim oluvchilarning o‘quv yutuqlari nazorati



Tayanch iboralar: boshqaruv, maqsadni belgilash, tashxislash, bashoratlash, loyihalash, rejalashtirish, tashkillashtirish, axborotli ta’minot, nazorat, baholash va o‘zgartirish, texnologiya xaritasi, pedagogik monitoring.


Pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo‘llari
O‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasi quyidagilardan kelib chiqib ishlab chiqiladi:
• iqtisodiyot OO‘YU da ta’limni texnologiyalashtirish qoidasi;
• fan bo‘yicha o‘quv axborot maqsadi, tuzilmasi, mazmuni va hajmi;
DTS tomonidan belgilangan, o‘quv rejasida aniqlab berilgan vaqtda va berilgan sharoitda ta’lim berish maqsadiga erishishni kafolatlovchi ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini tanlashning konseptual yondashuvlari.
1. Kirish.
Ta’lim texnologiyasining bu qismida iqtisodiyotning bozor tamoyillari keskinlashuvi sharoitida va jamiyatning demokratiyalashuvida ta’lim berishni texnologiyalashtirishning dolzarbligi asoslanadi, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasining tuzilishi bayon etiladi va ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga loyihalangan ta’lim berish texnologiyasiga qisqa tavsiflar beriladi.
2. Ta’lim texnologiyasinngi konseptual asoslari.
TTning bu qismida quyidagilar yoritiladi:
• o‘quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy hajmi va o‘quv fanining namunaviy dasturiga
muvofiq ularning mavzular bo‘yicha taqsimoti, ish turlari;
• o‘quv fanining mazmuni, o‘quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o‘quv fanining mavzu mazmuni bayon etiladi;
• o‘quv mashg‘ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning konseptual holatlari- ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo‘l va vositalarini tanlashning asosi bo‘ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning konseptual asoslari.
Ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi.
Har bir ta’limiy texnologiya ta’lim texnologiyasi modeli, ta’limning texnologiya xaritasi, texnologiya xaritasiga ilovalardan iborat bo‘ladi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə