Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə50/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

NAMOYISH - ta’lim oluvchilarni obyekt va hodisalar, jarayonlarni ularning tabiiy ko‘rinishda ko‘rgazmali-hissiy tanishtirish.
Bu usulning etakchi vazifasi o‘qitish hisoblanadi. Biz namoyishdan o‘rganilayotgan hodisalar, o‘zgaruvchanlikni ochib berish uchungina foydalanamiz, shu bilan birga bu usul ta’lim oluvchilarni narsalarni tashqi ko‘rinishi bilan uning ichki tuzilishi yoki o‘xshash narsalar qatorida tutgan o‘rni bilan tanishish uchun xizmat qilishi mumkin.
Namoyishni ko‘rib chiqilayotgan obyektni yozuv taxtasida sxemali rasm chizish yoki ko‘rsatish, chizmalarni chizib olib borish mumkin, bu namoyish etilayotgan obyekt asosidagi tamoyillarni tushunishni engillashtiradi.
Namoyish usulining ta’limiy vazifasi samaradorligi quyidagilarni bajara olishni ta’minlaydi:
• obyektlarni to‘g‘ri tanlash;
• ta’lim oluvchilar e’tiborini namoyish qilayotgan hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirish;
• ta’lim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni yaxshi ko‘rishlari va imkon bo‘yicha na faqat ko‘z, balki barcha sezish a’zolari bilan qabul qilish;
• ta’lim oluvchilar e’tiborini imkoni boricha o‘rganilayotgan obyektning muhim tomonlariga jalb etish;
• ta’lim oluvchilarga o‘rganilayotgan obyekt sifatlarini mustaqil baholash.
KO‘RSATISH - narsa, jarayon va hodisalarni ularni tasviriy ko‘rinishda ko‘rsatish va qabul qilishni ko‘zlaydi.
Bu usulning asosiy vazifasi- o‘rgatish. Ko‘rsatishning vositalariga sxemalar, jadvallar, rasmlar, sur’atlar, albomlar, xaritalar, yassi modellar xizmat qiladi.
VIDEOUSUL - Ko‘rish usuli axborotni ko‘proq ko‘rgazmali kodoskop, proektor, kinoapparat, o‘quv televideniyalar, shuningdek axborotni displey bilan aks ettiruvchi kompyuterlar bo‘yicha qabul qilishga asoslanadi.


Ikkinchi guruh ta’lim usullari
Ikkinchi guruh amaliy ta’lim usullari: esda qolganlarni tasvirlovchi o‘quv faoliyati va ta’lim oluvchilarga bilim va ko‘nikmalarni 2-darajada o‘zlashtirishni ta’minlovchi, usullar.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə