Andijon davlat pedagogika instituti


Ta’lim oluvchilarning o‘quv yutuqlari nazorati



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə37/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ta’lim oluvchilarning o‘quv yutuqlari nazorati
Nazorat:
• ta’lim oluvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini(BMK) aniqlash,o‘lchash va baholashni anglatadi;
• ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan qaytar aloqasini, ular tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risidagi haqqoniy ma’lumotni olish, shuningdek kamchilik va oraliqlarni aniqlashni ta’minlaydi.
Nazorat– doimy tekshirish yoki nazorat maqsadidagi tekshiruv.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish testlarini ishlab chiqish( V. Bespalko bo‘yicha)



Test maqsadi

Testlar toifasi
va turlari



Xususiyatlari

Javoblar



Test topshiriqlarini
ifodalash
namunalari



Talabalar
avval o‘rgangan
materialni
tanishini
tekshirish
(o‘zlashtirish-ning
I darajasi)



Tanib olishlikka
oid topshiriq



Bir vaqtni o‘zida
(aytib berish uchun)
topshiriq va
javobdan iborat
bo‘ladi



“Ha”
“Yo‘q”





… hisoblana
dimi?



Ajratib
olishlikka oid
topshiriq



Savol hamda tanlash
uchun javob
variantlaridan
iborat bo‘ladi



1.
2.
3.
4.



…shulardan qaysi
biri... to‘g‘riligini
ko‘rsating

Tasniflashlikka
oid topshiriq



Mos qismlarni
taqqoslash
topshiriqlaridan
iborat bo‘ladi



1-(g)
2-(b)
3-(a)
4-(v)



Mosliklarni
ko‘rsating
(ularning
tushunchasi va
belgilanishi)



Tashqi aytib
berishlarsiz
esda qolganlar
bo‘yicha
o‘zlashtirilgan
ma’lumotlarni
qayta aytib
berish va
shular asosida
namunaviy
topshiriqlar
echish
ko‘nikmalarini
tekshirish
(o‘zlashtirish-ning
II darajasi)



Qo’shimchalar
qo’yiladigan
testlar



Xohlagan shaklda:
og‘zaki, belgili,
chizmalarda taqdim
etilgan fikrlarni
to‘ldirish talab
etiladi



Yo‘q

… (formulani)
to‘ldiring,
(etishmayotgan
elementni)...
ko‘rsating



Tuzilishlik
(konstruktor
lik)ka oid
testlar



Esda qolganlarni
aytib berishlarsiz
qayta takror tik-lashni talab etadi



Yo‘q

Bu“(tushuncha/
ifodalash
ko‘rsatiladi)
nima?”... CHizma
chizing… Uchun
formulani yozing



Namunaviy
topshiriqlar



Ma’lum bo‘lgan
qoidalarni qayta
tiklash va uni
izlanayotgan natija
uchun qo‘llash talab
etiladi



1.
2.
3.
4.



Namunaviy
topshiriq



Ijodiy
fikrlash
ko‘nikmalarini
tekshirish
(o‘zlashtirish-ning
III darajasi)



Nooddiy
topshiriqlar



Namunaviy tartib
ostidagi topshiriq-larni oxiriga etka-zishda, qo‘shimcha
ma’lumotlarni qi-dirish uchun, dast-labki sharoitlarni
o‘zgartirish talab
etadi



1.
2.
3.
4.



Nooddiy
topshiriqlar





Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Axunova G.N., Golish L.V. Vvedenie v proektirovanie i planirovanie pedagogicheskix texnologiy v ekonomicheskom obrazovanii: Kratkiy konspekt leksiy. -T.: Iktisod-moliya, 2006
2. Podlasыy I.P. Pedagogika. Novыy kurs. Uchebnik.- M.: VLADOS, 1999.
3. Saidahmedov N.S. Pedagogik amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash namunalari.-T.: RTM, 2000.
4. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.-T.: Fan, 2005.
5. Farberman B.L. Peredovыe pedagogicheskie texnologii. -T.: Fan, 2000.
8-mavzu. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari


Reja:

  1. Ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlari

  2. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va usullari

  3. O’yinli texnologiyalarning maqsad va vazifalari

  4. Texnologik o‘yinlar klassifikatsiyasi



Tayanch iboralar: ta’lim texnologiyalari, rivojlantiruvchi ta’lim, o’yinli texnologiyalar, texnologiyalar, usullar, texnologik o‘yinlar.


Ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlari
Ta’lim texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:
1. Zamonaviy –an’anaviy o‘qitish elementlaridan foydalaniladigan
pedagogik texnologiyalar;
2. Pedagogik jarayonda shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar;
3. Tarbiyalanuvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;
4. O‘quv jarayonini samarali boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiya;
5. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari;
6. Xususiy o‘quv predmetlariga tegishli texnologiyalar.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni tarbiyalanuvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: Hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.
Tarbiyalanuvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli o‘yinlar, tayanch signallar kanspektlari texnologiyalari va boshqalar.
O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga tarbiyalanuvchi shaxsining sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va usullari
Rivojlantiruvchi ta’lim ma’lum bir vaqtda, tarbiyalanuvchining ta’limiy, tarbiyaviy, ma’naviy, ruhiy va jismoniy rivojlantirish hamda uni tez o‘zgaruvchan dunyoda jamiyatga, hayotga moslashuvini ta’minlovchi ta’lim nazariyasidir.
O‘z kelajagini o‘ylagan har bir davlat jamiyat hayotidagi shaxsga taalluqli barcha ijtimoiy ta’sirlarni insonning rivojlanishi uchun, uning o‘zligini anglashi va namoyon qila olishi uchun maqsadli ravishda yo‘naltira olgan bo‘lishi kerak.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari qo‘llanganda, tarbiyalanuvchilar qiziqishining ortishiga, bilimlarning ko‘nikmaga aylanishiga, bilim sifat-samaradorligining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Rivojlantiruvchi ta’limning maqsadi-Tarbiyalanuvchilarda mantiqiy, tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlashni rivojlantirish orqali barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir.
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi-shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi.
Rivojlantiruvchi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari- tarbiyalanuvchilarda topshiriqlarni echishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi. Tarbiyalanuvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə