Andijon davlat pedagogika instituti


-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalarida muammoli o‘qitish texnologiyalari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə47/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

9-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalarida muammoli o‘qitish texnologiyalari


Reja:

  1. Usulning ta’lim berish texnologiyasidagi o‘rni va vazifasi

  2. Ta’lim usullari va texnikalarining xususiyatlari

  3. Seminar- munozaraning vazifali vositasi

  4. Muammoli vaziyat usullari.



Tayanch iboralar: ta’lim usullari, faol usul, interfaol usul, aqliy hujum usuli, Insert, Pinbord texnikasi, amaliy vaziyatlarni o‘rgatuvchi usul(Case – stadi), loyihalar usuli, muammoli vaziyatlar usuli, ishbilarmon va rol(holat)li o‘yinlar, munozara, suhbat, amaliy ish, mashq, tajriba usuli, kitob bilan ishlash, ko‘rish usuli, ko‘rsatish, namoyish, yo‘riqnoma berish, hikoya, tushuntirish, ma’ruza.
Usulning ta’lim berish texnologiyasidagi o‘rni va vazifasi
Metod(usul) - yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos”- biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi.
Ta’lim berish usuli- belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo‘li
Ta’lim berish usuli, ta’limiy maqsadni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining murakkab jarayonining asosi hisoblanadi. Usullar: ushbu ta’lim berish davridan chiqqanda ta’lim oluvchi bilishi, udallashi va qadrlashi lozim bo‘lgan ko‘zlanayotgan natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Usullarni tanlashning asosiy qoidasi → turlicha emas ta’lim berish maqsadiga mos kelishi Usullarga qo‘yiladgan asosiy talab → natija beradigan, faqat bittasini qo‘llash.
Usulning asosiy natijaviyligining mezoni → belgilangan vazifani hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va tejamkorligi.
Ta’lim texnologiyasini loyihalashda usulni ongli tanlash, har birining imkoniyatlarini ko‘ra bilish kerak
Usulni tanlab, o‘qituvchi o‘ziga savol berishni boshlaydi:
→ Usulni qo‘llashdan so‘ng natijalar qaysi sohalarda: Bilimlar sohasidami? Ko‘nikmalardami? Malakalardami? YOki ko‘rsatmada ko‘p bo‘ladi.
→ Keyingi savol ta’lim berishning bajariladagan ishlar tartibiga taalluqli: “Talabalarning faolligi(tashabbus) qanday bo‘lishi kerak?”
Ta’lim usullarining natijaviyligini qaysi mezonlar aniqlaydi?
YAxshi yoki yomon usullar mavjud emas. Usulning natijaviyligini bajarilgan yoki bajarilmagan vazifa bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin.
Qanday qilib keng tarqalgan usullar, jumladan aqliy hujum yoki guruhli munozara natijaviyligini o‘quv mashg‘ulotida echiladigan topshiriqlar bilan bog‘liqsiz, yoki aniq amaliy vaziyatni tahlil qilish va echish(keys-stadi) usulining natijaviyligini, ushbu usul qo‘llanilayotgan o‘quv mashg‘ulotining maqsad va vazifalaridan uzilishda oldindan baholash mumkin.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, usulning asosiy natijaviylik mezonlari quyidagilar:
• belgilangan vazifalarni hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi va iqtisodiyligi;
• uni qo‘llashda soddallik va osonlik;
• nafaqat eng yaxshi natijalarni ta’minlashi, balki ularga erishishning yuqori ishonchliligini ta’minlay olishi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə