Andijon davlat pedagogika instituti


Namuna: Adabiyot fanining 5-sinf dastrida berilgan



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə44/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Namuna:
Adabiyot fanining 5-sinf dastrida berilgan Xans Xristian Andersen. "Bulbul" hikoyasini o‘tishda mustahkamlash qismida tarbiyalanuvchilarda aslni soxtadan ajratishni o‘rgatish, mavzu mohiyatini to‘laqonli tushuntirish ma’nosida “Jonli bulbul har gal o‘zicha ko‘ylar, sun’iy bulbul esa ... faqat bir yo‘sinda qo‘shiq aytar edi”, – degan so‘zning ma’nosiga tarbiyalanuvchilar e’tiborini qaratadi. O‘qituvchi “davra suhbati” usuli og‘zaki so‘rash orqali tarbiyalanuvchining fikrlarini umumlashtirish mumkin. YOki, yuqorda ta’kidlangan o‘tkazish bosqichidan foydalanib, ketma-ketlikda “javoblar varaqasi” asosida tashkil etilishi mumkin.
Tarbiyalanuvchilar bunda tabiiy bilan sun’iy bulbul asosida hayotdagi chin bilan soxtaning farqiga borishni o‘rganadilar.
MUAMMOLI VAZIYAT” USULI - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usuldir.
"Muammoli vaziyat" usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmaslik, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» usuli qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini topishni o‘rganadilar.

Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari:


1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taqlif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə