Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 219-Guruh talabasi kasimova sayyoraning umumiy pedagogika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 150,79 Kb.
səhifə1/2
tarix11.10.2023
ölçüsü150,79 Kb.
#127121
  1   2
Kasimova Sayyora

Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 219-Guruh talabasi KASIMOVA SAYYORAning UMUMIY PEDAGOGIKA fanidan MUSTAQIL ISHI

MAVZU: O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari


REJA:

Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy
islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo‘lgan ma'naviyatga bog‘liq. Zero, jamiyat rivojlanishi
faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma'naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O‘zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri
ham jamiyatda ma'naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma'naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg‘or milliy,
ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil etadi.
Ma'naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va
istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma'naviyat (arabcha «ma'naviyat» - ma'nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga
ijobiy ta'sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar
majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma'naviyati uch muhim soha yo‘nalishida amaliy faoliyatni tashkil etish asosida shakllantiriladi
Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) –
ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.

Yüklə 150,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə