Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 314,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü314,2 Kb.
#82519
növüReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
muloqot psixologiyasi

 

 

 

XULOSA 

 

Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o’zini-o’zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy 

imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.  

 

Barkamol  insonlarning  muomala  maromi,  mulohaza  yuritish  uslubi,  munosabatga 



kirishish  o’quvchanligi,  vaziyatdan  chiqish  salohiyati  ham,  boshqa  odamlar  tomonidan  taqlid 

qilinadi  va  hayot  tajribasida  unga  rioya  etib  yashaydi.  Odamlar  o’rtasidagi  shaxslararo 

munosabat  jarayonida    g’ayritabiiy  ijtimoiy  holat  yoki  hodisaga  ongli  tayanish  -  o’zini  -  o’zi 

mukammallashtirish,  o’zini  -  o’zi  ruyobga  chiqarish,  o’zini-o’zi  boshqarish,  o’zini  -  o’zi 

baholash,  o’ziga  -  o’zi  buyruq  berish  shaxsning  ruhiy  dunyosida  muhim  kamolot  bosqichidir. 

SHuning  uchun  ichki  va  tashqi  taqlidning    tushunish  hamda  ularni  bosqichma-bosqich  egallab 

borish  -  bo’lg’usi  mutaxassisning  kasbiy  tayyorgarligi  hamda  barkamol  shaxs  sifatida 

shakllanishining garovidir. Muloqotga kirishuvchilarning o’zaro yaqinligi bilan, bir-birlari bilan 

muloqotdan  qoniqish  hosil  qilganligining  yuksak  darajasi,  javob  tariqasidagi  his-tuyg’ular  va 

afzallikning  o’zaro  taxmin  qilinishi  bilan  belgilanadigan  o’zaro  munosabatlar  va  o’zaro 

birgalikdagi  harakatning  barqaror  individual-tanlash  tizimi  sifatidagi  do’stlik  kishilar 

munosabatining alohida  shakli sifatida  yuz beradi.  Do’stlikning rivojlanib  borishi  uning o’zaro 

hamjihatlikning  zarurligini,  oshqoralik  va  ochiqlikni,  ishonchni,  o’zaro  faol  yordamlashuvni, 

samimiylikni  va his-tuyg’ularning beg’arazligini  qaror toptiruvchi  yozilmagan qonun  - qoidaga 

amal qilishini taqozo etadi. 

 

Do’stona  muloqot  o’rnatish  va  do’st  tutinish  muammosi  o’spirinlik  yoshida  ayniqsa 



dolzarb masalaga aylanadi 

 

Muloqotga  kirisha  olmaslikning  asosiy  sababi  -  bu  o’zini  -  o’zi  ortiqcha  yoki  past 



baholash tufayli o’ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto’g’ri munosabatdir. Buning oldini 

olish  imkoniyatlari  mavjud  bo’lib,  asosan  quyidagilarga  ahamiyat  berish  ijobiy  samaralar  sari 

yetaklaydi: 

 

1) hamqorlik  faoliyatida, muloqotlar tizimi  orqali muloqot  jarayonining  barcha  a’zolari 



o’rtasida  insonparvarlik  munosabatlarini  tashkil  qilish,  emotsional  muhitni  taqqoslash 

imkoniyatini yuzaga keltirish. 

 

2)  muloqotda  ichki  munosabatlar  tizimida  har  bir  a’zoning  qulay  pozitsiyasini 



ta’minlashga qaratilgan  tadbirlarni amalga oshirish. 

 

3)  insonning  muloqot  xususiyatlari,  maromi,  usullari,  shakllari  to’g’risidagi  axborotni 



egallashga oid maxsus mashg’ulotlarni  uyushtirish. 

 

4)  shaxslararo  munosabatlar  va  muloqot  usullariga    mo’ljallangan  ishbilarmonlik 



o’yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish


Yüklə 314,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə