Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə51/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

KITOB BILAN IShLASh USULI: ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish va qiziqtirish vazifalarini bajaradi.
Ta’lim oluvchilar kitob bilan ishlashlari mumkin:

  • o‘quv mashg‘ulotida sizning rahbarligingiz ostida;

  • uyda mustaqil.

Agarda ish o‘quv mashg‘ulotida olib borilsa, unda kitob bo‘yicha o‘rganadigan materialni biz alohida qismlarga bo‘lamiz va ularni nazorat qilamiz.
LABORATORIYA USULI- - bu shunday usulki, bunda ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi rahbarligi ostida va oldindan tayyorlangan reja bo‘yicha tajribalar o‘tkazadilar yoki amaliy topshiriqlarni bajaradilar, shu jarayonda yangi bilimlarni qabul qiladilar va anglab etadilar.
Usulning asosiy vazifalari- o‘rgatish va rivojlantirish. Bu usul ta’lim oluvchilarga quyidagi imkoniyatlarni ta’minlaydi:
• jihoz bilan ishlash malaka va ko‘nikmalarini egallash;
• ma’lum bo‘lganlarni tekshirish va mustaqil tadqiqot yo‘llarini tanlash;
• amaliy malakalalarni egallash: o‘lchash va hisoblash; natijalarni qayta ishlash va avvalgilari bilan solishtirish.
Laboratoriya usuli murakkabdir. U maxsus, qimmatli jihozlarning bo‘lishi, nafaqat sizni, balki ta’lim oluvchilarning ham puxta tayyorgarligini talab etadi. Undan foydalanish ko‘ch va vaqtni sarflash bilan bog‘liq. Shuning uchun, tajriba usulini rejalashtirayotganda,
mustaqil tadqiqotning ta’lim samaradorligini oshirishga ishonch hosil qilish zarur, chunki bunga boshqa soddaroq, tejamliroq usullar bilan erishish mumkin.
MAShQ-O‘rganilayotgan materialni amaliyotda qo‘llash maqsadi bilan muntazam tashkillashtirilgan ko‘p takrorlanuvchan harakat.
Usulning asosiy vazifasi - ta’limiy va rivojlantiruvchi.
Mashqning quyidagi turlari mavjud:

  • maxsus;

  • sharhlashga oid;

  • yozma;

  • og‘zaki;

  • ishlab chiqarish.

Uchinchi guruh ta’lim usullari
Uchinchi guruh ta’lim usullari: muhokama qiluvchi, qisman-izlanuvchilik o‘quv faoliyati va ta’lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni 3-darajada o‘zlashtirishni ta’minlovchi, usullar.
SUHBAT- dialogli(yunoncha: dialogos - ikki yoki bir necha insonlar orasidagi so‘zlashuv), ta’lim berish va o‘rganishning savol–javobli yo‘li.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə