Andijon davlat pedagogika instituti


Ayrim hollarda o‘qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg‘otishi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə56/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ayrim hollarda o‘qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg‘otishi kerak, balki o‘quv muammosini o‘zi hal qilib qo‘ymasligi va boshqa hollarda talabalarning o‘quv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilishi lozim, natijada talabalarda bilimlarga mustaqil yerishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qo‘yish vauni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi hamda bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko‘chirish ko‘nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasawurlari rivojlanadi. Talabalar muammoli o‘qitish jarayonida muammoli vaziyatda o‘quv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini o‘zlashtirar yekan, o‘rganilganlarni mustaqil tahlil qilar yekan, gipotezalar qo‘yish va ularni isbotlash orqali o‘quv muammolarini shakllantirar va yechar ekan, bunda talabalarning intellektual faolligi ta’minlanadi.
Shunday qilib, muammoli o‘qitishning vazifasi, talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o‘zlashtirishga hamkoriik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi hamda o‘quv va tarbiya muammolarini hal qilishdir.
O‘quv jarayonining amaliy tahlili muammosi o‘qitishning o‘ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o‘qitishning mohiyati, ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborotlarni o‘qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir.
Muammoli o‘qitishni tashkil etishning birinchi sharti o‘quv axborotlarining takomillashib borishi tizimidir.
Muammoli o‘qitishning ikkinchi shartida muammoli o‘qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o‘quv vazifasiga o‘kazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko‘zda tutiladi.
Muammoli o‘qitishning uchinchi sharti ta’lim oluvchining subektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish va natijani qo‘lga kiritish uchun o‘zlarining ihtiyorida bo‘lgan vositalarni baholay bilishidir.
Muammoli o‘qitishga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi unda qo‘llanadigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda: ijodiy, qisman-ijodiy yoki yevristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi.
Ijodiy metod ta’lim oluvchining ijodiy mustaqilligini to‘la amalga oshiradi. Unda talaba o‘qituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda o‘zlari ham o‘quv muammosini shakllantiradi, o‘zi mustaqil gipotezani yechishga harakat qiladi, izlanishni amalga oshiradi va provard natijaga yerishadi. Shu tariqa ijod metodi qo‘llash bilan talabalar faoliyati, olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yaqinlashadi. O‘qituvchi faqat talabalarning ilmiy izlanishlariga umumiy rahbarlik qiladi. Vazifalar yesa ularning mustaqil o‘quv-bilish xatti-harakatlarining to‘la davriyligini ko‘zda tutadi: yo tahlilgacha axborotlar yig‘iladi yoki yechilishiga qadar o‘quv muammosi qo‘yiladi hamda yechimlar tekshirib ko‘riladi va yangi bilimlar joriy qilinadi.
Ijodiy metoddan o‘rganilayotgan kursning umumiy asoslarini qamrab olgan yeng muhim mavzulami o‘tishda foydalanish tavsiya yetiladi. Bu yesa boshqa barcha materiallarning tobora ongli o‘zlashtirilishiga olib kelishi lozim. Shuningdek, bunday metodda mashg‘ulot o‘tkazish uchun o‘qituvchi tanlangan bo‘lim yoki mavzu talabalarning idrok qilishlariga qulay bo‘lishini nazarda to‘tishi lozim bo‘ladi.
Ijodiy metod ta’lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab qiladi.
Talabalarning ijodiy ishlari shakliy jihatdan rang-barangdir; Ular ma’ruza matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik ko‘rish, u yoki bu masalaning nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivda o‘rganish) o‘rganish, ko‘rgazmali qurollar, didaktik materiallar tayyorlash va boshqalardir.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə