Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə104/155
tarix18.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#111167
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Tayanch konspekt: Xozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari, determinizm tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili, xozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi, anik faoliyatni urganuvchi psixologiya soxalari, rivojlanishning yosh xususiyatlarini urganuvchi psixologiya soxalari, shaxs va jamiyatga bulgan munosabatni urganuvchi psixologiya soxalari, mexnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiya, yosh psixologiyasi, maxsus psixologiya yoki anomal tarakkiyotni urganuvchi psixologiya soxalari, xozirgi zamon psixologiyasining tadkikot metodlari, kuzatish metodi, eksperiment metodi, suxbat va surovnoma metodi, faoliyat maxsulini urganish metodi, test metodi, sotsiometriya metodi, biografiya metodi va ularning ishlab chikarish, ta’lim tizimi, tibbiyot, oilada kullanishi.
Umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo‘lib hisoblanadi.
1. Determinizm (lotincha determinata) belgilayman ma’nosini bildiradi) prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir. Hozirgi davrda determinizmning teskari aloqa, sistemalilik, statiklik ko‘rinishlari mavjud.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə