Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə41/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Mavzuni sodda tilda bayon etish:
Mavzuni sodda tilda bayon etish -uni ta’lim oluvchilarga tushunarli tarzda etkazishdir;
Unga qo‘yidagilar yordamida erishiladi.
-qisqa va sodda tuzilishga ega gaplardan foydalanish;
- oddiy so‘zlarni ishlatish;
- atamalar ma’nosini tushuntirib berish;
- xorijiy tillardan kirgan atamalardan iloji boricha foydalanmaslik;
- faol fe’llarni ishlatish;
- fikrlarni ko‘rgazmali bayon qilish;
Fikrlarni qisqa va aniq ifodalash:
- butunlay o‘quv maqsadiga qaratilgan;
- asosiy mazmunga qaratilgan;
- to‘g‘ri ifodalardan tashkil topgan;
- muhim va keraqli izohlar bilan ta’minlangan bo‘lmog‘i kerak.
Ravon tilda, yaxshi talaffuz bilan gapirish:
-ta’lim oluvchilar uchun eshitilarli balandlikda;
-so‘zlarni aniq talaffuz qilish;
-keraqli gaplarga va so‘zlarga urg‘u berib, gapirish bilan erishiladi.
Ma’ruza qismlarini tuzishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-mavzu bilan tanishtirish;
-mavzuni asoslash(ahamiyatini tushuntirish);
-ma’ruzani mantiqiy bog‘liqlik asosida olib borish;
-ma’ruzani yakunlash.
Ma’ruzani mantiqiy bog‘liqligini ta’minlashga:
-ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda berish;
-ma’ruza qismlari orasida o‘zaro aloqalar bo‘lishini ta’minlash;
-bir fikrdan boshqasiga sakrab o‘tmaslik asosiy va asosiy bo‘lmagan ma’lumotlarni farqlash orqali erishiladi.


Namuna:
O‘qituvchi darslarda axborot kommunikatsion texnologiyalarni foydalanishda “Ma’ruza” usuli orqali darsni quyidagicha tashkil etishi mumkin. O‘qituvchi avvalo tarbiyalanuvchilarga informatika o‘qituvchisi bilan birga tushuntirish ishlarini olib boradi, ya’ni tarbiyalanuvchining qanday o‘z blogini yaratishi, o‘z blogdan qanday foydalanishi tushuntiriladi. Fanning bo‘limi, chorak oxirida taqdimot qilinishi belgilanib, dasturdagi mavzular tarbiyalanuvchilar ixtiyoriga qarab taqsimlanadi. Tarbiyalanuvchilar mavzu tanlab, shu mavzu bo‘yicha ma’ruza asosida o‘z blogini yaratadi. Bunda tarbiyalanuvchilar bir-birinikini o‘qishi hamda darsdan tashqari ham internetdan foydalanib o‘z blogini boyitib borishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad shuki, tarbiyalanuvchilar dars mavzusini yoritishga bevosita o‘zlarini jalb qilish va blog matni uchun hayotiy misollarni, mazmunli ma’lumotlarni qidirib topishini yuklaydi. Har bir tarbiyalanuvchining ma’ruzasi qaysi mavzuda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qituvchi tomonidan alohida ko‘rib chiqilishi va baholanishi lozim.


aqliy hujum” USULI - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan usuldir. "Aqliy hujum" usulining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. "Aqliy hujum" usulining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu usul to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
"Aqliy hujum" usulidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi. Shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat ogzaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu usul ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. "Aqliy hujum" usuli ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu usul darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda -yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
Aqliy hujum” usulini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
3. Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
Muammoli savol beriladi
Fikr va g‘oyalar eshitiladi va jamlab boriladi
Fikr va g‘oyalar guruhlanadi
Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi
Aqliy hujum” usulining bosqichlari quyidagilardan iborat.
1.Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi;
2.Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3.Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonda, videotasmada, rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to‘planadi;
4.Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5.YUqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.


NAMUNA:
Adabiyot 8-sinf (48-49-dars) dasturida berilgan Ozod Sharafiddinovning “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasi mavzusini o‘tishda “Aqliy hujum” usulidan foydalanib, quyidagi so‘zlar asosida tarbiyalanuvchilarning yangi mavzu yuzasidan fikrlarini umumlashtirish mumkin.
Pedagog mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng, ushbu parchani tarbiyalanuvchilarga o‘qitadi.
Maqolada muallif, “Adibning eski jo‘vadagi ko‘rimsiz, torgina, kichik zalda eshitgan Uyg‘un qalamiga mansub,
Vatan – ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘‘tabar aziz,
Hikmatingni saqlar har bir o‘g‘il-qiz,
Muqaddas, mo‘‘tabar, ulug‘ Vatanim,
O‘lsam ayrilmasman, quchoqlaringdan.
ushbu she’r haqida, hayajon bilan quyidagicha; “...she’r misralari ayniqsa, har bir band oxirida takrorlanayotgan “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” degan ibora go‘yo yuragimda tug‘ilib, ichimdan jo‘shib chiqayotgandek, uchta oddiy so‘zdan tarkib topgan bu otashin xitob she’r emas, butun umr amal qiladigan tantanavor qasamday jaranglardi.
Keyin chindan shunday bo‘ldi....” –deb yozgan.
Quyidagi matnni o‘qituvchining o‘zi o‘qib beradi.
Ilova:
Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko‘p. Lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz yakka-yu yagona. Bu go‘zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug‘ tuyg‘u har birimizning hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim. Biz shunday ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni yashnatib tursin. (I. Karimov. “YUksak ma’naviyat – engilmas ko‘ch” asaridan.)
Savol: Xo‘sh, muallif nega “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan”degan, sizning fikringizcha quchog‘i nima ekan.
Tarbiyalanuvchilar ikki matn bilan tanishib bo‘lgach, yaxshigina tortishib fikrlashadilar, bir vaqtning o‘zida maqola matni bilan birga unga bog‘liq yurtimiz sarhadlari, buyuk qadamjolari haqida tarbiyalanuvchilarni mavzu ichiga chuqurroq olib kirishni nazarda tutadi.
Bu usulining tanlanishidan maqsad shuki, tarbiyalanuvchilar orasida do‘stona muhitni vujudga keltirish, ona Vatanni sevish va uning tuprog‘ini e’zozlash, tabiatga va atrofimizdagi har bir mavjudotga nisbatan mehr tuyg‘ularini uyg‘otishdan iboratdir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə