Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə42/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

ARRA USULI- Ushbu usul 1978 yilda E.Aronson tomonidan ishlab chiqilgan. Pedagogik amaliyotda mazkur usulda kichik guruhlar 6-8 nafar tarbiyalanuvchidan tashkil topadi.
Metodning maqsadi shuki, kichik guhda ishlashi bilan birga jamoa va kichik guruhlar faoliyati uzviy olib boriladi, barcha tarbiyalanuvchilar to‘liq jalb etiladi, o‘ylagan fikrlarini yozmada bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Dars davomida o‘rganiladigan mavzu(yozilgan matn) mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan tarbiyalanuvchilar bajarilishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari tuziladi. Har bir tarbiyalanuvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo‘yicha «mutaxasis»ga aylanadi. So‘ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki mavzu) «mutaxassis» bo‘lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o‘zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o‘rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o‘quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
1986 yili R.Slavin “Arra” usulini qisman o‘zgartirib, “Arra-2” usulini yaratdi. Mazkur usulga ko‘ra kichik guruh 4-5 tarbiyalanuvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida tarbiyalanuvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir tarbiyalanuvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi.
Tarbiyalanuvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib sanaladi.


Namuna:
Adabiyot fanidan 9 sinf (2-5-dars) dasturida berilgan “Alpomish” dostonini (2-soatini) o‘tishda “Arra” usulidan foydalanib, tarbiyalanuvchilardagi egallayotgan bilimlarini tekshirish mumkin.
Shartning qoidasiga ko‘ra, bugun darsdagi o‘zlashtirgan bilimi va oynai jahonda ko‘rgan-bilganlari asosida asar qahramoni tilidan takrorlanmagan fikrlar yoziladi.
O‘qituvchi “Bolalik davrim”, “Xalqim mening baxtim”, “Boysari derlar mening otimni” mavzulari yozilgan varaqni guruh a’zolariga tarqatadi. Varaqlar guruhlarda va jamoa qo‘lidan o‘tadi. Har bir guruh a’zosi qahramon tilidan tez fursatda ma’noli mutaxassis sifatida nimanidir yozishi kerak. Misol uchun, Hakimijonning bolalik davri to‘g‘risida tarbiyalanuvchilar-“Alpinbiy bobomdan qolgan o‘n to‘rt botmon birichdan bo‘lgan parli yoyni ko‘tardim”-so‘zlarini yozishi mumkin. O‘qituvchi buning natijasini tarbiyalanuvchilarning o‘zlari bilan birgalikda umumlashtiradi, xato so‘zlarni to‘g‘irlashi asosida yagona varianti ishlab chiqiladi.

KICHIK GURUHLARDA IShLASh” USULI- bu ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgai darsdagi ijodiy ishni rivojlantirishdir.


Ushbu usul qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish imkoniga, boshlovchi rolida bo‘lish, bir-biridan o‘rganish va turli fikrlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. "Kichik guruhlarda ishlash" usuli qo‘llanilganda boshqa interfaol usullarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyati mavjud bo‘ladi. CHunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb etadi va baholay oladi. Quyida "Kichik guruhlarda ishlash" usulining bosqichsi keltirilgan.
“Kichik guruhlarda ishlash” usulining bosqichlari:
1.Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta’lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Ta’lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə