Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


II.  BOB  .  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  individual  psixologik  xususiyatlarni



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
4 6018294825843950392

II.  BOB  .  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  individual  psixologik  xususiyatlarni 

shakllanishi. 

2.1. Bolalarda individual xususiyatlarini shakllanishi . 

Har  bir  bola  o`ziga  xos  takrorlanmas  individuallikka  ega  va  shu  bilan  boshqa 

bolalardan  farqlanib  turadi.  Bola  shaxsi  va  ruhiyatining  o`ziga  xosligi  uning 

temperamenti, xarakteri, qobiliyatlarini bilish jarayonlarida namoyon bo`ladi. Ota- 

onalar  bolalarning  individual  xususiyatlaridagi  tafovutlar  haqidagi  ma`lumotlarga 

ega  bo`lishlari  shart

1

.  Chunki  bir  bolani  tarbiyalashda  samarali  hisoblangan  ta`sir 



etish  usuli  boshqa  bolaga  to`g`ri  kelmasligi  mumkin.  Bu  holat  ko`pchilik  ota-

onalarga  yaxshi  tanish.  Hozirgi  zamon  psixologiyasida  shaxsning  individual  – 

psixologik xususiyatlarini aniqlashga mo`ljallangan metodikalar mavjud. 

Biroq  ko`pchilik  ota-onalar  o`z  farzandlarining  individual  –  psixologik 

xususiyatlarini yaxshi bilishmaydi. 

Biz  quyida  individualligini  yaqqol  namoyon  qiladigan  jihatlaridan  biri  –uning 

temperament xususiyatlarini aniqlash haqida to`xtalib o`tamiz ,aynan temperament 

mavzusini tanlashimizni o`ziga xos sabablari bor . 

Birinchidan,  bola  temperament  xususiyatlarini  kuzatish  orqali  osongina 

aniqlash mumkin, temperament xislatlari bolalar xulqi va faoliyatida shu bolaning 

dinamik  xususiyatlari  jadalligi,  tezkorligi,  faoliyat  tempi,  psixik  jarayonlari  va 

holatlari ritmi ni aniqlab beradi. 

Ikkinchidan,  temperament  bolaning  fundamental  tabiy  xarkteristikasi 

hisoblanib,  asab  tizimi  xususiyatlarining  tug`maligi  bilan  bog`liqdir.  Shuning 

uchun  ham  u  tashqi  muhit  va  tarbiya  ta`sirida  unchalik  o`zgarmasligi  bilan 

xarakterlanib turadi.  

Ucunchidan,  temperament  bolaning  fundamental  tabiy  xarkteristikasi 

hisoblanib,  asab  tizimi  xususiyatlarining  tug`maligi  bilan  bog`liqdir.  Shuning 

uchun  ham  u  tashqi  muhit  va  tarbiya  ta`sirida  unchalik  o`zgarmasligi  bilan 

xarakterlanib turadi.  

____________________________________

 

1

 E.G’oziev, K.Daminov. Bolalar psixologiyasi. Toshkent, 1992, 27-bet. 



 


 

 

27 



 

Bolaga  nisbatan  olib  boriladigan  tarbiyaviy  va  pedagogik  ta`sir  ko`rsatish  , 

asosan  shu  ikki  omilga  yonaltirilgan  bo`ladi.  Kattalar  bola  individualligini 

namoyon  qiluvchi  bu  ikki  asosiy  omilni  chetlab  o`tish  mumkin  emas.  Aks  holda, 

ularning  bolaga  nisbatan  qo`llaydigan  tarbiya  usullari  kutilgan  natijalarni 

bermaydi.  

Bolalar 

o`z 


temperament 

xususiyatlariga 

qarab 

bir- 


biridan 

ajralib 


turadilar:xushchaqghaq,  sergap,  quvnoq,  sharoitlarga  tez  moslashuvchan  bolalar-

sangvinik temperamentiga mansub bo`ladilar. Ko`pinsha noxush kayfiyatda yuradigan , 

ta`sircha  kamgap,  sust  bolalar-  melanxolik  temperamentga  kiradilar.  Xotirjam,  befarq, 

kamharakat,  nutqi  sust  bolalar-flegmatiklardir.  Jahldor,  betoqat,  serzarda  harakatchan 

bolalar –xolerik hisoblanadilar. 

Sangvinik  bola  harakatlarining  tezligi  va  jonliligi,  imo-  ishoralarning  xilma-xilligi  va 

boyligi,  nutq  maromining  tezligi  bilan  xarakterlanadi.  Bunday  bolaning  yuqori  psixik 

faolligi uning aqlilligi, topqirligi, taassurotlarning tez-tez o`zgarib turishi, atrofdagi po`y 

berayotgan  voqealarga  xozirjavobligida  ham  namoyon  bo`ladi.  Uning  hissiyotlari  tez 

yuzaga  keladi  va  o`zgaruvchan  bo`ladi.  Sangvinik  bola  uchun  yig`lab  turgan  quvnoq 

holatga  va  aksincha,  quvnoq  holatdan  yig`i  holatiga  osongina  o`tish  xarakterlidir. 

Bunday  bola  ko`pincha  yaxshi  kayfiyatda  turadi,  chunki  muvaffaqiyatsizlik, 

noxushliklarni boshqalarga nisbatan oson va tez o`tkazadi. U zerikarli holatga toqat qila 

olmaydi, mashg`ulotlarda toliqmaydigan, yetarlicha chidamli faol vas ho`x bo`ladi. 

  Bunday  bola  odatda,  o`qishga  oson  o`rganadi:  ma`lumotlarni  tezda  ilg`ab  oladi, 

mehnatsevar,  va  tashabbuskor  bo`ladi.  Shuni  ham  ta`kidlash  lozimki,  muloqat  va 

shaxslararo  munosabat  uchun  qulay  bo`lgan  bunday  temperament  tipining  lekini  ham 

bor, yani sangvinik bola qilayotgan ishidan osongina chalg`iydigan parishonxotir, biroz 

yengil  tabiatroq  bo`ladi.  Shuning  uchun  noto`g`ri  tarbiyalash  natijasida  sangvinik  bola 

xatti-harakatlarida pala- partish ba`zi salbiy jihatlar tez yuzaga kelishi mumkin.  

  Sangvinikka 

xos 


bo`lgan 

qo`zgalish 

va 

tormozlanish 



jarayonlarining 

muvozanatlashganligi  bola  hayotining  aniq  maromini  belgilab  beradi.  Bunday  bola 

kechquryn oson uyquga ketadi va erta uyg`onadi. Ota-onalar bunday bolalar uchun kun 

tartibiga  amal  qilishiga  va  uning  kundalik  hayot  tarzining  bir  maromda  bo`lishiga 




 

 

28 



 

alohida e`tabor berishlari lozim. Sangvinik bolaning o`yin va mashg`ulotlarini, umuman 

hayot  tarzini  tashkil  qilishda  shuni  unutmaslik  kerakki,  bunday  bolalar  uchu  biron  bir 

mashg`ulot  bilan  band  bo`lishi  qiyin.  bunday  bolalarning  qiziqish  doirasi  juda  keng 

bo`ladi:  u  turli  xil  tasviriy  san`at  asarlarini,  chet  el  multfilmlarini  tomosha  qilishni 

yoqtiradi, ko`pincha har-xil savollar berib turadi. 

  Sangvinik bola  muloqotga oson kirishuvchan bo`lib, muloqot doirasi  ham  juda keng 

bo`ladi. Shuning uchun do`stlari ham ko`p va ko`pincha guruhda yetakchi bo`ladi. Biroq 

uning  kimgadir  yoki  nimagadir  bog`lanib  qolishi  vaqtincha,  yani  o`rgangan  kishi  yoki 

narsasidan  ajralish  qiyinchilik  tug`dirmaydi  va  atrofdagilarga  nisbatan  ham  muloqat 

darajasi  yuzaki  bo`ladi.  Bunday  bola  o`zining  zakovati  va  tashabbuskorligi  bilan 

atrofdagi bolalarni qiziqarli o`yinlarga jalb qilashi mumkin. Lekin o`rtoqlarini tushunish, 

ularni  kechinmalarini    xis  qilish  kabi  xislatlar  unga  begona  bo`lib,  atrofdagilarning 

g`amiga sherik bo`lish, achinish va hamdardligi ham  yuzaki faqat so`zdagina namoyon 

bo`ladi. 

  Sangvinik  bolalar  o`rtasida  ham  muammoli  bolalar  uchraydiva  ular  xarakterining 

yengilligi, xavotirlanish va yomon kayfiyatda uzoq vaqt bo`la olmasligi bilan farqlanadi. 

Ularga  mijg`ovlik  yot,  emotsional  turg`un  va  o`ziga  ishongan  bo`ladi.  Biroq  sangvinik 

bola kattalar tomonidan alohida psixologik yondashuvni talab qiladilar.  

  Kattalar  avvalambor  ,  ularning  faoliyatini  tashkil  etishga  e`tabor  berishlari  kerak. 

Sangvinik  bolaga  biron-bir  o`yinni  uzoqroq  o`ynashi  yoki  biron  bir  yumush  bilan 

uzoqroq  band  bo`lishi  uchun  yordam  berish  kerak.  Uning  diqqatini  tashkil  qilish  yoki 

biron-  bir  ishni  bajarishning  turli  usullarini  o`rganish  uchun  kattalar  bolani  qandaydir 

mashg`ulot  bilan  shug`ullantirishda  avvalo  ozroq  ,  asta-sekin  ko`proq  vaqt  jalb  qilib 

borishi  kerak.  Bolaning  kattalar  bilan  munosabati  qanchalik  yaxshi  bo`lsa,  bu  ish 

shunchalik oson kecchadi. Bunday bolalar bilan olib boriladigan mashg`ulotlarni tashkil 

qilishda  faollikni  xordiq  bilan  almashtirib  boorish  lozim,  shundagina  faoliyat  bilan 

bog`liqlik  uzoqroq  davom  etadi.oyin  va  mashg`ulot  jarayonida  kichkina  “Sangvinik” 

hayolotini faollashtirishi kerak . Bola fantaziyasi qanchalik kuchli bo`lsa , u ma`lum bir 

ishga  shunchalik  uzoq  vaqt  diqqatini  jamlay  oladi.  Bunday  bolalarni  bir  xil 

mashg`ulotlar bilan toliqtirishdan foyda yo`q. u bunday ishlarga toqat qila olmaydi.agar 



 

 

29 



 

ish unga yoqadigan va qiziqarli bo`lsagina ,” Sangvinik ” juda faol ishlashi mumkih\n. 

agar  bola  mashg`ulotdan  qoniqmasa,  uning  faolligi  lanjlik  va  befarqlik  bilan 

almashinishi  mumkin.  Sangvinik  bolalar  bir  mashg`ulotdan  boshqasiga  osongina 

o`tadilar,  lekin  ularning  birontasini  ham  yetarlicha  chidam  bilan  uzoq  vaqt  o`ynay 

olmaydilar.  

Ular  o`z  xotolarini  tuzatishni  ,chizgan  rasmlarni  yaxshilashni  ,  o`yin 

tugaganidan  keyin  o`yinchoqlarni  yig`ishtirib  qo`yishni  yoqtirishmaydi.  Shuning 

uchun  biror  ishni  bajarishni  o`yinga  aylantirish  o`yintarzida  bajarish  orqali 

“sangvinik”  ning  qo`llab  turish  mumkin.  Shundagina  kattalarning  bola  bilan 

bo`ladigan muloqotida muammoli vaziyatlar yuzaga kelmasligi mumkin. 

 

Sangvinik  bola  ko`ngilsiz  nohush  kechinmalarga  unchalik  ahamiyat 



bermaydi. O`z tashvishlarini tez unitadi,arzimagan narsalarga xafa bo`lavermaydi, 

har  qanday  ishni  albatta  muvaffaqiyatga  erishish  umidida  boshlaydi,  har  bir 

narsaning yaxshi jihatlarini ko`radi. Kattalarning bildirgan etirozlarini tez unitadi. 

Sangvinik  bolaning  psixologik  xususiyatlarini  yaxshi  bilgan  holda  ,  u  bilan 

kelishish va faolligini boshqarish qiyin emas. 

 

Flegmatik  bola  muvozanatli  ehtiyotkor  ,  o`zini  tuta  oladigan  xotirjam 



bo`ladi.  Uning  xissiy  holatlari  deyarli  o`zgarmaydi.  U  qat`iy  va  o`z  xohishlariga 

erishish  yo`lida  turg`un.  Har  qanday  hayotiy  stresslarga  chidamli,  kam 

qo`zg`aluvchan,  sezgirligi unchalik yuqori harakatlari sust. Uning biron-bir ishga 

kirishib ketishi qiyin, lekin boshlab olsa, undan chalg’imaydi. Flegmatik bola bir 

xil o’yin va mashg’ulotlarni ma’qul koradi. U ozoda va tartib-intizomli. Kopincha 

yolg’iz o’ynaydi, o’z o’yinchoqlarini joy-joyiga yig’ishtirib qo’yadi. Konservativ, 

jumladan,  atrofidagi  tartib-intizom,  taomlar,  “o’zining”  qoshigi,  piolasi,  idishi, 

o’yinchoqlariga  munosabati    turg’un.  Bunday  bola  kechikib  bolsa-da,  xanma 

narsaga  o’rganadi.  Ovqatlanayotganida  shoshilmay,  sekin,  maroq  bilan,  mazza  

qilib yeydi. Ko’pincha vazni me’yordan ortiq boladi.  

Flegmatik bola o’yin va mashg’ulotlarda an’ana va qoidalarga amal qilishni 

ma’qul  koradi.  O’zi  o’rganbib  qolgan  qoida  va  tartiblarning  o’zgartirilishi  yoki 




 

 

30 



 

buzilishi  uning  jahlini  chiqaradi  va  hatto  g’azablantiradi  ham.  Biron-bir  yoqimli 

musiqani xirgoya qilib yoki onglab uzoq vaqt yolg’iz otirishi mumkin. U o’ziga  

topshirilgan  vazifalarni  bajonidil,  vaqtida  ozooda  va  tartib  bilan  bajaradi. 

Topshirilgan ishni yoshiga mos darajada aniq va ishonchli amalga oshiradi.  

O’quv  mashg’ulotlari  paytida  flegmatik bolaga bir  narsani bir  necha  marta 

takrorlash  lozim,  chunki  u    tashqaridan  kelayotgan  ma’lumotlarni  juda 

sekinlikbilan  o’zlashtiradi.  U  bir  xil  voqea,  hodisa,  ertak,  she’rlarni  qayta-qayta 

eshitishni  yoqtiradi.  Berilgan  bilimlarni  qay  darajada  o’zlashtirganligini 

tekshirayotganda  uni  shoshiltirmaslik  kerak.  U  ma’lumotlarni  sekin,  lekin 

mustahkam  o’zlashtiradi,  uning  xotirasi  juda  ishuonchli.  Nutq  tempi  sekin.  Bir 

mashg’ulotdan boshqasiga o’tish undan juda kop vaqt talab qiladi.  

Flegmatik  bola  bilm,  malakalarini  aksariyat  hollarda  qayta-qayta  mashq  qilish  va 

ishlash  orqali  o’zlashtiradi  va  ularni  takomillashtirishga  hamda  faoliyatining 

mahsuldorligini oshirishga kop vaqt ajrata oladi.  

Flegmatik  bola  muloqotga  unchalik  kirishuvchan  bolmaydi.  U  bitta  doimiy 

dost  yoki  o’ziga  yoqgan  katta  yoshli  odami  bilan  birga  bolishini  ma’qul  koradi. 

Goho o’rtoqlarisiz, bir o’zi vaqt o’tkizishi mumkin va yolg’iz o’ynashni yoqtiradi. 

Tashqi  taassotlarga  unchalik  ahamiyat  bermaydi,  o’zining  fikr-o’ylari, 

kechinmalari olamida yashaydi.  

Bunday  bolalar  notanish  odamlar  bilan  muloqotga  qiyin  kirishadilar. 

Kattalar  o’zinhing  ortiqcha  mehribonchiligi  bilan  ularning  g’ashiga  tegmasliklari 

va o’zlarini biroz e’tiborsiz tutishlari lozim. Chunki flegmatik bolalarning o’zlari 

ham  e’tiborsizroq  bo’ladilar  va  ortiqcha  mehribonchilik  ularning  g’ashini 

keltirmaydi.  Biroq  kimnidir  yoqtirib,  yaxshi  korib  qolishsa,  vafodor,  sadoqtli 

boladilar.  

Garchi  boshqa  bolalarga  nisbatan  hissiy  turg’un  va  xotirjam  bolsalarda, 

flegmatiklar  orasida  ham  ba’zan  muammoli  bolalar  uchrab  turadi.  Flegmatik 

bolalar nimdandir ykoi kimdandi qattiq xafa bolib, ularning kongliga og’ir botgan 

bolsa, ular bundan juda ta’sirlanadilar va uzoq vaqt eslab yuradilar. 




 

 

31 



 

Kechinmalarning  chuqurligi  va  uzuq  vaqt  davom  etishi  bolada  o’ziga  va 

atrofidagilarga  nisbatan  salbiy  munosabat  paydo  bo’lishiga  olib  keladi.  Shuning 

uchun, kattalar flegmatik bolaning “  nozik tomonlarini” yaxshi bilishlari va ularni 

xafa qiladigan, ular g’azablanishi mumkin bolgan xafagarchilik manbalarini imkon 

qadar qo’zg’atmaslikka harakat qilishlari lozim boladi. 

Flegmetik temperamentli bolaning ruhiy muvozanati osonlikcha buzilmaydi, lekin 

bu muvozanat buzulsa, unutmaslik kerakki, u bunday holatda o’ta qasoskor bolib 

qoladi.  Bunday  bolani  tarbiyalashda  oqilonalik  zarur:  uni  haddan  tashqari  erta 

uyquga  yotqizish,  shuningdek,  allamahalgacha  uxlamasligiga  yo’l  qo’yib 

berishham kerak emas, lekin har kuni bir xil vaqtda uyg’otishkerak. Uni erkalatish 

shartemas,  jumladan,  u  sovuq  suvda  yuvinishi  yoki  juda  issiq  kiyinmasligi 

mumkun.  

Uning  birjoyda  uzoq  vaqt  o’tirishiga.  Qiyin  mashg’ulotbilan  ko’p  muddat 

shug’ullanishiga  yoki  bekor  o’tirishiga  yo’l  qo’ymaslik  kerak.  O’yin  va 

mashg’ulotlarda  “flegmatik”  ni  o’z  holiga  tashlab  qo’ymasdan,  u  bilan  birga 

o’ynash, gaplashish, uni “yondirish” ga harakat qilish, qiziqtirish, o’yin tgemoini 

oshirish,  agar  u  o’ylanib  qolgudek  bolsa,  uni  chalg’itish  lozim.  U  bilan 

mashg’ulotlarni  tashkil  qilishda  flegmatikning  sustkashligi  va  tashabbuskor 

emasligini hisobga olish zarur. Uning xayolini doimo maxsus o’yinlar va mashqlar 

bilan  jonlantirib  turish,  uning  fikirlarini  uyg’otish  psixik  faolligini  muntazam 

shug’ullanish orqali “ishga solib turish” kerak  

Flegmatik  bolalar  bilan  psxologik  ish  olib  boorish  lozim.  Kopchilik    ota-

onalar ham, bog’chada tarbiyachi va maktabda o’qituvchilar ham bunday bolalarga 

deyarli  e’tibor  bermaydilar.  Chunki  bunday  bolalar  “xira”  likni  bilmaydilar  va 

alohida  e’tibor  talab  qilmaydilar,  ko’pincha  yolg’iz  bo’lishni  yoqtiradilar.  Agar 

flegmatiklar  bilan  kichkinaligidanoq  shug’ullanimasa,  ular  hama  narsani  boshqa 

tengdoshlariga  qaraganda  kechkibroq  o’rganadilar.  Bunday  bolalar  bilan 

muloqotda  bo’lib,  ularning  qiziquvchanligini  uyg’otish,  ularni  hayotning  turli-

tuman jihatlarini bilishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda bolalarning dunyo qarashini 

kengaytirishga qaratilgan mashqlar juda foydalidir.  



 

 

32 



 

Melanxolik  bola  o’ta  sezgirligi  bilan  ajiralib  turadi.  Uning  hisssiyotlarini 

tashqi ifodalanishga ko’ra ancha kuchsiz namoyon bo’lsa-da chuqur va turg’unligi 

bilan  xarakatlanib  turadi.  U  mijg’ovlik  va  arazchanlikka  moyil.  Noto’g;ri  tarbiya 

tufayli  melanxolikda  yuqori  hissi  ta’sirlanuvshanlik,  odamovilik,  o’z  “  qobig’iga 

o’ralib  qolish  “  kabi  salbiy  xususiyatlar  rivojlanishi  mumkun.  Melanxoliklar 

orasida muammoli bolalarni kopiroq uchraatish mumkun, chunki temperamentning 

bu  tipi  hissiy  xarakterdagi  muammolarning  tug’ilishi  uchun  qulay  Imkoniyat 

yaratadi.  

Kichkina melanxoliklar qo’rqoqdek tuyiladilar. Ular ko’pchilik o’ynayotgan 

o’yinlarga birdaniga qo’shilib keta olmaydilar, lekin kirishib ketsa, butunlay berilb 

ketedilar.  Bunda  bolalar  orzu,  fantziya  qilishni  yoqtiradilar  ulardan  juda  yaxshi 

aktyorlar chiqishi mumkin. Xatti xarakatida ko’p narsalar tushunarsizday korinadi, 

bunday  sirlilik  ular  ichki  olamining  boyligi  bilan  asoslanadi.  Odatda  bunday 

bolalar g’amgin, o’ta mulohazakor bo’ladilar va kopincha o’zini kattalardek tutadi. 

Ular  faqat o’zi  yoqtirgan  odamlarbingina  kirishib ketadilar,  ular  bilan  muloqotda 

hozir  javob  va  ochiq  ko’ngil  bo’ladi.  Ular  begonalarbilan  munosabatga  qiyin 

kirishadigan  arzimagan  narsagaham  xafa  bo’ladigan,  arazchan  har  qanday 

masalada “o’z qobig’iga  o’ralib oladigan” bo’ladilar. 

Ularning  muloqot  doirasi  tor  bo’lib,juda  kam  kishilar  bilan  aloqada 

bo’ladilar,  lekin  bu  aloqalari  chuqur  va  samimiy  bo’ladilar.Bunday  bolalar 

tortinchoq,  o’ziga  ishonmaydigan  va  ehtiyotkor  tuyuladi.Bular  biln  ko’p 

shug’ullanish  lozim.O’z  navbatitida  e’tibor  va  erkalanishni  aniq  sezdirmaslik 

kerak,chunki  uning  kechinmalariga  ko’p  e’tibor  berish  bolani  xudbin  qilib 

qo’yadi.Natijada, u har doim kattalar uning uchun qayg’urushini va ularning diqqat 

markazida  bo’lishni  xo0hlab  qoladi.  Bunday  bolani  doimo  g’amgin  fikirlardan 

chalg’itib,  uning  diqqatini  qiziqarliroq  va  quvonchliroq    bo’lgan  narsalarga  jalb 

qilib  turish  kerak.Kun  tartibiga  qat’iy  amalqilish,  mashg’ulot  va  hordiqni 

almashtirib 

turish 


lozin, 

chunki 


bunday 

bolalar 


tez 

toliquvchan 

bo’lishadi.Kichkintoy  melanxolikka  doimo  o’zining  barcha  shubhalarni  bemalol 



 

 

33 



 

gapira oladigan, uning uchun ishonchli, sevimli katta yoshdagi odamning tayanchi 

kerak bo’ladi.  

Kichkina melanxolikkakop miqdorda ruhiy va ma’naviy ozuqa kerak. Uning 

uchun o’z  muammolarini  unutishga  majbur qiladigan, hayajonlantiruvchi  ertaklar 

va  hikoyalar  aytib  berish  zarur.  Bunday  bolalar  uchun  chidamlilikni 

rivojlantiruvchi  jissmoniy  mashqlarning  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligini  ham 

untmaslik lozim.  

Meelanxolik  bolalar  boshqalarning  hissiy  kechinmalarini  yaxshi  his  qiladilar, 

shuning  uchun  ularga  kichkina  bolalar  yoki  keksa  yoshdagilarga  qarash  kabi 

ishlarni  topshirish  foydali.  Uiaar  mas’uliyatli  va  ijrochidirlar,  monoton,  ya’ni  bir 

xil  tarzdagi  ishlar  ularni  zeriktirmaydi.  O’yin  chog’ida  bunday  bolalar  yolg’iz 

bo’lishadi,  bu  ularga  yoqqani  tufayli  emas,  balki  ularning  tortinchoqligi  va 

boshqalarga  qo’shila  olmasligi  tufaylidir.  Shuning  uchun,  kattalar  o’ta  noziklik 

bilan  melanxolik  bolalarni  o’ynayotgan  bolalarga  qo’shib  qo’yishga  harakat 

qilishlari, ularga bolalar  jamoasioga kirishib ketish va unda  o’zining  o’rnini topa 

olishlariga yordam berishlari kerak.  

Bunday  bolalarning  o’ziga  ishonmasligini  hisobga  olgan  holda,  ularbilan 

bo’ladigan muloqotda, ayniqsa, ularni o’qitish jarayonida rag’batlantirishning turli 

vositalaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Lekin  maqtov  va 

rag’batlantirishlarni o’rnli va mahorat bilan ishlatish lozim.  

Xolerik  bola  noturg’un,  faol,  behalovat,  impulsiv  va  o’zgaruvchandir. 

Faoliyat va muloqotda qo’zg’aluvchan, asbiy, qiziqqon, kayfiyati tez-tez o’zgarib 

turishga  moyil,  hissiy  ko’tarinnkilikka  beriluyvchan,  gohida  tajovuzkor  va 

darg’azab  holatda  bo’ladigan  boladir.  Uning  harakatlari  tez  va  g’ayratli,  nutqi 

baland. 


Xoleriklar    o’rtasida  muammoli  bolalarni  ko’p  uchratish    mumkin,  bu  esa 

temperamentning  mazkur  tipi  hissiy  muvoanatsiz  ekanligi  bilan  asoslanadi.  Zarur 

tarbiyaviy 

ta`sir 


ko`rsatmasa 

xoleriklarning 



qiziqqonligi 

toqatsizligi 

qo`zg`aluvchanligi  qiyin  hayotiy  vaziyatda  o`z  hissiyotlarini  nazorat  qila 

olmaslikka olib kelishi mumkin. 




 

 

34 



 

Bunday  bolalar  juda  g`ayratli  va  faol  bo`lishadi,  ular  hamisha  nimani 

xohlayotganliklarini  va  ularga  qanday  erishish  mumkinligini  yaxshi  bilishadi. 

O`yin  va  mashg`ulotlarda  ham  ular  har  doim  diqqat  e`tiborli  bo`lishavermaydi. 

Xoleriklarga  xos  bo`lgan  tez  va  oson  yuzaga  keladigan  qo`zg`alish  ularga  o`zini 

jamlab  olishga  xalaqit  qiladi  va  ular  chalg`iydi,  shu  bilan  bog`liq  ravishda  ularda 

o`qishga moslashib ketish o`quv materiallarini o`zlashtirish kabilar qiyin kechadi

1



Agar  bajarayotgan  ishi  muhim  ekanligini  anglasa  ,ular  mustaqil  ravishda 

ko`p narsalarga erishishi mumkin. Berilgan savolga ular tez xayoliga kelgan fikrni 

aytishadi, shu lahzaning o`zida tuzata boshlaydi. Bunday bolalar matonat ishlarga 

toqat  qila  olmaydilar,  shuning  uchun  ular  bajaradigan  ishlarning  shartlari  va 

usullarini doimo o`zgartirib , hissiy tassurotlar bilan jonlantirib turish lozim. Yangi 

o`qish  yoki  ishlar  qiziqarli  bo`lmasa,  ularning  shashti  tezda  qaytadi.  Biroq 

bajarayotgan  mashg`uloti  o`ziga  yoqsa  ular  shijoat  bilan,  tez  toliqmoy  ishlay 

olishlari mumkin. Ular biron bir qarorga o`ylab o`tirmay mustaqil kelishadi. 

Uning hayot ritmi turli xil .bunday bola uyqudan vaqtli turadi, o`zi uxlaydi 

va kamroq ovqat yeydi, taom tanlamaydi. Bemalol harakatlanadigan, o`ynaydigan 

sakraydigan chopadigano`yilarni cho`zilib yotadigan keng yoyni ma`qul ko`radilar. 

Tor xonada toqat qilolmaydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə