Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə48/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Faol ta’lim berish usuli - ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatlarini rag‘batlantiruvchi usuldir. U yoki boshqa muammoni echish to‘g‘risidagi fikrlarni erkin almashinuvini nazarda tutuvchi suhbat asosida quriladi.
Eng ko‘p tarqalgan va xususiyatga ega bo‘lgan ta’lim usullari quyidagilar hisoblanadi: suhbat, bahs, o‘yin, keys-stadi, loyihalar usuli, muammoli usul, aqliy hujum va boshqalar hisoblanadi.
Interfaol(Interactive) - suhbatli. Interfaol ta’lim berish- suhbatli ta’lim berish, bunda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi, ta’lim oluvchi va kompyuterning o‘zaro harakati amalga oshiriladi.
Interfaollik ta’lim berish sohasida umuman yangi hodisa, bunga binoan ta’lim beruvchi:
ƒ o‘qituvchi, boshqa talabalar, ma’muriyat bilan faqat shaxsiy uchrashuv yo‘li bilan emas, balki ta’lim jarayonining barcha subyektlari bilan faol o‘zaro harakat qilishi mumkin;
ƒ multimediali obyektlarni tahlil etish jarayonida ularning mazmuni, shakli, o‘lchovi va rangini o‘zgaruvchan boshqarish, ularni har tomondan ko‘rib chiqish, shunga o‘xshash boshqa harakatlarni bajarishni, eng ko‘p ko‘rgazmalilikka erishishda to‘xtatish va xohlagan joyida yana ishga tushirishi mumkin.
Interfaollik daraja qancha yuqori bo‘lsa, ta’lim berish jarayoni shuncha natijali bo‘ladi.
Pedagogikada ta’lim usullarini tasniflash(tartiblashtirish, bir guruhga birlashtirish)ga turli yondashishlar yuzaga keldi. Ular tizimlashtirishni turli asoslarida tuzilgan.
Ta’lim usullarini ta’limiy maqsadlarga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi(o‘rgatish) va ta’lim oluvchini(o‘rganish) hamkoriy faoliyatini yo‘li sifatida ko‘rsatish ular xususiyati va o‘quv faoliyati natijalari bo‘yicha quyidagicha guruhlashtirish imkonini beradi:
1-guruh: tayyor o‘zlashtiruvchilik o‘quv faoliyati va ta’lim oluvchilarga bilimlarni1-darajada o‘zlashtirishni ta’minlovchi usullar;
2-guruh: esda qolganlarni tasvirlovchi o‘quv faoliyati va ta’lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni2-darajada o‘zlashtirishni ta’minlovchi usullar;
3-guruh: muhokama qiluvchi, qisman-izlanuvchilik o‘quv faoliyati va ta’lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni3-darajada o‘zlashtirishni ta’minlovchi usullar;
4-guruh: mustaqil izlanuvchilik faoliyati hamda4-darajada bilimlarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi, usullar.
Ta’lim usullari va texnikalarining xususiyatlari
Birinchi guruh ta’lim usullari
Birinchi guruh ta’lim usullari: tayyor o‘zlashtiruvchilik o‘quv faoliyati va ta’lim oluvchilarga bilimlarni1- darajada o‘zlashtirishni ta’minlovchi usullar.
MA’RUZA - davomli vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan katta hajmdagi o‘quv materialining monologik bayon qilishi.
Usulning asosiy vazifasi - ta’lim berish. Belgilari: qat’iy tuzilma, og‘zaki-mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko‘pligi.
Ma’ruzalar muhim lahzalarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Ta’lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkillashtirish usulining samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat:

  • ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish;

  • ta’lim oluvchilarga ma’ruza mavzusining maqsadi, vazifalari va rejani eshittirish;

  • har bir rejani yoritgandan so‘ng qisqa umumlashtiruvchi xulosalarni shakllantirish;

  • ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga o‘tganda mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash;

  • yozib olish uchun zarur joylarni ajratib ko‘rsatish(aytib turish);

  • uning alohida holatlari batafsil ko‘rib chiqiladigan seminar, amaliy mashg‘ulotlar bilan ma’ruzaning to‘g‘ri kelishi.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə