Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
4 6018294825843950392

Flegmatik 

vazmin,  kamharakat  mijoz.  Ushbu  mijoz  vakillari  sekin 

xarakatlanuvchan,  shoshmaydigan,  og‘ir  odamlardir.  U  boshlagan  ishini 

oxirigacha  o‘zgarmasdan,  o‘ylab,  sabot  va  extiyotkorlik  bilan  bajaradi. 

Flegmatikda  ruxiy  jarayonlar  xam  juda  sekin  kechadi.  His-tuygulari  odatda 

ravshan  emas.  Buning  sababi  -  doimiy  bir  xillik  va  ruxiy  jarayonlarning  sekin 

kechishida.  Odamlar  bilan  munosabatda  flegmatik  xamisha  bir  xil,  bosik, 

me’yorida  kirishuvchan,  kayfiyati  esa  xamisha  turg‘un.  Uning  o‘zidan  chiqib 

ketishi va ruxan qo‘zgalishi kiyin. Bunday  odam uchun uzoq vaqt sovukkonlik 

va vazminlik bilan bajariladigan ishlarni bajarish oson. 

Ammo flegmatikni kup harakatni, tezkorlik va faollikni talab qiladigan ishlarga 

jalb  etish  tug‘ri  kelmaydi,  aks  xolda  u  zerikib  qolishi,  o‘z  mukarrarligini 

yuqotishi mumkin. SHuni esda tutish kerakki, insonlarni aniq to‘rt mijozga ajratish 

juda qiyin. Juda ko‘pchilik odamlarda bir nechta mijoz vakillarining tabiati mavjud 

bo‘ladi.  Aynan  bir  mijozga  mansub  odamlar  kamdan-kam  uchraydi.  Bundan 

tashqari, inson o‘zini-o‘zi tarbiyalashi natijasida mijozi uzgarishi xam mumkin. O‘z 

mijozini  o‘zgartirishga  harakat  qilib,  bunga  erishgan  odamlar  hayotda  ko‘p 

uchraydi. 

X   A   R  A   K  T  E  R 



 

 

43 



 

Umumiy  psixologiyaning  dolzarb  muammolaridan  biri  mustaqillik  sharoi  gi 

shaxsning xulq-atvori xarakter xislatlarini keng rejada tadqiq etishdir. 

Respublikamizda  ijtimoiy  muhit  o‘zgardi,  jamiyatimiz  tarkibida  yangi-yangi 

qatlamlar vujudga keldi, odamlar shug‘ullanadigan kasblar boshqacha mazmunga 

ega  bo‘layapti  faoliyat  qirralarining  o‘zgarayotgani  natijasida  odamlarning  xulq-

atvori  ham  yangilanish-milliylik  kasb  etmoqdaki,  bularning  hammasi  psixologiya 

fani oldiga dolzarb muammolar qo‘ymokda. 

Ana shunday muammolardan biri milliy xarakter masalasidir. Milliy xarakterni 

o‘rganish  hozirga  zamon  uchun  zarur  bo‘lgan  muhim  masala  bo‘lib,  uni 

umuminsoniy qadriyatlar negizida o‘rganish maqsadga muvofikdir. 

Tabiiyki,  milliy  xarakterni  o‘rganish  uchun  o‘zbek  xalqining  hayotini,turmush 

tarzini  chuqur  bilish  zarur.  CHunki,  hamma  xalqlarning  milliy  xarakterida  bir-

biridan  farq  qiluvchi  xususiyatlar  bor.  Bu  xususiyatlar  xar  bir  xalqning  kundalik 

hayotida, boshqa xalqlar vakillari bilan muloqotlarida ko‘zga tashlanadi. 

Milliy  xarakterga  xos  xislatlarning  ildizlari  o‘zbek  xalqining  moddiy  hayot 

sharoitlari, yashash uchun zarur bo‘lgan noz-ne’matlar ishlab chiqarishdagi o‘ziga 

xoslik,  turli  mexnat  faoliyati  davomidagi  o‘zaro  munosabatlaridir.  Ana  shu 

manbalarda  o‘zbek  xalqining  o‘ziga  xos  xarakter  sifatlari,  ijtimoiy-iqtisodiy 

tajribasi,  taraqqiyot  omillari  o‘z  ifodasini  topgan  bo‘lib,  bularning  barchasi  shu 

xalq, uchun xos bo‘lgan xarakter xislatlarni ifodalaydi. 

Har bir tarixiy davrda shu davr ijtimoiy muhiti, moxiyati talablariga asoslangan 

xarakter  xislatlari  yuzaga  keladi  va  rivoj  topadi.  Ana  shu  jarayonda  umuxarakter 

xislatlari bilan birgalikda milliy xarakter xislatlarini ham xukmron bo‘ladi. 

SHuni  ham  ta’kidlash  zarurki,  milliy  xarakter  xislatlari  xozirgi  manbalarda 

qayd  etilganidek,  faqat  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  dovyuraklik,  erksevarlik 

kabilardangina iborat bo‘lmay, milliy xarakter xislatlari tizimiga o‘zbek xalqining 

aqliy  kamoloti,  boshqa  xalqlarga  munosabati:  shu  xalq  vakillarining  o‘zaro 

munosabatlarini belgilovchi xususiyatlar ham kiradi. 

Xar  bir xalqqa  xos  bo‘lgan  xarakter  xislatlari  bilan  bir qatorda  barcha  xalqlar 

uchun  umumiy  bo‘lgan  xarakter  xislatlari  ham  bor.  Masalan,vatanparvarlik, 



 

 

44 



 

mehnatsevarlik,  dovyuraklik,  erksevarlik  barcha  xalqlarga  xos  fazilat  bo‘lsa-da, 

jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlari,  geografik  muhiti,  mehnat  tarzi 

bilan bog‘liq holda har bir millatda o‘ziga xos mohiyat kasb etadi. 

Mehnatsevarlik  o‘zbek  xalqining  asosiy  xarakter  xislatlaridan  biri  bo‘lib,  bu 

sifat  dexqonchilik,  bog‘dorchilik  kabi  mehnat  sohalarida  namoyon  bo‘ladi. 

Halqimizning  paxtachilik,  pillachilik  va  mevachilikdagi  mehnatsevarligi  uning 

dong‘ini  dunyoga  taratdi.  Hozirgi  kunda  respublikamizda  ishbilarmonlik  xarakati 

keng  avj  oldirildiki, bu  mustaqillik  sharoitida  mehnatga  yangicha  munosabitining 

yorqin namunasidir.

 1

 

Mehnatkashlik-o‘zbek  xalqining  milliy  kasbi.  U  dehqonchilikning  hamma 



mashaqqatlariga  tabiatning  qudratli  kuchlari  oldida  ojizlik,  baxorgi  suv  toshqini, 

qurg‘okchilik, suvsizlik. azoblariga mardona bardosh beradi, har qanday ob-havo 

sharoitida  ham  o‘z  mehnati  bilan  yangi  erlar  o‘zlashtiradi,  bog‘-rog‘lar  yaratadi, 

erga haqiqiy insoniy mexr bilan munosabatda bo‘lib, dasturxon mo‘l-ko‘lchiligini 

ta’miilaydi.  Demak,  zaxmatkashlik  avloddan-avlodga  o‘tib,  o‘zbek  xalqining 

asosiy xarakter hislati bo‘lib qolgan. 

O‘zbek  milliy  xarakteriga  xos  yana  bir  muhim  tomoni  shundaki,  o‘zbek 

xalqida. kattalarni, ota-onani xurmat qilish, ularning aytganlarini so‘zsiz  ijro etish 

qat’iy odat tusini olib, mustahkamlangan va shu xalqning umumiy xarakter xislati 

bo‘lib kelgan. Oila sharoitidagi o‘zaro munosabatlarda yoshlar o‘zidan kattalarga 

itoat etadi, hurmat ko‘rsatadi. Bu kabi munosabatlarning yosh avlod ma’naviy  

kamolotida  katta  ahamiyati  bor.Umuman  xarakter  xislatlarida  bo‘lganidek  milliy 

xarakter  sifatlari  ham  doimiy,  o‘zgarmas  emas.  Ijtimoiy  muhit  va  tarixiy  sharoit 

bilan  bog‘liq  xolda  milliy  xarakter  xislatlari  ham  o‘zgaradi.  Lekin  milliy 

xarakterning  ayrim  sifatlari  umuminsoniy  xarakter  xislatlari  tarzida  saqlanib 

qoladi. Chunki, milliy xarakter xislatlari umumbashariy xarakter xislatlari negizida 

vujudga  keladi  va  unga  zid  bo‘lmaydi.  Har  bir  halq,  boshqa  xalqlar  bilan 

muloqotlar jarayonida ulardan o‘zida. yo‘q xarakter xislatlarini oladi, ayni vaqtda. 




Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə