Andijon Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 219-Guruh talabasi kasimova sayyoraning umumiy pedagogika fanidan mustaqil ishi



Yüklə 150,79 Kb.
səhifə2/2
tarix11.10.2023
ölçüsü150,79 Kb.
#127121
1   2
Kasimova Sayyora

Ma'rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy me'yorlarni singdirish, ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy
qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari,
qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
«Axloq» (lotincha – xulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib,
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
Axloq - ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi.
Zero, axloq, axloqiy me'yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma'naviy
kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik
dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish.
2. Ularda ma'naviy-axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash va rivojlantirish.
3. O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko‘nikma va odatlarini tarkib toptirish.
Ma'naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat
oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat
tomonidan tan olingan axloqiy me'yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas'uliyatni his etishi, ma'naviyaxloqiy
bilimlarning e'tiqodga aylanishi va bu e'tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma'naviy-axloqiy histuyg‘
u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan ma'naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a'zolariga
bo‘lgan hurmat-e'tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma'naviy-axloqiy
odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
- ma'naviy-axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi «kompaniya»ga aylanmay,
maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;
- o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar,
axloqiy me'yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o‘z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan
amalga oshirilishi;
- shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirilgan xattiharakatlarni
tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyalash;
- ma'naviy-axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tarbiya qoidalarini
qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini
hisobga olgan holda amalga oshirish;
- tarbiyalanuvchilarda yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar – insoniylik, insonga hurmat, mehrsaxovat,
xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq
qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy
mas'uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri
bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida
oilaning ma'lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat
talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan
oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir.
Chunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid
bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta'minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy
talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta'minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori
bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e'tibor
qaratilmolqda. 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi +onuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
mazmunida ham yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligiga urg‘u beriladi. Yuksak ma'naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo‘lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy
bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo‘lish tabiiy hamda ijtimoiy
jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘ra va baholay olishga imkon
beradi.
Ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni
namoyon eta olishi lozim:
- fuqarolik burchini bajara olish (o‘z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi majburiyatni his eta
olish) qobiliyatiga egalik;
- milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish;
- davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti hamda davlat
ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo‘lish;
- mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas'ullik;
- ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat va itoatda bo‘lish;
- mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish haqida qayg‘urish;
- davlat tili, milliy madaniyat va an'analarga sodiq, ularga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish, ularni asrash;
- ijtimoiy faollik
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:
1. Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish.
4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarini asrash,
ularni ko‘paytirish borasida g‘amxurlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
7. Vatan va millat obro‘i, sha'ni, or-nomusini himoya qilish.
8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.
Asosiy va qo‘shimha o ‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
1. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika.Darslik.T :.O ‘qituvchi 2008-yil
2. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan
va texnologiyalar. 2010-yil
3. K.Xoshimov, S.Ochilov. 0 ‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 2010-yil
4. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. O ‘quv qoilanma. Т.:Noshir 2009-yil

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 150,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə