Andijon davlat pedagogika instituti


«Ko‘rdim», Shukur Burxon asari



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə39/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

«Ko‘rdim», Shukur Burxon asari
Ko‘rdim: Shukur Burxon “Hamza”dan chiqib,
Asta piyodalab ketdi bir kuni.
Bir yon gavjum ko‘cha, bir yon rastalar,
olomon...
Ko‘pchilik bilmadi uni.
Repetitsiya o‘tgan. Mana u borar,
Charchoq, tund...
Parvosiz harakat aro.
Hozirgina ulug‘ shoh Edip edi,
Endi fuqarodan battar fuqaro.
Ustoz! Zamonlarlarning donish makrini
Ko‘chada grimsiz ko‘rsatishmi bu?!
Kecha yig‘lab sizga talpingan jonlar
Bugun tanimasdan o‘tarlar, yohu!
She’rni o‘qituvchi ifodali qilib o‘qib beriladi. So‘ngra she’rda tasvirlangan holatni tasavvur qilish va o‘zida qanday bir tuyg‘ular sezganligini gapirib berish so‘raladi, tasviriy ifodalar aniqlanadi. O‘qituvchi tarbiyalanuvchilar bayonini umumlashtirib, adib “zamonlarning do‘nish makrini” deya ko‘plab o‘xshatishlar, jonlantirishlardan foydalanib, o‘ziga xos tarzda nafis, go‘zal ifodalab bergani, o‘zbek tilining boy ifoda vositalaridan o‘rinli va unumli foydalangani, o‘zbek tili imkoniyatining beqiyosligi she’rda o‘z ifodasini topganligini aytib o‘tadi. O‘qituvchilar yuqoridagi bosqichlar asosida tarbiyalanuvchilarning fikrlarini umumlashtiradi.
.
ZINAMA-ZINA” TEXNOLOGIYASI- bu texnologiyani o‘tkazish uchun pedagog tarbiyalanuvchilarga rangli kartochkalar yordamida teng sonli kichik guruhlarga ajratadi.
Har bir kichik guruh uchun sardorlar tayyorlanadi. Sardorlar mavzu savollarini olib, tarbiyalanuvchilarga birma-bir berib boradi.
Agar guruh 6 ta tarbiyalanuvchidan tashkil topgan bo‘lsa, har bir tarbiyalanuvchi savolga javob berishi lozim. Savollar guruh sardorlari tomonidan tarbiyalanuvchilarning javoblarini nozorat qilinadi.
Tarbiyalanuvchilar har bir to‘g‘ri javob uchun bir balldan to‘plab jami 5 ballgacha ball to‘plashi mumkin. Shundan so‘ng, o‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning to‘plagan baliga qarab qayta guruhlaydi. Har bir guruh o‘zlarining iqtidoriga qarab turli xildagi topshiriqlarni beradi. Tarbiyalanuvchilar bu topshiriqlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng, o‘zaro savol javob o‘tkazadilar har bir guruh o‘z topshiriqlarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadi. Topshiriqni mukammal bajargan kichik guruhlarda g‘oliblar aniqlanadi va rag‘batlantiriladi.
BUMERANG” TEXNOLOGIYASI-bu texnologiya tarbiyalanuvchi (yoki tarbiyalanuvchi)larni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha tarbiyalanuvchilarni baholay olishga qaratilgan.
Maqsad-o‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni tarbiyalanuvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash hamda o‘quv jarayoni mobaynida har bir tarbiyalanuvchi tomonidan o‘z baho (ball) larini egallashga imkoniyat yaratishdan iboratdir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə