Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
4 6018294825843950392

____________________________________ 

1

 Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Toshkent, 2006, 89-bet.  




 

 

52 



 

 

Ularga ilmiy ozuqa  



berilsa, fikri o‘saveradi, oqilona yo‘l ko‘rsatilsa, shoshilmay, toliqmay maqsad 

sari intilaveradi. 

2. Zehni o‘tkir, gapga quloq soladigan talabalar.Bu tur qobiliyat egalariga xos 

sifat  shundaki,  ular  bilimlarni  sekin  o‘zlashtiradilar,  o‘qituvchining  doimiy 

nazoratiga muxtoj bo‘ladilar. 

3. Zehni o‘tkir, bilimga intiluvchan, lekin o‘zboshimchalik va o‘jarlikka moyil 

talabalar.  Bu  turdagi  qobiliyat  egasi  bo‘lgan  talabalar  uzluksiz  tarbiyaga  muxtoj 

bo‘ladilar. To‘g‘ri ta’lim va tarbiya berilsa, ulardan buyuk odamlar etishib chiqadi. 

4.  Gapga  kiradigan,  xamma  narsani  bilishga  qiziqadigan,  bilimlarni  sekin 

o‘zlashtiradigan  va  bo‘shang  talabalar.  Bular  talabalar  bilan  izma-iz  bora  oladi. 

Buning uchun ularga iltifot qilib, juda qattiq talablar qo‘ymay, ko‘nglini ko‘tarib, 

amalga oshirayotgan ishlarini ma’qullash maqsadga muvofiqdir. SHunday qilinsa, 

bunday talabalar iste’dodli talabalar darajasiga ko‘tarliladi hotirasi keng qamrovli 

va maxsuldor bo‘ladi. 

5.  Zehni  past,  beparvo  va  bo‘shang  talabalar.Ularni  donolik,  sabr-toqat  bilan 

o‘qitish  va  tarbiyalash  mumkin.  SHundagina  bular  ham  yaxshi  mutaxasis  bo‘lib 

etishadi. 

6.Badjahl  va  g‘ayri  tabiiy  talabalar.  Ular  qiyinchilik  bilan  tarbiyalanadilar. 

Ulardagi  o‘jarlik  hislatini  yo‘qotib,  ijobiy  tomonga  yo‘naltirish  mashaqqatli 

mehnat evaziga amalga oshiriladi. 

Yuqoridagi  qobiliyat  turlariga  mansub  talabalar  bilan  ham  jamoaviy,  ham 

individual  tarzda  tarbiyaviy  tadbirlarni  o‘tkazish  maqsadga  muvofiqdir.  CHunki, 

talabalar qobiliyati jihatidan qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning insoniy tabiati 

va fiziologik a’zolari ham bir xildir. 

Demak, umuman odamlar o‘yin, o‘qish va mehnat jarayonida bir-birlaridan farq 

qiladilar. Ularning ba’zilari bir ishni tez va sifatli ado etsalar, ikkinchilari sust va 

sifatsiz bajaradilar. Ba’zi shaxslar o‘z faoliyatlarida ilg‘or, tashabbuskor, samarali 



 

 

53 



 

va  serunum  bo‘ladilar.  Anna  shu  kabi  hislatlariga  asoslanib  ularning  qobiliyatli 

kishilar deb yuritiladi. 

Kishining  qobiliyati  xilma-xil  bo‘lib,  qiziqishlar  tufayli  o‘z  ustida  ishlash 

natijasida paydo bo‘ladi va rivoj topib boraveradi. Odam faoliyatining xarakteriga 

qarab  qobiliyat  ham  turlicha  bo‘ladi.  Masalan,  matematik  qobiliyat,  pedagogik 

qobiliyat va h.k. 

SHaxs  faoliyatining  biror  sohasiga  nisbatan  bo‘lgan  qobiliyatlilik  uning 

faoliyatini  boshqa  tomonlariga  ham  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Faoliyatning 

mohityatidan  kelib  chiqib  qobiliyat  ham,  turli  kasb  egalarida  turlicha  namoyon 

bo‘ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli bo‘ladilar.  

Qobiliyatning yanada yuqori va sifatli ko‘rinishi tanlant yoki iste’doddir. SHaxs 

qobiliyatlarida  namoyon  bo‘ladigan  tug‘ma  xususiyatlar  iste’dod  deb  yuritiladi. 

SHaxsdagi  iste’dodlilik  sifati  unda  qobiliyatning  yuqori  ko‘rinishi  bilim  va 

malakalarni  tez  egallash,  u  yoki  bu  yumushni  tez  va  soz  ado  eta  olish  bilan 

aniqlanadi.  

Iste’dodlilik darajasiga erishgan shaxsda aql, idrok, xotira, xayol, tafakkur kabi 

ruhiy  jarayonlar  ancha  rivoj  topgan,  iroda  sifatlari  barqarorlashgan,  nutq 

rivojlangan  bo‘ladi.  SHuning  uchun  ularning  kuzatuvchanligi,  bilimlarni 

o‘zlashtirishi,  olingan  bilimlarni  amalda  qo‘llashi,  o‘z  sohasi  bo‘yicha  yangilik 

yaratishga moyilligi boshqalardan farq qiladi. O‘z navbatida olingan bilim va hosil 

qilingan  ko‘nikmalar  shaxsdagi  iste’dod  darajasining  yanada  o‘sishiga  xizmat 

qiladi. Talantli shaxslar yirik hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal etadilar, 

ilg‘or harakterga ega bo‘lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar. 

Talantli  shaxslarda  sezgi,  idrok,  xotira,  xayol,  tafakkur,  hissiyot,  iroda  kabi 

ruhiy holatlar taraqqiy etgan bo‘ladi. Bu xoll shaxsni yanada faollashtiradi, uning 

talantini kengroq namoyon etadi. 

Talantli shaxslar o‘z kasbining ustalari bo‘ladilar, ularning faoliyatlariga ibrat-

namunaviylik  xosdir.  Talantli  pedagog,  talantli  san’atkor,  talantli  olim,  talantli 

shoir  deganda,  o‘z  faoliyati  nuqtai  nazaridan  boshqalarga  o‘rnak  bo‘luvchi 

oshaxslar nazarda tutiladi. Talantli bo‘lishning yagona sharti shaxsning o‘z ustida 



 

 

54 



 

sistematik  tarzda  ishlashidir.  Agar  inson  o‘z  ustida  muntazam  ishlashni  davom 

ettirmasa, undagi talantlilik sifati susaya boradi va sunadi.  

Talant o‘zining geniy, genal kabi darajalariga egadir. Har tomonlama taraqqiy 

etgan avlodlar tajribasini ijodiy o‘zlashtiradigan, uni o‘z davriga tadbiq etib yangi 

bilim  va  tajriba  bilan  boyitadigan,  mustaqil  fikrlash  asosida  yaratuvchilik, 

ijodkorlik,  xususiyatlariga  ega  bo‘lgan  optimistik  g‘oya  bilan  sug‘orilgan,  Vatan 

va  jamiyat  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  ish  tutadigan  ilg‘or  dunyoqarash  egasi 

bo‘lgan  o‘zining  ijtimoiy  burchiga  hamma  vaqt  sodiq  bo‘lgan  shaxslar  geniy 

shaxslardir.  Geniy  shaxslar  garmonik  rivojlangan  shaxslar  bo‘lib,  ijtimoiy  hayot 

voqealarini va ilm-fanni chuqur o‘zlashtirgan bo‘ladilar. Ular fan sohalariga, hayot 

voqealariga  ijodiy  yondoshib,  uni  yanada  boyitadilar,  voqealar  rivoji,  kelajagani 

oldindan  ko‘ra  biladilar.  Geniy  shaxslar  o‘ta  mehnatsevar  va  kuchli  irodali 

bo‘ladilar. Ular uchun xalq, manfaati, Vatan kelajaga har narsadan ustun turadi. 

Geniy  shaxslarning  ijtimoiy  hayotni  o‘rganish  sohasida  to‘plagan  tajriba  va 

bilimlari insoniyat  tarixida  misli ko‘rilmagan  o‘zgarishlarga  olib keladi.  Ular o‘z 

xalqlari  va  vatanlari  uchun  baxtli  farovon  hayotni  xadiya  etish  bilan  birga  bu 

hayotni kelajagi, istiqboli va taraqqiyot qonunlarini ham kashf etadilar. 

Geniylikning  yana  bir  muhim  tomoni  shundaki,  bunday  shaxslar  tabiiy  va 

ijtimoiy  fanlar  sohasida  kelguvsi  avlod  uchun  bitmas-tuganmas  nazariyalar 

yaratadilar.  Bu  nazariyalar  kelgusi  avlod  qo‘lida  g‘oyaviy  qurol  bo‘lib  hizmat 

qiladi. 


SHuni  ham  ta’kidlash  lozimki,  geniylik  darajasiga  ko‘tarilgan  shaxs  o‘z 

faoliyatida  jamiyat  uchun  katta  yutuqlarning  qo‘lga  kiritilishiga  sabab  bo‘ladi  va 

bu xol o‘sha shaxsning shaxsiyatini yanada, ulug‘lab, nomini abadiylashtiradi. 

Imom  Buxoriy,  Maxdumi  A’zam  yoki  Alisher  Navoiy.  yoki  L.S.Pushkin, 

I.P.Pavlovning  geniyligi  fan  sohasida, 

Michurinning  geniyligi  tabiatni 

o‘zlashtirishda,  K.E.Sialkovskiyning  geniyligi  planetalararo  kosmik  uchish 

masalalarida  namoyon  bo‘ladi.  YUksak  talant  egasi  bo‘lgan  bu  daholarning  fan 

sohasida yaratgan yangiliklari keyingi avlodlar uchun abadiy bilim manbaidir. 



 

 

55 



 

O‘rta  Osiyoning  mashhur  mutafakkirlari  Abu  Ali  ibn  Sino,  Forobiy,  Beruniy, 

Al-Xorazmiy  kabi  mashhur  olimlar  fan  olamida  geniylikning  yuksak  chuqqisiga 

ko‘tarildilar  

SHunday  qilib,  shaxsning  geniy  yoki  geniylik  sifati  uzoq  muddat  moboynida 

o‘z ustida samarali mehnat qilishning, o‘qib-o‘rganishning natijasidir. 

Mashhur rus yozuvchisi A.M.Gorkiy haqli ravishda ta’killaganidek, shaxsning 

individual sifatlari mehnat jarayonida yuzaga keladi va rivoj topadi. 

SHaxsning  qobiliyati  to‘g‘ma  layoqat  asosida  muhitga,  ta’lim  va  tarbiyaga 

bog‘lik holda o‘sib boradi. Har bir odam bolasi «mudrab yotgan» layoqat (tug‘ma 

imkoniyat) bilan dunyoga keladi. Undan so‘ng u mansub bo‘lgan ijtimoiy muhit bu 

layoqatni yuzaga chiqaradi. Layoqat ayniqsa, yoshlik chog‘larida jadal rivojlanadi. 

Masalan, Seryoja Xalyapin (Moskva shahri) 14 yoshida o‘rta maktabni tamomlab, 

D.I.Mendeleev  nomli  Moskva  ximiya-texnologiya  institutining  talabasi  bo‘ldi. 

Amerikalik  Mayk  Grost  11  yoshida  Michgan  universitetiga  qabul  kilindp. 

Angliyalik  Maybelle  4  yoshida  birinchi  sinf  o‘quvchisn  bo‘ldi.  Erevanlik  David 

Arutyunyan  12  yoshida  politexnika  institutining  kibernetika  fakultetiga  qabul 

qilindi.  Olti  yoshli  qirg‘iz  yigiti  Asilbek  Siydanov  mashhur  epos-"Manas"ni 

yoddan    aytib,  respublika  ko‘rigida  birinchi  darajali  diplom  billan  tag‘dirlangan. 

Meksikalik  Antonio  Xaures  esa,  bir  vaqtning  o‘zida  ispan  tilida  gaplashib  turib, 

ingliz tilidagi tekstni bemalol yoza oladi. 

Bunday  misollarni  kattalar  hayotidan  ham  keltirish  mumkin.  CHunonchi, 

Toshmuhammad  Sarimsoqov  30  yoshga  to‘lmay  akademik  bo‘ldi.  Nikolay 

Nazarov  14  yoshida  ToshDUni  bitirdi.  SHavkat  Olimov  va  Raxim  Xaitovlar  25 

yoshida  professor  bo‘lishdi.  Ilxom  Mamedov  20  yoshida  fan  nomzodi  bo‘ldi  va 

x.k. Bu kabi o‘ta qobiliyatli bo‘lishning poydevori oilaviy muhit hisoblanadi. Oila 

muhiti ularni qiziqtirgan narsa ustida jiddiy bosh qotirishga undashi tufayli doimo 

aqliy  ozuqaga  tashnalik  yuzaga  keltirgan.  Natijada  bolalar  uchun  murakkab 

hisoblangan aqliy mushohada ular uchun oddiy va oson bo‘lib qolgan. 

Hozirgi  vaqtda  ayniqsa,  qobiliyatli  yoshlarga  ehtiyoj  kuchaymokda.  Mustaqil 

respublikamizda  iste’dod  egalarining  ko‘payishi  uchun  zarur  ijtimoiy  muhit 



 

 

56 



 

muxayyo  etilmoqda  layoqatli  yoshlar  bilan  mahsus  shug‘lanishga  alohida 

qaratilmoqda.

 1

 



  

Buning  boisi  bor,  albatta  istedodli  yoshlar  turli  mazmundagi  taassurotlarni 

miyada  qayta  ishlash,  umumlashtirish,  saralash  va  xulosa  chiqarish  tezligi  va 

rostligi bilan ajralib turadilar, ularda fikrlash jarayoni va xissiy idrok etish taraqqiy 

etgan bo‘ladi, yangiliklarni osonlik bilan o‘zlashtiradilar. 

Qobiliyatlilik ite’dodlilik va talant kabi sifatlar shaxsda faqat mexnat, tinimsiz 

intilish  tufayli  vujudga  keladi  va  rivoj,  ravnaq,  topadi.  SHuni  ham  unutmaslik 

kerakki,  agar  ijtimoiy  muhit  noqulay  bo‘lsa,  odam  o‘z  ustida  ishlamasa,  undagi 

qobiliyat va iste’dod alomatlari yo‘qoladi. Lekin qobiliyatning o‘sishi uchun faqat 

ijtimoiy  muhit  ta’sirining  o‘zida  kifoya  qilmaydi.  Bunda  yana  bir  muhim  vosita 

ta’lim va tarbiyadir. Qobiliyat ta’lim jarayonida, bilimlarni o‘zlashtirish va ijodiy 

qo‘llanishida  tegishli  ko‘nikma  va  malakalar  hosil  qilishda,  faoliyat  jarayonida 

kamol topadi. 

Har bir shaxsning o‘zi faol harakat qilgandagina ijtimoiy muhit, talim va tarbiya 

uning layoqatini iste’dod hamda qobiliyatini o‘stirmog‘i mumkin. Agar  shaxs o‘z 

kasbini  sevib,  unga  kuchli  mehr  qo‘ysa,  uning  qobiliyati  tez  o‘sadi.  Kishining 

qobiliyati  uning  qiziqishlari  bilan  ham  mustahkam  bog‘liq  bo‘lib,  klzivdshlar 

ta’sirida  qobiliyat  o‘sadi  va  u  boshqa  individual  sifatlar  mazmuniga  ijobiy  ta’sir 

ko‘rsatadi. 

 


Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə