Aniq fanlar metod birlashmasining 1- sonli yig’ilish bayonnomasi



Yüklə 15,38 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü15,38 Kb.
#118010
Bayonnoma


Aniq fanlar metod birlashmasining 1- sonli yig’ilish
BAYONNOMASI
28.08.2021 Toshkent shahri
Qatnashdilar:

  1. Metod kengash raisi: O.Abdulkasimova

  2. Metod birlashma rahbari: D. Rizayeva

  3. Metod birlashma a’zolari


Kun tartibi:

  1. 2021-2022 o’quv yili uchun tayyorlangan yillik ish reja muhokamasi

  2. Matematika va informatika darslarning taqsimoti

  3. O’qituvchilarning taqvim mavzu rejalari

  4. Fan to’garaklarini tashkil etish

Eshitildi:
Birinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari D.T.Rizayeva so’zga chiqdi. U o’z nutqida 2021-2022 o’quv yilida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar xususida gapirib o’tdi. Jumladan, avvalo sinf xonalarini karantin qoidalariga mos ravishda yangi o’quv yiliga tayyorlash, mustaqillik darslarini chiroyli tarzda o’tkazish kerakligini aytib o’tdi va shu bilan birga butun o’quv yili davomida metod birlashma a’zolarini har tomonlama faol bo’lishga, maktabda hamda tumanda o’tkaziladigan tadbirlarda o’rnak bo’lishga, fan oyliklarini samarali tashkil etish uchun chin dildan harakat qilishga chaqirdilar. Metod birlashmaning o’quv yili davomida bajarilishi lozim bo’lgan ishlari bilan birma bir tanishtirib, barchaga ishlarida omad va salomatlik tilab so’ziga yakun yasadi.
Ikkinchi masala yuzasidan metod kengash raisi O.Abdulkasimova so’z olib darslar taqsimoti bilan tanishtirdi. Aniq fanlar metod birlashmasida jami 10 ta o’qituvchi bo’lib, darslar quyidagicha taqsimlandi.
1. D.Rizayeva : 20 soat 6. Z.Urinova: 10 soat
2. S. Jumaniyozova : 25 soat 7. D.Yo’ldasheva: 20 soat
3. N. Primova : 20 soat 8. E. Vafin: 22 soat
4. M. Rahmatov: 26 soat 9. J. Suleyeva: 20 soat
5. I. Muzaffarov 15 soat 10. L. Davlatova 10 soat
Keyingi masala yuzasidan ham metod kengash raisi so’z oldilar. Ular o’z nutqida yuqoridagi taqsimot asosida yillik taqvim mavzu rejalarni tayyorlashlari, bundadarsliklarda yuz bergan o’zgarishlarni hisobga olishlari lozimligini aytdilar. Jumladan 7-8-9 sinflar uchun yangi darsliklar nashr qilingan bo’lib, ularda ayrim o’zgarishlar mavjud. Taqvim mavzu rejalarni tayyorlashda shu masalaga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidladilar.
To’rtinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari D.Rizayeva fikrlarini bildirdilar. Bunda e’tibor fan to’garaklariga qaratildi. Har bir o’qituvchi haftada 2 soat to’garak mashg’uloti o’tishi kerakligi, undan 1 soati iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash, 1 soati past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashga ajratilishi kerakligi aytib o’tdilar. Har bir o’qituvchi to’garak jadvalini aniqlab, metod birlashma rahbariga topshirish zarurligi ta’kidlandi. Yosh o’qituvchi Parmanova Farizaga ustoz qilib D.Rizayeva tayinlandi.
Yig’ilish qarori:

  1. Yillik ish rejada belgilangan ishlar ijrosini nazorat qilish metod birlashma rahbari D.Rizayevaga yuklatilsin.

  2. Dars taqsimoti asosida yillik taqvim mavzu rejalar tasdiqlansin.

  3. To’garaklar jadvali tuzib chiqilib, metod kengash raisiga taqdim etilsin. Bu ishlar nazorati metod birlashma rahbari D.Rizayeva zimmasiga yuklatilsin.

Metod birlashma raisi: D.T.Rizayeva.


Kotiba: F. Parmonova
Yüklə 15,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə