Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
fayl 1633 20210826

18-rasm 
 
Hatlab sakrash
 – siltanib sakrab ortga burilish va uchishda oyoq holatlarini 
almashtirishdir.  Depsinuvchi  oyoqni  yonga  burib  bajariladigan  oyoq  va  qo‘llarni 
bir-biriga nisbatan teskari harakatlantirish bilan xatlab sakrash ancha oddiy. Oyoq 
bilan  siltash  yuqoriga  uchish  hisobiga  sodir  bo‘ladi  (yuqoriga  –  oldinga  emas). 
Buning uchun itarilishda  (shu bilan birga yugurib kelishdagi eng oxirgi qadamda, 
agar  sakrash  yugurish  davomida  bajarilsa)  yelkalar  biroz  orqaga  ketadi  (burilib 
oddiy  sakrashlar  bilan  solishtirish  mumkin).  Qadam  oyoq  uchidan  biroz 
harakatlantirib,  oyoq  va  qo‘llar  bilan  siltashdan  keyin  qo‘llar  orqaga  harakatlanib  
yarim  cho‘qqayish  yuzaga  keladi.  Itarilish  paytida  oyoq  bilan  1-  pozisiya  orqali 
yuqoriga o‘tkir, o‘ziga hos siltash bajariladi. Burilib sakrash singari, oyoqni ortga 


98
 
 
burish,  siltash  oxiridan  boshlanadi  (19-rasm,  1-3-kadr).  Gimnastikachi  180
0
  ga 
burilishni yakunlayotganida depsinuvchi oyoqni siltanuvchi oyoq tomonga tortadi 
(3-5  kadr).  Oyoqlar  bir  –  birlariga  tegmasdan  o‘tadi.  Depsinuvchi  oyoq  orqaga 
ketadi,  siltanuvchi  oyoq  tayanishga  tushadi  (5-7).    Sakrash  shpagat  va  boshqa 
harakatlar orqali murakkablashtirilishi mumkin (5-6). 
         Burilish  siltanuvchi  oyoq  tomonga  bajariladigan  bir  tomonli    xatlab  sakrash 
texnik  va  tuzilishi  tomonidan  murakkabroqdir.  Bunday  holatda  oyoq  holatini  
almashtirish fazasi ancha qiyin bo‘ladi.  Har tomonli hatlab sakrashdan  bir tomonli
 
 
xatlab  sakrashning  farqi  shundaki,  bunda  depsinuvchi  oyoq  yuqoridan  o‘tadi  va 
uning o‘zi tayanch oyoq bo‘ladi.  
 
 
 
 
 
 
19-rasm 
               Badiiy  gimnastikada  murakkab  burilish  bilan  sakrashlar  nisbatan  kam 
uchraydi, 
chunki 
uning 
ifodaliligi 
hisobiga 
harakatni 
gimnastikada 
muvofiqlashtirishni  talab  qiladi.  Badiiy  gimnastikada  murakkab  burilishli 
sakrashlar  ikki  oyoqda  va  bir  oyoqni  siltab  itarilish  bilan  bajariladi.  Birinchi 
holatda  burilishning  murakkab  bo‘lishi  va  jadallashishi  uchun  yaxshi  sharoit 
yaratiladi, chunki itarilish jarayonida va undan keyin tana to‘g‘rilangan bo‘ladi va 
inertsiya  holatida  gimnastikachining  tanasi  ko‘ndalang  o‘qqa  nisbatan  minimal 
bo‘ladi.  Siltab  sakrashda  tez  burilish  faqatgina  gimnastikachi  siltangandan  so‘ng 
oyoqlarni birlashtirganda vujudga kelishi mumkin.                                                     

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə