Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 38,31 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü38,31 Kb.
#181933
1   2   3   4   5   6
Organik kimyo fanidan tayyorlagan-www.hozir.org

II. 2. Oksokislotalar
Oksokislotalar karbon kislotalarning hosilalaridan hisoblanadi. Ular odatdagi qoidalar bo'yicha nomlanadi. Shuningdek trivial nomlash ham qo‘llaniladi.

a-oksokislotalar a, a-digalogenkarbon kislotalarni gidroliz qilib, a-gidroksikislotalarni oksidlab, atsilgalogenidlarga sianidlar ta’sir ettirib olinadi:

β-oksokislotalar β-oksokislotalarning murakkab efirlarini gidroliz qilib, yoki yenolyatlarni karboksillab olinishi mumkin.
β-oksokislotalar va ulaming tuzlari beqaror bo‘lib, oson dekarboksillanadi. Shuning uchun ko'pincha β-oksokislotalaming murakkab efirlari ishlatiladi. urakkab efir kondensatsiyasida β-oksokislotalarning tuzlari olinadi. Tuzlar kislotalar bilan neytrallanganda β-oksokislota murakkab efirining yenol va dikarbonil ko'rinishdagi tautomer aralashmasi hosil bo'ladi.
Chumoli kislotasi va boshqa kislotalarning murakkab efirlari aralashmalarini kondensatsiyasi natijasida β -aldegidokislotalarning efirlari hosil bo‘ladi.

Dikarbon kislotalarning murakkab efirlarini kondensatsiyasi natijasida slkloalkankarbon kislotalarning efirlari chiqadi (Dikman kondensatsiyasi).

γ- va δ-oksokislotalar tegishli oksikislotalarni oksidlab olinadi. Shuningdek, maxsus metodlar ham qo'llaniladi.


ASOSIY VAKILLARI

Glioksil kislotasi — 98°C da suyuqlanadigan kristallgidrat shaklida bo‘ladi. Ushbu kislota dixlorsirka kislotasidan olinadi. Reaksion qobьiyati yuqori bo‘lganligi uchun organik sintezda qo‘llaniladi.

Pirouzum kislotasi — sirka kislota hidli, 165°C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Suvda eriydi. Qaynash temperaturasida qisman parchalanganligi uchun vakuumda haydaladi.
Pirouzum kislotasi organizmning har xil to‘qimalarida uchraydi, sut kislotali va spirtli bijg‘ish jarayonlarida oraliq mahsulot sifatida hosil bo`ladi. Pirouzum kislotasi biologik faol modda hisoblanadi, turli biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi.
Sintetik pirouzum kislotasi vino kislotasini KHS04 ishtirokida qizdirib olinadi.
Atsetosirka efiri (atsetosirka kislotasining etil efiri) — xushbo‘y hidli, 181°C da qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Amalda ikki xil shakldagi tautomer aralashmasidan iborat. Atsetosirka efirining eritmalarini —40...—50°C gacha sovitib dikarbonil shaklini toza holatda ajratib olish mumkin. -39°C da suyuqlanadigan kristallar hosil qiladi. Xona temperaturasida dikarbonil shakl qisman yenol shakliga o‘tadi. Sanoatda atsetosirka efiri etilatsetatdan yoki diketendan olinadi.

Atsetosirka efiri pirazolonlar, akrixin kabi dorivor moddalar, bo‘yoqlar va piridin hosilalari olish uchun ishlatiladi.





Yüklə 38,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə