Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


II. 1. Geterofunksional birikmalar haqida tushuncha



Yüklə 38,31 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü38,31 Kb.
#181933
1   2   3   4   5   6
Organik kimyo fanidan tayyorlagan-www.hozir.org

II. 1. Geterofunksional birikmalar haqida tushuncha
IYUPAK qoidalari nomlarni keltirib chiqarish uchun bir nechta tamoyilni taklif qiladi. Birinchisi — o‘rin olish tamoyili. Unga ko‘ra o‘rinbosar nomenklaturasi ishlab chiqilgan. Ikkinchi tamoyil — bir xarakteristik guruhlar (funksiyalar) va uglevodorod qoldiqlari (o‘rinbosarlar, radikallar) tamoyili. Ushbu tamoyilga muvofiq radikal-fiinksional nomenklatura ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari IYUPAK karbo- va geterosiklik birikmalar uchun maxsus nomenklatura ham ishlab chiqqan.
Organik birikmalarning har bir sinfidan vodorod atomini ugleroddan boshqa elementga yoki guruhga almashinishi natijasida tegishli hosilalar kelib chiqadi. Uglevodorod zanjiridagi o ‘rinbosarlar funksionalguruhlar deyiladi. Hosilalarning asosiy sinflari quyidagi jadvalda keltirilgan.
O‘rinbosarlar va funksional guruhlar bitta va undan ortiq bo'lishi, o‘rinbosarlar bir xil yoki har xil bo‘lishi mumkin. Bir turdagi ikkita va undan ortiq o ‘rinbosar tutuvchi birikmalar gomofunksional birikmalar deyiladi. Bunga diollarni, dikarbon kislotalarni misol qilish mumkin. Ikkita va undan ortiq har xil o ‘rinbosar tutuvchi birikmalar geterofunksional birikmalar deyiladi. Bunga monosaxaridlarni, aminokislotalarni misol qilish mumkin. Geterofunksional birikmalarni qaysi sinfga taalluqli ekanligini aniqlash uchun o ‘rinbosarlarning kattasi asos qilib olinadi.
O‘rinbosar nomenklaturasining asosiy qoidalarini misol tariqasida keltirish mumkin:

1. Organik birikma nomining asosini bosh struktura — molekulaning asosiy zanjiri yoki siklik sistema tashkil qiladi.

2. Xarakteristik guruhlarva o‘rinbosarlar (struktura elementlari) old qo'shimchalar va so‘z oxiridagi qo'shimchalar bilan belgilanadi.
3. Asosiy zanjiming uglerod atomlari 1 dan boshlab raqamlanadi.

4. Xarakteristik guruhlar kattaligi bo'yicha tabaqalanadi. Masalan, xarakteristik guruhlarning kattaligi quyidagicha tartibda kamayib boradi.
Organik birikmalaming nomlarida karrali bog'lar va asosiy xarakteristik guruh so‘z oxiridagi qo'shimcha bilan, qolgan o'rinbosarlar va xarakteristik guruhlar alifbo tartibida old qo'shimcha bilan beligilanadi. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlari eng katta xarakteristik guruh joylashgan tomondan raqamlanadi. Masalan,

Organik birikmalaming nomenklaturasi bilan to'laroq organik birikmalaming muayyan sinflarini ko'rib chiqish davomida tanishamiz.




Yüklə 38,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə