Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
4 6018294825843950392

____________________________________ 

1

 Inomova M. Oilada bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish.  



Toshkent, 1995, 155-bet  


 

 

45 



 

 

ularda bo‘lmagan xususiyatlarni ularning o‘zlashtirishiga ham imkon yaratadi Ana 



shu kabi imkoniyatlarga asoslanib, xarakter termini (yunoncha "xaraktir")  o‘zbek 

tiliga belgi, xislat, xususiyat, nishon ma’nolarida tarjima qilinadi. 

SHaxsning  ijtimoiy  muhit,  ta’lim-tarbiya  ta’sirida  tarkib  topgan,  uning 

voqe’likka,  o‘ziga  va.  boshqalarga  bo‘lgan  munosabatlarida  ifodalanadigan  

muayyan  sharoitlardagi  xatti-xarakatlaridan  iborat  bo‘lgan  barqaror  individual-

psixologik xususiyatlar yig‘indisi xarakter deb aytiladi. 

Xarakterni tashkil etuvchi xususiyatlar xarakter (xulq-atvor) xislatlari deyiladi. 

Xarakter  xislatlari  doimo  o‘zgaruvchan  moxiyatga  ega  bo‘lib;  shaxsning  hayot 

tarziga, unga beriladigan ta’lim-tarbiyaga bog‘liq holda tarkib topadi, o‘zgaradi va 

tarbiyalanadi

1



Xarakter  xislatlari  shaxsning  hayoti  jarayonida  tarbiya  topgan  intellektual, 



emotsional va irodaviy xususiyatlari yo‘nalishning yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu 

xususiyatlar  shaxsning  hayot.  sharoitlari  ta’sirida  vujudga  kelgan  muayyan  xulq-

atvor  normalaridir,  Bu  sifatlar  shaxsning  xulq,-atvori  negizini  tashkil  qiluvchi 

xatti-xarakati 

o‘ziga 

va 


boshqalarga, 

mexhnatga,jamiiyatga 

bo‘lgan 

munosabatlarida ifodalanadi. 

Har  bir  shaxsda  beg‘amlik,  beozorlik,  mohirlik,  mustaxkamlik,  jozibadorlik, 

kamsuqumlik, yoki yoqimtoylik, jonkuyarlik, jiddiylik., farosatlilik, mustaxkamlik, 

oqko‘ngillik,  ozodalik,  bilimdonlik,  poklik,  mexnatsevarlik,  ma’naviyatlilik. 

qatiylik,  sinchkovlik,  itoatlilik,  insonparvarlik,  sotsiallik,  iffatlilik  kamtarlik, 

tirishqoqlik, , sofdillik, uyatchanlik,tartiblilik, xushtabiatlik, uzoqni ko‘ra bilishlik, 

fidoyilik  kabi  ijobiy  xislatlar  bilan  birga  gapdonlik,  andishasizlik,  vijdonsizlik, 

razillik,  loqaydlik,  go‘llik.  beorlik,  jura’atsizlik,  ochko‘zlik,  prinsipsizlik, 

pismiqlik,  ziqnalik,  firibgarlik,  qo‘rqoqlik,  xudbinlik,  qo‘pollik,  qasoskorlik, 

shilqimlik,  tannozlik,  ezmalik.,  qaysarlik,  ikki  yuzlamachilik  kabi  salbiy  sifatlar 

ham bo‘ladi. Ana shu ijobiy yoki salbiy sifatlarning namoyon bo‘lish darajasiga  




Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə