Andijon davlat pedagogika instituti


Texnologiyaning qo‘llanishi-



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə40/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Texnologiyaning qo‘llanishi- amaliy mashg‘ulotlar, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar. Tarbiyalanuvchi mashg’lot jarayonida, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar, ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:

  • tarbiyalanuvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;

  • tarbiyalanuvchilar dars (mashg‘ulot)ning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;

  • tarbiyalanuvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;

  • berilgan matnlar tarbiyalanuvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;

  • har bir guruh a’zolaridan yangi guruh tashkil etiladi;

  • yangi guruh a’zolarining har biri guruh ichida navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib olishlarishga erishadilar;

  • berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;

  • yangi guruh a’zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;

  • faoliyatning qolgan jarayonida tarbiyalanuvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi;

  • tarbiyalanuvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘qituvchi tarbiyalanuvchilarga savollar bilan murojaat etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;

  • har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matnning mazmunini hayotga bog‘lagan holda bittadan savol tuziladi;

  • guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi (“guruh hisobchilari” berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);

  • guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi asosida g‘olib guruh aniqlanadi.

NUQTAI NAZARING BO‘LSIN” USULI.


Maqsadi:
-tarbiyalanuvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab, ximoya qilishga o‘rganadilar;
-tarbiyalanuvchiga muammo muhokamasi jarayonida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berish;
-pedagog barcha tarbiyalanuvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma tarbiyalanuvchilar o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.
“Nuqtai nazaring bo‘lsin” usuli tarbiyalanuvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrlarini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgartirishga ishontiradigan g‘oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo‘llanadi. Tarbiyalanuvchilar shuningdek, maktab, mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterli bo‘lgan eng dolzarb muammolar o‘z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o‘rganadilar.
Tarbiyalanuvchi ochiqdan-ochiq savollar usuli bilan odatda dars jarayonida faol bo‘lmagan tarbiyalanuvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi.

  • ularning fikricha eng ahamiyatli ta’kidlovlarni yozib borish;

-o‘yin jarayonida o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan tarbiyalanuvchilarni yozib borish;
-eng asosli dalillab berilgan javoblarni yozib borish.
ma’ruza” USULI-mavzuni ta’lim beruvchi tomonidan “monolog” sifatida bayon etishdir.
Mavzuning o‘zlashtirilishini yaxshilovchi omillar:
-mavzuni sodda tilda bayon qilish;
-fikrlarni qisqa va aniq ifodalash;
-ravon tilda, yaxshi talaffuz bilan gapirish;
-ma’ruza qismlarining tuzilishi va mantiqiy bog‘liqligini ta’minlash;
-mavzu qismlariga alohida e’tibor berish.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə