Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta


 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar  psixik rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
4 6018294825843950392

1.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar  psixik rivojlanish xususiyatlari. 

Psixik  rivojlanishdan  biologik  va  ijtimoiy  omillar  bolani  psixik 

rivojlanishida shaxs, inson muammosi psixologiyaning markazida turgan eng qiyin 

muammolardan  bo‘lib  hisoblanadi.  Ongli  inson  tarbiyasini  psixik  rivojlantirish 

jarayon qonuniyatlarni  bilmasdan tarbiyalash aqlga sig‘maydi. Inson shaxsi qaysi 

jarayonga  kattalar  tomonidan  maqsadga  yo‘naltiradi.  Ushbu  jarayonni 

boshqarishdagi  imkoniyatlar  qanday?  Bu  savollarga  javob  izlashda  odam  nima 

bilan  tug‘iladi,  hayot  jarayoni  va  faoliyatida  nimalarga  erishadi.  Ta’lim-tarbiya 

tizimini  oydinlashtirish  orqali  amalga  oshirish  zarur.  Dialetik,  materalistik, 

biologik  va  ijtimoiy  munosabatlarni  o‘zaro  insondagi  psixologik  ilmda  dialetik, 

materalistik  o‘rganishga  ruxsat  beriladi.  Bunda  inson  «barcha  jamiyat 

munosabatlarida mavjud».  

Inson  biologik  mavjudot,  shuning  uchun  uning  psixik  rivojlanishiga  ta’sir 

qilishda ikkita ajoyib omil ko‘rsatiladi 

1. Biologik –tabiat. 

2. Jamiyat tomonidan tashkillashtirilgan ta’lim va tarbiya. 

Ushbu omillarning o‘zaro munosabati turli nazariyalar bilan ko‘rib chiqilgan.  

Biologizator  insondagi  tabiatan  berilgan  hayotiy  jarayonlarni  hal  qiluvchi 

omil  sifatida  uning  rivojlanishini  belgilab  berishini  tan  olishadi.  Bu  yo‘nalishda 

odam tabiatdagi  biologik ahamiyatini baholash, turli nazariyalarga asoslanib ochib 

kelinadi.  Tashqi  biologik  ta’sir  omillari  sotsialogizatorlar  nuqtai-nazarida 

ahamiyatsizdir. 

Mazkur ikkita yondashuv metafizikadir. Ular faqat bitta omilni tan olishib uni 

o‘zaro  munosabat  va  bog‘liqlikni  ko‘ra  olmagan.  Psixologik  yo‘l  psixika 

rivojlanishidagi  dialetik  muammolarni  hal  qilishda  insonni  biologik  mavjudot 

sifatida  qarab,  ikki  omilning  yaxlit  faoliyati  psxikani  tushunishdagi  materalistik 

jihatdan  miyaning ob’ektiv  aksi sub’ektivda deb qaralgan. Muammoni yechishda 

dialetik  materalistik  yondashuv  inson  tabiiy  ma’lumotlariga  psixik  rivojlanishni 

biologik-anatomik  xususiyatlarining    bog‘liqligini  asosiy  psixik  faoliyati  sifatida 

bosh  miyaning  oliy  nerv  faoliyati  vujudga  keladi  va  bolani  o‘rab  turgan  tashqi 




 

 

17 



 

ta’sirlar  hayot  tarzi  jamiyat  tarixi  psixik  hayotni  tarkibiga  kirib  inson  shaxsini 

shakllantiradi. 

3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha 

yoshdagi  bolalar  psixologiyasida  juda  tez  sifat  o‘zgarishlari  bo‘lishini  inobatga 

olgan holda Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakillanishiga ko‘ra bu davrni 

uch  qismga  ajratish  mumkin:  Birinchi  davr–bu  3–4  yosh  oralig‘ida  bo‘lib,  bola 

emotsional jihatdan o‘z–o‘zini boshqarishning mustaxkamlanishi bilan bog‘liqdir. 

Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil qilib ahloqiy o‘z –o‘zini boshqarish. Uchinchi 

davr  esa  shaxsiy  ishchanlik  va  tadbirkorlik  xususiyatining  shalklanishi  bilan 

xarakterlanadi.  

Maktabgacha  davrda  ahloqiy  tushunchalar  borgan  sari  katoiylasha  boradi. 

Ahloqiy  tushunchalar  manbai  bo‘lib  ularning  ta’lim  –tarbiyasi  bilan 

shug‘ullanayotgan  kattalar,  shuningdek,  tengdoshlari  ham  bo‘lishi  mumkin. 

Ahloqiy  tajribalar  asosan  muloqot,  kuzatish,  taqlid  qilish  jarayonida,  shu  bilan 

birga  kattalarning  ayniqsa  onalarning  maqtovi  va  tanqidlari  orqali  o‘tadi  va 

mustaxkamlanadi.    Bola  doimo  baho,  ayniqsa  maqtov  olishga  xarakat  qiladi.  Bu 

baho  va  maqtovlarning  bola  shaxsidagi  muvaffaqiyatga  erishishga  xarakat 

xususiyatining  rivojlanishida,  shuningdek,  uning  shaxsiy  xayoti,  hamda  kasb 

tanlashida ahamiyati juda katta.  

Bog‘cha  yoshidagi  davrda  bolalarda  muloqotning  yangi  motivlari  yuzaga 

keladi.  U  shaxsiy  va  ishbilarmonlik  motivlaridir.  Shaxsiy  muloqot  motivlari  bu  – 

bolaning  tashvishga  solayotgan  ichki  muammolari  bilan  bog‘liq  ishbilarmonlik 

motivlari  esa  u  yoki  bu  ishni  bajarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  motivlardir.  Bu 

motivlarga  asta  –sekinlik  bilan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  egalash  bilan 

bog‘liq  bo‘lgan  o‘qish  motivlari  qo‘yiladi.  Bu  motivlar  ilk  bolalik  davrdan 

boshlanib  yuzaga  keladigan  bolalarning  tabiy  qiziquvchanligi  o‘rnida  paydo 

bo‘ladi.  O‘zini  ko‘rsatish  motivlari  ham  bu  yoshda  yaqqol  namoyon  bo‘ladi.  Bu 

motiv  asosan  bolalarning  syujetli  –  rolli  uyinlarda  asosiy  rolni  egallashga 

boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo‘rqmasligida nima 

bo‘lganida  ham  yutishga  xarakat  qilishlarida  ko‘rinadi.  Maktabgacha  yosh  davri 



 

 

18 



 

bolalari  uchun  kattalar  beradigan  baholari  juda  muhim.  Bolalar  birinchi  navbatda 

maishiy ahloq norma va qoidalarni, o‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga 

rioya  etish,  hayvon  va  narsalar  bilan  muomala  qilish  normalarini  egalaydilar. 

Bunday  normallarni  egallash  bu  yoshdagi  bolalar  uchun  qiyin  hisoblanib,  ularni 

yaxshi o‘zlashtirish uchun syujetli –roli o‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha 

yoshining  oxirlariga  kelib,  ko‘pchilik  bolalarda  aniq  bir  ahloqiy  qarashlar  tarkib 

topadi,  shuningdek,  odamlarga  munosabat  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  shaxsiy  sifatlar 

ham  shakllanadi.  Kishilarga  nisbatan  diqqatli,  mehribon  bo‘lish  xususiyatidir. 

Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti –xarakatlari sababini tushuntirib bera 

oladilar . 

3–3,5  yosh  oralig‘ida  o‘zlarining  muvaffaqiyat  va  muvaffaqiyatsizliklariga 

o‘z  munosabatlarini  bildiradilar  va  bu  munosabat  asosan  ularning  o‘zlariga 

beradigan  baholari  asosida  bo‘ladi.  4  yoshli  bolalar  esa  o‘z  imkoniyatlarini  real 

baholay  oladilar.  Lekin  4  –5  yoshli  bolalar  hali  shaxsiy  xususiyatlarini  idrok 

etishga  va  baholashga  qodir  emaslar,  shuningdek  o‘zlari  haqida  ma’lum  bir 

xulosani  bera  olmaydilar.  O‘z  –o‘zini  anglash  layoqati  katta  bog‘cha  yoshidan 

boshlab rivojlanib avval u qanday bo‘lganini va kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab 

ko‘rishga xarakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday 

bo‘lgan  edim?»,  «Men  katta  bo‘lganimda  qanday  bo‘laman?»  singari  savollarida 

ko‘rinadi.  Kelajak  haqida  fikr  yuritib,  bolalar  kelgusida  kuchli,  jasur,  aqlli  va 

boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega bo‘lishiga xarakat qiladilar.  

Kichik  va  o‘rta  bog‘cha  yoshida  bola  xarakterining  shakllanishi  davom 

etadi.  U  asosan  bolalarning  kattalar  xarakterini  kuzatishlari  asosida  tarkib  topadi. 

Shu  yillardan  boshlab  bolada  ahamiyatli    hisoblangan  –iroda,  mustaqillik  va 

tashabbuskorlik  kabi  ahamiyatli  shaxsiy  xususiyatlar  rivojlana  boshlaydi.  Katta 

bog‘cha  yoshida  bola  atrofdagi  odamlar  bilan  turli  faoliyatlarda  muloqot  va 

munosabatlarga  kirishishga  o‘rgana  boshlaydi.  Bu  esa  unga  kelajakda  odamlar 

bilan  til  topishishda,  ish  bo‘yicha  va  shaxsiy  munosabatlarni  normal  ravishda 

o‘rnata  olishida  foyda  keltiradi.  Bu  yoshdagi  bolalar  shaxsining  shakllanishida 




 

 

19 



 

ularning  ota  –onalari  haqidagi  fikrlari  va  ularga  beradigan  baholari  nihoyatda 

ahamiyatlidir. 

Bola  rivojlanish  jarayonida  odamlarning  ilgari  o‘tgan  avlodlari  tomonidan 

yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga kirishadi. 

Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab 

boradi.  Bunda  predmetlar  olamini,  hamda  ular  yordamida  amalga  oshiriladigan 

xatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat 

motivlarining  rivojlanishi, qobiliyatlarning  o‘sib borishi, katta  yoshli kishilarning 

bevosita yordamida amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan mana shu davrdan 

boshlab  bolaning  mustaqil  faoliyati  kuchaya  boshlaydi.  Bog‘cha  yoshdagi 

bolalarga  beriladigan  tarbiya  ularning  murakkab  xarakatlarini  takomillashtirish, 

elementar  gigiena,  madaniy  va  mehnat  malakalari  xosil  qilish,  nutqini  o‘stirish 

hamda  ijtimoiy  ahloq  va  estetik  didning  dastlabgi  kurtaklarini  yuzaga  keltirish 

davridir. 

      Mashxur  rus  pedagoglaridan  biri  Lesgaftning  fikricha  insonning  bog‘cha 

yoshdagi  davri  shunday  bir  davrki,  bu  davrda  bolada  kelgusida  qanday  xarakter 

xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va ahloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. 

Bog‘cha  yoshdagi  bolalarning  ko‘zga  tashlanib  turuvchi  xususiyatlaridan  biri 

ularning  serharakatligi  va  taqlidchanligidir.  Bola  tabiatining  asosiy  qonunini 

shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u 

faoliyat  natijasidan  emas,  balki  faoliyatning  bir  xilligi  va  bir  tomonlamaligidan 

charchab  qoladi.  Mana  shu  so‘zlardan  bog‘cha  yoshidagi  bola  tabiatning  asosiy 

qonuni  bo‘lmish    serharakatligini  ortiq  cheklab  tashlamay,  balki  maqsadga 

muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko‘rinib turibdi. 

Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali  bola ahloq normalari, 

kishilarni  anglash,  shuningdek,  ijobiy  va  salbiy  munosabatlar  bilan  tanisha 

boshlaydi.  Bog‘cha  yoshidagi  bola  endi  o‘z  gavdasini  juda  yaxshi  boshqara 

boshlaydi.  Uning  xarakati  muvofiqlashtirilgan  holda  bo‘ladi.  Bu  davrda  bolaning 

nutqi  jadal  rivojlana  boshlaydi.  U  yangiliklarni  egallashga  nisbatan  o‘zi 




 

 

20 



 

bilganlarini  mustaxkamlashga  ehtiyoj  sezadi.  O‘zi  bilgan  ertagini  qayta-qayta 

eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir 

Bog‘cha yoshdagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 

Bu  avvalo  keng  doiraga  chiqish  ehtiyoji,  munosobatda  bo‘lish,  o‘ynash 

ehtiyojlarinig  mavjudligidir.  Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  nutqni  bir  muncha  to‘la 

o‘zlashtirganlari  va  xaddan  tashqari  xarakatchanliklari  tufayli  ularda  o‘zlariga 

yaqin  bo‘lgan  katta  odamlar  va  tengdoshlari  bilan  munosobatda  bo‘lish  ehtiyoji 

tug‘iladi.  Ular  tor  doiradan  kengroq  doiradagi  munosobatlarga  intila  boshladilar. 

Ular endi kuni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynaydilar. 

Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan extiyoj kuchayadi. Bog‘cha yoshidagi 

bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik 

sifatida ko‘rib bola uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. 

Bog‘cha  yoshdagi  bolalar  hayotida  va  ularning  psixik  jihatidan  o‘sishida 

qiziqishning  roli  ham  kattadir.  Qiziqish  xuddi  ehtiyoj  kabi  bolaning  biror 

faoliyatga  undovchi  omillardan  biridir.  Shuning  uchun  ham  qiziqishni  bilish 

jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik xodisa desa bo‘ladi.  

Bolaning  kamol  topishida  qiziqishning  ahamiyati  shundaki,  bola  qiziqqan 

narsasini  mumkin  qadar  chuqurroq  bilishiga  intiladi  va  binobarin  uzoq  vaqt 

davomida  qiziqqan  narsasi  bilan  shug‘ullanishdan  zerikmaydi.  Bu  esa  o‘z 

navbatida  bolaning  diqqati  hamda  irodasi  kabi  muhim  xislatlarni  o‘stirishga  va 

mustaxkamlashishga  yordam  beradi.  Bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  sezgi,  idrok, 

diqqat,  xotira,  tasavvur,  tafakkur,  nutk,  hayol,  hissiyot  va  irodaning  rivojlanishi 

jadal  kechadi.  Bola  ranglarni  hali  bir-biridan  yaxshi  farq  qila  olmaydi.  Unga 

ranglarning 

farqini 


bilishga 

yordam 


qiladigan 

o‘yinchoqlar 

berish 

lozim(bolalarning  qo‘g‘irchoqlari  uchun  har  hil  rangli  qiyqimlar  berish,  har  hil 

rangli halqalar, qutichalar va shuning singari narsalar juda yaxshi bo‘ladi). 

Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  turli  narsalarni  idrok  qilishda  ularning  ko‘zga 

yaxshi  tashlanib  turuvchi  belgilariga(rangi  va  shakliga)  asoslansalar  ham,  lekin 

chuqur taxlil qilmaydilar. 




 

 

21 



 

Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  kattalarning  yordami  bilan  suratlarni  analitik 

ravishda  idrok  qilish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladilar.  Buning  uchun  bolalar  suratlarni 

idrok  qilayotganlarida  kattalar  turli  xil  savollar  bilan  ularni  taxlil  qilishga 

o‘rgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar diqqatini:  

1.

 



 suratning mazmunini(syujetini) to‘g‘ri idrok qilishga, 

2.

 



 suratning  umumiy  kurinishida  har  bir  tasvirlangan  narsalarning  o‘rnini 

to‘g‘ri idrok qilishga, 

3.

 

 tasvirlangan  narsalar  o‘rtasidagi  munosabatlarni  to‘g‘ri  idrok  qilishga 



qaratish kerak. 

Diqqat  har  qanday  faoliyatimizning  doimiy  yo‘ldoshidir.  Shuning  uchun 

diqqatning  inson  hayotidagi  ahamiyati  ham  benixoya  kattadir.  Bog‘cha 

yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda 

ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Uyin 

paytida  bolalar  diqqatlarini  bir  joyga  to‘plab,  o‘z  tashabbuslari  bilan  ma’lum 

maqsadlarini ilgari suradilar. 

Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo‘yilgan 

yangi talablar asosida takomillasha boradi. 

Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  o‘zlarining  faoliyatlari  uchun  qandaydir 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  ularda  kuchli  taassurotlar  qoldirgan  va  ularni 

qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar. 

Bog‘cha  yoshidagi  bolalar  tafakkuri  va  uning  o‘sishi  o‘ziga  xos  xususiyatga 

ega.Tafakkur  bolaning  bog‘cha  yoshidagi  davrida  juda  tez  rivojlana  boshlaydi. 

Buning  sababi,  birinchidan,  bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  turmush  tajribasining 

nisbatan  ko‘payishi,  ikkinchidan,  bu  davrda  bolalar  nutqining  yaxshi  o‘sgan 

bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin mustaqil 

xarakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir. 

 

Bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  har  sohaga  doir  savollarning  tug‘ilishi  ular 



tafakkurining  faollashayotganidan  darak  beradi.  Bola  o‘z  savoliga  javob  topa 

olmasa  yoki  kattalar  uning  savoliga  ahamiyat  bermasalar,  undagi  qiziquvchanlik 

susaya boshlaydi. 



 

 

22 



 

 

Odatda  har  qanday  tafakkur  jarayoni  biron  narsadan  taajjublanish,  xayron 



qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi. Juda ko‘p ota-

onalar  va  ayrim  tarbiyachilar  ham  bolalar  ortiqroq  savol  berib  yuborsalar,  «kup 

maxmadona  bo‘lma»,  «sen  bunday  gaplarni  qaerdan  o‘rganding»,  deb  jerkib 

tashlaydilar.  Natijada  bola  o‘ksinib,  o‘z  bilganicha  tushunishga  xarakat  qiladi. 

Ammo  ayrim  passiv  va  tortinchoq  bolalar  xech  bir  savol  bermaydilar.  Bunday 

bolalarga turli mashgulotlar va sayoxatlarda kattalarning uzlari savol berishlari va 

shu bilan ularni faollashtirishlari lozim. 

Har  qanday  tafakkur,  odatda  biron  narsani  taqqoslash,  analiz  va  sintez 

qilishdan  boshlanadi.  Shuning  uchun  biz  ana  shu  taqqoslash,  analiz  va  sintez 

qilishni  tafakkur  jarayoni  deb  ataymiz.  Sayohatlarlar  bolalardagi  tafakkur 

jarayonini  faollashtirish  va  rivojlantirishga  yordam  beradi.  Bolalar  tabiatga 

qilingan sayohatlarda turli narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda 

sintez qilib ko‘rishga intiladilar. 

Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqi va uning o‘sishi Agar 2 yashar bolaning so‘z 

zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3 yashar bolaning so‘z zapasi 1000 

tadan  1200  tagacha  va  7  yashar  bolaning  so‘z  zapasi  4000  taga  yetadi.  Demak, 

bog‘cha  yoshi  davrida  bolaning  nutqi  ham  miqdor,  ham  sifat  jihatidan  ancha 

takomillashadi.  Bog‘cha  yoshidagi  bolalarning  nutqini  o‘sishi  oilaning  madaniy 

saviyasiga bog‘liq 

 

Kattalar  bolalar  nutqini  o‘stirish  bilan  shug‘ullanar  ekanlar,  bog‘cha 



yoshidagi  bolalar  ba’zi  hollarda  o‘z  nutq  sifatlarini  to‘la  idrok  eta  olmasliklarini 

unutmasliklari  kerak.  Bundan  tashqari,  bolalarda  murakkab  nutq  tovushlarini  bir-

biridan  farq  qilish  qobiliyati  ham  hali  to‘la  takomillashmagan  bo‘ladi.  Tili 

chuchuklikni  tuzatishning  eng  birinchi  shartlaridan  biri  bola  bilan  to‘la  va  to‘g‘ri 

talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda yoqimli va 

yoqimsiz  xis-tuyg‘ular  g‘oyat  kuchli  va  juda  tez  namoyon  bo‘ladi.  Bog‘cha 

yoshidagi  bolalarning  xis-tuyg‘ulari  ular  organik  ehtiyojlarining  qondirilishi  va 

qondirilmasligi  bilan  bog‘liqdir.  Bu  ehtiyojlarning  qondirilmasligi  sababli  bolada 

noxushlik(yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg‘ularini ko‘zgaydi. 



 

 

23 



 

 

Katta  bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  burch  xissi  –  nima  yaxshi-yu,  nima 



yomonligini  anglashlari  bilan  ahloqiy  tasavvurlari  o‘rtasida  bog‘liqlik  bor.  Katta 

odamlar  tomonidan  buyurilgan  biron  topshirikni  bajarganlarida  mamnunlik, 

shodlik  tuyg‘ulari  paydo  bo‘lsa,  biron  tartib  qoidani  buzib  qo‘yganlarida  xafalik, 

ta’bi xiralik xissi tug‘iladi. 

 

Shuningdek, bog‘cha yoshidagi bolalarda ma’naviy xissiyotlardan o‘rtoqlik, 



do‘stlik va kollektivizm xislari ham yuzaga kela boshlaydi. 

 

Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida estetik xissiyotlar ham ancha tez o‘sadi.  



Bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  estetik  xislarning  namoyon  bo‘lishini  ular  biron 

chiroyli , yangi kiyim kiyganlarida juda yaqqol ko‘rish mumkin. 

 

Bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  yoqimli  va  yoqimsiz  xis-tuyg‘ular  g‘oyat 



kuchli va juda tez namoyon bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xis-tuyg‘ulari 

ular  organik  ehtiyojlarining  qondirilishi  va  qondirilmasligi  bilan  bog‘liqdir.  Bu 

ehtiyojlarning  qondirilmasligi  sababli  bolada  noxushlik(yoqimsiz),  norozilik, 

iztiroblanish tuyg‘ularini ko‘zlaydi

1



 



Katta  bog‘cha  yoshidagi  bolalarda  burch  xissi  –  nima  yaxshi-yu,  nima 

yomonligini  anglashlari  bilan  ahloqiy  tasavvurlari  o‘rtasida  bog‘liqlik  bor.  Katta 

odamlar  tomonidan  buyurilgan  biron  topshiriqni  bajarganlarida  mamnunlik, 

shodlik  tuyg‘ulari  paydo  bo‘lsa,  biron  tartib  qoidani  buzib  qo‘yganlarida  hafalik, 

ta’bi xiralik xissi tug‘iladi. 

 

Shuningdek, bog‘cha yoshidagi bolalarda ma’naviy xissiyotlardan o‘rtoqlik, 



do‘stlik va kollektivizm xislari ham yuzaga kela boshlaydi

1



 

Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida estetik xissiyotlar ham ancha tez o‘sadi.  

Bog‘cha yoshidagi bolalarda estetik xislarning namoyon bo‘lishini ular biron 

chiroyli  ,  yangi  kiyim  kiyganlarida  juda  yaqqol  ko‘rish  mumkin.  Bu  davrda 

bolalarda  avvalo  bilish  sohalari  so‘ngra  esa  emotsional  motivatsion  yo‘nalish 

bo‘yicha  ichki  shaxsiy  xayot  boshlanadi.  U  yoki  bu  yo‘nalishdagi  rivojlashin 

obrazlilikdan to simvollilikgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘taydi.  

____________________________________



 

1

 Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Toshkent, 2006, 89-bet.  




 

 

24 



 

Obrazlilik  deganda  bolalarning  turli  obrazlarni  yaratish,  ularni  o‘zgartirish  va 

ularni  erkin  xarakatga  solish,  simvollilik  deganda  esa  belgilar  sistemasi 

(matematik,  lingvistik,  mantiqiy  va  boshqalar)  bilan  ishlash  malakasi  tushuniladi. 

Maktabgacha  yosh  davrda  ijodkorlik  jarayoni  boshlanadi.  Ijodkorlik  layoqoti 

asosan bolalarning konstruktorlik  o‘yinlarda, texnik  va badiiy  ijodlarida namayon 

bo‘ladi. Bu davrda maxsus layoqotlar kurtaklarning birlamchi rivojlanishi ko‘zga 

tashlana  boshlaydi.  Bilish  jarayonlarida  ichki  va  tashqi  harakatlarning  sintezi 

yuzaga  keladi.  Biron  bir  narsani  idrok  qilish  jarayonida  bu  sintez  persentiv 

xarakatlarda, diqqatda ichki va tashqi xarakatlar va xolatlar rejasini boshqarish va 

nazorat  etishda,  xotirada  esa  materialni  esda  saqlab  qolish  va  esga  tushurishning 

ichki  va  tashqi  tuzilmasini  bog‘lay  olishda  ko‘rinadi.  Tafakkurda  esa  amaliy 

masalalar  ishining  usullarini

 

bitta  umumiy  jarayonga  birlashtirish  sifatida  yaqqol 

nomoyon  bo‘ladi.  Shuning  asosida  insoniy  intelekt  shakllanadi  va  rivojlanadi. 

Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu yoshdagi 

bolalarda  tafakkur  qilish  omili  sifatida  ichki  nutq  yuzaga  kelayotganidan  dalolat 

hisoblanadi. Bilish jarayonlarning sintezi bolaning o‘z ona tilisini to‘liq egallashi 

asosida  yotadi.  Bu  davrda  nutqning  shakllanish  jarayoni  yakunlana  boshlaydi. 

Nutq  asosidagi  tarbiya  jarayonida  bolada  elementar  ahloqiy  norma  va  qoidalar 

egalaniladi. Bu norma va qoidalar bola ahloqini boshqaradi. 

Bola  va  atrofidagi kishilar  orasida xilma  xil  munosabatlar  yuzaga kelib, bu 

munosabatlar  asosida  turli  xil  motivlar  yotadi.  Bularning  hammasi  bolaning 

individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intelekti balki ahloqiy 

motivatsion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  shaxsi  rivojining  cho‘qqisi  bo‘lib,  ularning 

o‘z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash,  

o‘z-o‘zini anglash xissining yuzaga kelgani hisoblanadi. 

Bolaning  psixik  rivojlanishida  ularda  paydo  bo‘ladigan  ehtiyojlar  va 

kizikishlar katta  ahamiyatga  ega  . Ular    bolani u  yoki  bu  xarakata  undovchi omil 

xisoblanadi, bola kizikkan narsasi bilan uzok vakt shugullana oladi. Bu esa uning 

diqqati, irodasini rivojlantirishga yordam beradi. Bog‘chada to‘g‘ri yulga kuyilgan 




 

 

25 



 

tarbiyaviy  ishlar  bolalarda  mexnat  faoliyatining  dastlabki  belgilari  hamda 

kizikishini  tarkib  toptiradi.

1

 



  Bog‘cha  xayotining  ko‘p  kirrali  va  sermazmunligi 

bolalar bilish faoliyatlarining kengayishiga va chukurlashishiga yordam beradi, bu 

esa  uz  navbatida  idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, kabi  jarayonlarni  rivojlantiradi. 

Bog‘chadagi tartib intizom  va  ta’limiy    mashulotlar  yuksak  ijtimoiy,  intellektual, 

axlokiy va gigienik ehtiyojlarning, yuzaga oshishiga sharoit yaratadi. 

Emotsional-irodaviy 

xislatlarning 

shakllanishida 

o‘yin, 

mexnat  


faoliyatlarining,  ta’limiy  mashg‘ulotlarning  ta’siri  katta,  Vigotskiyning 

ta’kidlashicha,  bola  o‘yinda  bemor  singari  yiglaydi,  vrach  sifatida  unga  raxmi 

keladi,  bola  tanlagan  rol  undagi  mavjud  kechinmalarning      amaliy  ifodasi 

gavdalanadi.  Bolaning    psixik  rivojlanish  muammosi  zamonaviy  psixologiyaning 

diqqat  markazida  turadi.  Psixologlar  fikricha,  bolaning  psixik  xususiyatlarini 

shakllanishini  ijtimoiy  omil  belgilab  beradi  deb  P.Ya.  Galperin,  D.K.Elkonin, 

V.VDavidov,  A.V.Zankov,  N.A.Menchenskaya  va  boshqa  psixologlar  taklif 

qilishgan. Demak bolalarda orientir faoliyat va bola psixikasining rivojlanishidagi 

har bir bosqichidagi faoliyat ko‘rinishlarini shakllanishiga asosiy diqqat qaratilgan. 

D.K.Elkonin  va    V.V.Davidov”  ta’lim  o‘zining  bosh  rolini  aqliy  rivojlanishda 

bolaning  bilimlarini o‘zlashtirish orqali hosil  qiladi”, deb  ta’kidlashgan.   Shuning 

uchun ular bolalarda umumlashgan usullar va anglash usullarini shakllantirib, ular 

orqali  bola  o‘quv  materialini  muvaffaqiyatli  o‘zlashtiradi,  deb  hisoblashgan. 

A.V.Zankov  rivojlangan  ta’limga  muvaffaqiyatli  sharoitlarini  mehnatning  yuqori 

darajasi  materialini  tez  tempda  o‘tish  bolaga  ta’lim  jarayonini  anglashiga  ta’sir 

ko‘rsatadi,  deb  ta’kidlagan.  A.V.Zaporojets,  V.V.Davidov,  D.K.Elkoninlarning 

o‘tkazgan  tadqiqotlarida  maktabgacha  va  kichik  maktab  o‘quvchilarining 

imkoniyatlari keng ochib berilgan. Bu maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim 

dasturi va dastur tartibi psixologik kriteriyalari orqali boyitilib, tarbiyaning ta’limiy 

ishida maktabning boshlang‘ich sinflarida yuqori talablarni qo‘yilishiga olib keldi. 

 

____________________________________



 

 

1



 Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Toshkent, 2006, 95-bet 


 

 

26 



 


Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə