Andijon davlat pedagogika instituti


Usulning etakchi vazifasi-



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə52/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Usulning etakchi vazifasi- qiziqtirish: maqsadga yo‘naltirilgan va mohirona qo‘yilgan savollar yordamida ta’lim oluvchilarda berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini eslash va bayon qilishga harakat qilinadi, o‘qituvchi rahbarligida boshqa ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilinadi. Ta’lim oluvchilar o‘qituvchi bilan birga qadamma-qadam mustaqil fikrlash, yakunlash, xulosalash va umumlashtirish yo‘li bilan yangi bilimlarni anglaydilar va o‘zlashtiradilar.
Suhbatning afzalligi yana shundaki, u ta’lim oluvchilar fikrlashini faollashtiradi va bilim ko‘chini rivojlanishiga yordam beradi.
Suhbatlar vazifasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:

  • kirish yoki tashkillashtiruvchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotdagi ishga tayyorlash);

  • yangi bilimlarni etkazish(didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilarni yangi material bilan tanishtirish);

  • sintezlovchi yoki mustahkamlovchi (didaktik vazifasi: ta’lim oluvchilar bilimlarini tizimlashtirish, “mustahkamlash”, eslab qolishi va fikrlashi).

Suhbatlar tashkiliy shakli bo‘yicha o‘quv va“davra suhbatiga” bo‘linadi.
“Davra suhbati” o‘quv suhbatidan erkin holatda ishtirokchilar joylashish tartibi va asosiysi, ular fikrini navbat bilan bildirishi bilan farqlanadi.
Eng muhimi savollarni to‘g‘ri shakllantirish va berish. Ular o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerak, o‘rganilayotgan savol mohiyatini ochib berishi, tizimda bilimlarni o‘zlashtirishga yordam berishi kerak.
Savollar mazmuni va shakliga ko‘ra ta’lim oluvchilarning rivojlanish darajasiga mos kelishi lozim.
Esda tuting: oson savollar faol bilish faoliyatini rag‘batlantirmaydi, jiddiy munosabat esa bilishga rag‘batlantiradi.
BAHS(munozara) - aniq muammo bo‘yicha fikr almashish, muhokama shaklidagi ta’lim berishning faol usuli. Munozara usuli hamma vazifalarni bajaradi.
Bu usuldan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • yangi bilimlarni shakllantirishda;

  • ta’lim oluvchilar u yoki bu savollarni chuqur o‘ylab ko‘rish, ularning mohiyatiga kirishni ta’minlashda;

  • ta’lim oluvchilarni dalil va dalillarga asoslangan xulosalar orasidagi farqni tushunib etishga o‘rgatishda;

  • o‘zaro fikr almashinuv ko‘nikmalarni shakllantirishda;

  • ta’lim oluvchilarga shaxsiy fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishiga yordam berish.

Munozara erkin bo‘ladi, qachonki, u erkin rivojlansa, boshqaruvchan bo‘lishi mumkin. U faqat o‘zlashtirish lozim bo‘lgan mavzu va savollarga taalluqli bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə